Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 10-MAVZU: XVII ASR - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEK ADABIY TILI Reja
- 4. Gulxaniy asarlarining til xususiyatlari
112 Savol va topshiriqlar 1. Bobur asarlari tilining xarakterli jihatlari nimalardan iborat? 2. Boburning til nazariyasi borasidagi qarashlari xususida fikr yuriting. 3. “Vaqoyi’”dagi leksik qatlamlarga e’tibor qarating. 4. “Boburnoma”ning morfologik hususiyatlarini bayon qiling. 5. “Boburnoma” bo‘yicha bajarilgan lingvistik tadqiqotlarni qayd eting. 6. “Xatti boburiy”ning tilshunoslikdagi o‘rni haqida ma’lumot bering. 7. Tarixiy dostonchilikda til va uslub masalasi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ахматов Н. Лексика “Шайбани-наме” Мухамада Салиха. Автореф. дис. ...канд. филол. наук. –Т., 1991. 2. Жиянова Н. “Бобурнома”даги нумеративларнинг маъно хусусиятлари. Филол.фан.номзоди илм. дараж. олиш учун ёзилган диссертация. - Т., 2000. 3. Иброҳимов А. Бобур асарлари лексикасининг лингвостатистик, семантик ва генетик тадқиқи (“Девон”, “Мубаййин”, “Аруз”). Филол. фан. д- ри... дис... –Т., 2008. 4. Иброҳимов А. “Бобурнома”даги ҳиндча сўзлар. Филол.фан.номзоди илм. дараж. олиш учун ёзилган диссертация. - Т., 2002. 5. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 6. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1994. 7. Холманова З. “Бобурнома” лексикаси. -Т.: Фан, 2007. 10-MAVZU: XVII ASR - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEK ADABIY TILI Reja 113 1. Abulg‘oziy Bahodirxon tarixiy asarlari tili 2. Turdi Farog‘iy asarlari tili va uslubi 3. Munis Xorazmiy va o‘zbek adabiy tili 4. Gulxaniy asarlarining til xususiyatlari O‘rta Osiyoning siyosiy, madaniy hayotida ro‘y bergan tushkunlik XVI asirning oxiri - XVII asrning boshlarida yana chuqurlashdi. Shayboniy- lardan keyin hukmronlik qilgan ashtarxoniylar ham markazlashgan hukumat tuza olmadilar. O‘rta Osiyo uch xonlik (Buxoro, Xiva, Qo‘qon) va bir qancha mayda bekliklarga bo‘lingan edi. Bular o‘rtasida qonli kurashlar davom etardi. Buning ustiga Eron shohi Nodirniig XVIII asr o‘rtalaridagi bosqinchiligi mamlakat xo‘jaligini izdan chiqardi. Xonliklarda ishlab chiqarishning past darajada ekanligi, rayonlariing iqtisodiy, siyosiy munosabatlarda tafovutlar dialektal farqlarni kuchaytirib yubordi. Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi. XVII-XIX asr adabiy tilini o‘rganishdagi asosiy manbalar sifatida tarixiy asarlar, tazkiralar, o‘sha davrda ijod qilgan shoirlarning ijodi diqqatga sazovordir. Bunda Abulg‘oziy Bahodirxon, Turdi, Mashrab, Nishotiy, Munis, Gulxaniy, Ogahiylarning adabiy meroslari muhim manbalar hisoblanadi. Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodirxon hijriy 1012 (milodiy 1603) -yil rabbiyul avval oyining 15-kunida Urganch shahrida tug‘ilgan. U o‘zbeklarning qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan. Abulg‘ozi tarix va adabiyotni puxta egallab, davrining allomasi darajasiga ko‘tarildi. Bu haqda muallifning o‘zi «Shajarai turk» asarida tangri uch hunar berganligini yozadi: sipohigarlik; barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy hamda turkiy lug‘atlarning ma’nosini bilmaklik; Odam Atodan to bu damgacha Arabiston, Eron, Turon va Mo‘g‘ulistonda o‘tgan podshohlarning otlari, umrlari va saltanatlarini bilmaklik. Abulg‘ozi Bahodirxon siyosiy, harbiy ishlar bilan cheklanib qolmay, ilm- fan, san’at va adabiyot bilan ham shug‘ullanadi. Uning “Shajarayi tarokima”, “Shajarayi turk” asarlari XVI-XVII asrlar Xorazm tarixi, o‘sha davr tilinn o‘rganishda alohida o‘rin tutadi. 114 «Shajarayi tarokima» 1660-1661 yillarda turkman mullalari, shayxlari va beklarining iltimosi bilan yozilgan, asarda turkmanlar tarixi, turkman urug‘lari (solur, bayandur, taka, yavmut, tevachi)ning kelib chiqishi yoritilgan. Asarning o‘nlab qo‘lyozmalari mavjud, ular O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiyada saqlanadi. Qurbongeldi O‘razmuhammad tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmaToshkentda saqlanadi. Bu asarning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi va lingvistik tadqiqoti 1958 yili Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburgda) nashr etilgan. Asar 1995 yilda Qozoqboy Mahmudov tomonidan kirill alifbosida e’lon qilinadi. “Shajarai turk” asari 1663-1664 yillarda bitilgan. so‘z boshi va 9 bobdan iborat. Asar Abulg‘ozi vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Anushaxon topshirig‘iga muvofiq Mahmudbiy ibn mulla Muhammad Urganchiy tomonidan nihoyasiga yetkazilgan, Qozonda Rumyansev (1825), Sablukov (1854). Demezon (1871)lar tomonidan litografik usulda nashr ettirilgan. Asarning yettidan ortiq qo‘lyozmasi mavjud. Ular Toshkent, Sankt-Peterburg va Ashxobodda saqlanadi. Asarda o‘z sulolasining tarixini, shuningdek, Odam Atodan boshlab insoniyat, xususan, turkiy xalqlar, shajaralar haqida ma’lumot berishni asosiy maqsad qilgan. Har ikkala asar yuzasidan A.Kononov ilmiy izlanish olib borib doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi, ularning rus tilida tanqidiy matnlarini 1958- yilda nashr ettirdi. 1950-yilda K.Yusupov “XVII asr ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Abulg‘ozi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmidan ham boxabar inson edi. U 1664 yilda tibbiy bilimlari va malakalarini ehtiyojmandlarga yetkazish niyatida “Manofe’ul- inson” (inson manfaatlari) asarini yozadi. Uning O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Asarda 120dan ortiq kasalliklar haqidan ma’lumotlar taqdim etiladi. XVII-XIX asrlarda yaratilgan asarlarda ikki xil an’ana mavjud edi. Birinchisi, Alisher Navoiy ijodiga ergashish kuzatiladi. Ikkinchisi. tarixiy, ta’limiy asarlar dialektlarning adabiy tilga bo‘lgan ta’siri yanada kuchayganini ko‘rish 115 mumkin. Shu jihatdan Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlarining tili xarakterlidir. Abulg‘ozi Baxodirxon asarlarida adabiy tilning soddalashtirilgani ko‘rinadi. Abulg‘ozi asarlari boshqa tarixlardan farqli ekanini ta’kidlab, quyidagilarni yozadi: «Hamma ulug‘lar, ham oddiy kishilar tushunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmenkim, besh yashar o‘g‘lon ham tushunur. Tushunush oson bo‘lsun teb, men chig‘atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so‘z qo‘shmadim”. Haqiqatan ham Abulg‘ozi asarlarining tilini kuzatar ekanmiz, unda san’atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so‘zlashuv tilining namunasini ko‘ramiz. Abulg‘oziy Bahodirxon xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangan: “O‘ksuk o‘z kindigin o‘zi kesar”, “O‘n darvesh bir palos ustig‘a sig‘ar, ikki podshoh jahong‘a sig‘mas”, “It semirsa egasini qopar”singari. Asarlarda arabcha so‘zlarga nisbatan turkiy so‘zlar ko‘p o‘rinni egallagan. Unda Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling