Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Bobur asarlari tili va uslubi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
1. Bobur asarlari tili va uslubi
2. “Xatti boburiy” alifbosining ahamiyati 3. “Shayboniynoma” asarining til xususiyatlari Boburiylar saltanatida Navoiy tili o‘zbek tilining eng yuksak namunasi hisoblangan. Navoiy she’riyati o‘zbek adabiyotining toji sanalgan. Binobarin, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida Bobur Alisher Navoiy dahosidan so‘ng juda katta xizmat qildi. Xususan, umumxalq tilini mukammal egallab, adabiy til bilan umumxalq tili o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etishga, ularni bir-biriga yaqinlashtirishga ham nazariy, ham amaliy jihatdan jiddiy e’tibor berdi. Bobur asarlarining tili ravon bo‘lib, u o‘g‘li Humoyunga yozgan xatlaridan birida uning dabdabali uslubini tanqid qiladi: «Xatingni xud tashvish bilan o‘qusa bo‘ladur, vale asru mug‘lakdur (juda chalkashdir). Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas. Imlong yomon emas, agarchi xili rost emas. Iltifotni to bila bitibsen, qulunjni yo bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o‘qusa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin (chalkash so‘zlar) maqsad tamom mahum bo‘lmaydur (tushunmaydi). G‘olibo xat bitarda kohilliging (bo‘shliging) ham ushbu jihattindir. Takalluf (hashamat, bezak) qilay deysan, ul jihatdin mug‘laq bo‘ladur, mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz(til) bila biti, ham senga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uvchig‘a». Darhaqiqat, shoirning o‘zgalardan sodda uslub va til bilan yozishni talab etishi, o‘zining ham shunga amal qilishi noyob hodisa edi. Shoir xalq og‘zaki ijodi namunalari - maqol, matal, hikmatli so‘zlar, shuningdek, fors-tojik maqollaridandan unumli foydalangan: do‘st yig‘latur, dushman kuldura aytur, teng bo‘lmaguncha, to‘sh bo‘lmas, ho‘li-qurug‘i teng kuyar, ko‘zlarini tuz tutti, dah kujovu daraxtan kujo - qishloq qaydayu daraxtlar qayda: Bobur, bo‘lib turur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt, Kelsi ne bo‘ldi, qoshimg‘a bir-bir manga-manga. Joe gul – gul bosh, 103 Joe xor – xor bosh (gul qarshisidda gul bo‘l, tikan qarshisida tikan bo‘l). Shunga o‘xshash maqollar hikmatli so‘zlar bilan bir qatorda, omonim, polisemantik so‘zlar va tuyuqlarni ko‘plab ishlatadi: Qaddim nafiroq mehnati, ya qildi, Ko‘nglum g‘amu anduq o‘tig‘a yaqildi. Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul, Bilmam senga sharh qilmadi, ya qildi. Boburning badiiy nasr namunasi bo‘lgan “Boburnoma” asari ham o‘z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgan. Asar XV asr oxiri - XVI asr boshlaridagi o‘zbek tili taraqqiyotining ahvolini o‘rganish uchun ham qimmatli, muhim manba hisoblanadi. Muallif asar haqida so‘z ketganda, uni “Vaqoyi’” deb ataydi. O‘g‘li Xumoyun ham asarni shunday nomlagan. Uning zo‘r istagi - “Vaqoyi’”ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. Shoir o‘zi yozganidek, Har vaqteki, ko‘rgaysen mening so‘zumni, So‘zumni o‘qub sog‘ingaysen o‘zimni. Dastlabki satrda so‘z ko‘rinadigan bir mavjudot sifatida baholanadi. Albatta, so‘zning shakli faqat qag‘ozda ko‘rinadi, ammo uning ichki mazmunida surati chizilgan tasvir ham bor. Bunda Boburning hayoti, boshidan kechirganlari, uning tilida aks etgan didi, fe’l-atvori, ichki kechinmalari – barchasi aks etgan. Shuning uchun ham shoir “so‘zimni o‘qiganda o‘zimni ko‘rganday bo‘lasan”-deydi. Muhimi shundaki, “Vaqoyi’” Bobur she’riyatining hayotiy asoslarini ochib beradi 25 . “Boburnoma”da O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XV asr oxiri - XVI asr boshlaridagi ahvoli, jug‘rofiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ifodalangan. Asarning 14 ga yaqin qo‘lyozmasi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi XVII-XVIII asrlarda turli kishilar tomonidan ko‘chirilgan. Bu nusxalar hozir Peterburg, Kalkutta, Haydarobod, London, Agra, Manchester kabi shaharlarda saqlanmoqda. 25 Қодиров П. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б. 183. 104 Tadqiqotlarda Boburning «Mubayyin» asarida 2616 ta, «Aruz» asarida 2230 ta, «Devon»ida 3304 ta 26 so‘z qo‘llangani, shuningdek, “Boburnoma” lug‘at tarkibini 27970 ta leksik birlik tashkil etishi 27 aniqlangan. “Vaqoyi’” tili o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. “Boburnoma” tilida leksik jihatdan quyidagi so‘zlar qayd etilgan: yavuq (yaqin), cherik (askar, qo‘shin), arimoq (ketmoq), qazaqliq (darbadarlik), yanmaq (qaytmoq), qo‘pmaq (turmoq), qasaba (shaharcha). Shuningdek, asarda frazemalar ham qayd etilgan: ko‘z ilmay - “quloqqa olmay”; ehtiyot qil - “razvedka qilmoq”, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling