Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

ulkan, bitmak, ulus, yalavach, tilmach, ushaq, ko‘rkluk, kent, charlatmak, bo‘luk 
kabi turkiy so‘zlar qo‘llangan. Shuningdek, faqir, inoyat, avval, ruboiyot, 
masnaviyot, g‘azaliyot, saltanat; xudo, hunar, sipohigar, do‘st. dushman, podshoh, 
jahon singari arabiy va fors-tojikcha so‘zlar ham kuzatiladi.
Muallif har ikki asarda onomastik (antroponimik, toponimik, etnografik) 
ma’lumotlar berayotgan paytda, albatta, uning etimologiyasi haqida so‘z yuritadi. 
Masalan, «Shajarai turk» asarining ikkinchi bobida Mo‘g‘ulxon zikrida mo‘g‘ul 
etnonimi kelib chiqishi va bu so‘zning fonetik o‘zgarishi haqida shunday deyiladi: 
«Asl lafz mo‘g‘ul mungul turur. Avomning tili kelmaslikidin bora-bora mo‘g‘ul 
tedilar. Mungning ma’nosin barcha turk bilurlar, qayg‘u ma’nosina turur. Ulning 
ma’nosi soda dil, ya’ni qayg‘uli soda temak bo‘lur». Yoki muran gidronimi haqida 
shunday yozadi: «Oqib boraturg‘an ulug‘ suvni turkiy tilinda soy der. Tojik 
kechkindur va uluqin rudxona der va arab vodiy der. Mo‘g‘ul muran der».
Asarlar fonetikasida so‘z boshidagi d -t ga o‘tadi: degan - tegan, deb -teb
deduk - teduk. Ba’zi o‘rinlarda so‘z boshida y-j ga o‘tadi: yav - jav, yo‘l -jo‘l 
(Xorazmda j lovchi o‘g‘uz shevalari mavjud bo‘lganligi). -q, -k undoshi bilan 


116 
tugagan ikki bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda o‘zakda o‘zgarish 
bo‘lmaydi: Ayaqi ag‘rib yatur. Eshiki yapiq
Morfologik jihatdan -chi so‘z yasovchiga nisbatan -ji varianti ko‘p 
qo‘llangan: elchi, tevaji. Tartib son - lanchы affiksi bilan hosil qilingan: 
beshlanchi, yetilanchi, to‘quzlanchi
Chiqish -din, jo‘nalish -ga, -g‘a, -qa kabi affikslarga ega, boshqa 
kelishiklarda deyarli farq yo‘q: tupraqdin, otadin, sizlarga, xatg‘a, jahong‘a, 
xalqqa. Xarakterli xususiyat shundaki, tushum kelishigining -ni, -n affikslari ham 
qayd qilinadi: imoratlarini, tarixlarini, ko‘chlarin (xotinlarini), kelinlarin. III 
shaxs kishilik olmosh an, ular, alar, ko‘rsatish olmoshlari shul, ul, o‘shul, ushbu 
tarzida keladi. Buyruq-istak maylining I shaxs ko‘pligi -aling//ali affiksi bilan hosil 
qilingan. Emdi shah Malikni aytaling. Yurtni buzali tesalar. Sifatdosh -qan//qon, -
g‘an, -gan, ravishdosh -ib, shart mayli -sa shakllariga ega: yutqan, aytqon, 
bo‘lg‘an, o‘lgan, yorib, izlab, to‘g‘sa, bo‘lsa.
Shunday qilib, Abulg‘oziy asarlarida adabiy til bilan so‘zlashuv tilini 
yaqinlashtirishga harakat qildi va uning asarlari adabiy tilda xalq tili unsurlarining 
mustahkamlanishi uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Shoir Turdi XVII asrda (1699 yoki 1700 yilda vafot qilgan) Buxoroda 
yashab ijod etgan. Undan 434 misradan iborat jami 18 ta she’r yetib kelgan. 
Shundan 397 misrasi o‘zbekcha, 37 misrasi tojik tilida yozilgan. Shoir merosi 
dastlab 1924-yilda Abdulhamid Majidiy tomonidan topilgan va 1925-yilda 
“Zarafshon” gazetasida chop etilgan. 1951-yilda H.Yoqubov, 1971-yilda 
A.Hayitmetov tomonidan tanlangan asarlari e’lon qilingan. Turdi she’larining tili, 
badiiy uslubi xalqqa nihoyatda yaqinligi bilan ajralib turadi: “El rabotu to‘ra 
ko‘noq”, “Yog‘ ishqordin oluru qaro suvdin qaymoq” kabi.
Turdi ijodida satira asosiy o‘rinni egallaydi. Ma’lumki, satira janrida ijod 
etish xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. Shu tufayli ham urdi 
she’rlarida xalq tilida qo‘llanadigan leksika ko‘plab aks etgan. Masalan, leksik 
jihatdan o‘sha davr xalq jonli tilining boyligida bo‘lgan et, mālыn biti, tayaq, 
to‘g‘anoq, mashaq, o‘raq, tamaq, bangi, qirchang‘i, suprundi, mo‘ndi, bedum, 


117 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling