Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Lug‘ati turkiy”
“Lug‘ati Navoiy”. 1990 yilda navoiyshunos olima S.G‘anieva Tehron
universiteti markaziy kutubxonasi bilan tanishish jarayonida fanda ma’lum bo‘lmagan o‘zbekcha - turkcha qo‘lyozmani aniqladi. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan bu lug‘at 70 betdan iborat bo‘lib, chiroyli nasta’liq xatida bitilgan. Lug‘at oxirida tuzuvchining ismi sharifi va asar tarixi aniq ko‘rsatilgan: Rajab ibni Muhib Ali Shomlu. tarixi 1599 yil. Ushbu lug‘at arab - fors alifbosi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy asarlaridagi mingga yaqin so‘z turkcha, ixcham, sodda izohlangan. Lug‘at 24 harfga bo‘lingan. Har bir harfga 20 tacha misol keltirilgan. Boburiylar Hindistonda o‘z ona tili – o‘zbek tilini unutib yubormaslik maqsadida olimlarga turli qo‘llanma va lug‘atlar tuzishni buyurdilar. Shoh Jahonning o‘g‘li Avrangzeb buyrug‘i bilan Fazlullaxon Barlos tomonidan tuzilgan “Lug‘ati turkiy” shular jumlasidan. Uning qo‘lyozma nusxasi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Fazlullaxon Barlos lug‘atdagi so‘zlarni joylashtirishda o‘zbek 124 tilining ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi. Fe’llarni 13 harfga, ismlarni 18 harfga bo‘ladi. Arab - fors tillariga xos je, ze, itqi, izg‘i, zod, sod kabi harflar bilan boshlanuvchi so‘zlarga misollar berilmagan. Lug‘atning I qismida o‘zbek tilidagi so‘z va shakl yasovchi qo‘shimchalar haqida umumiy ma’lumot, II qismida eski o‘zbek tilida ko‘p ishlatilgan fe’llar, III qismida ot turkumidagi so‘zlar, IV qismida qabila, meva, g‘alla, hasharot, hayvonot olamiga oid so‘zlar mavzuiy guruhlarga taqsimlanib berilgan. Boburiylar davrida turkiy tilni o‘rganish ehtiyoji turli lug‘atlarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658- 1707 yillar) saroyida xizmat qilgan Muhammad Yoqub Chingiy “Kelurnoma” asarini yaratdi. Lug‘atning 2 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ularning biri O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida, ikkinchisi, Britaniya muzeyida saqlanadi. O‘zbekcha-tojikcha lug‘at 15 bob va 332 fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan bo‘lib, 400 dan ortiq fe’llarning turli xil shakllar beriladi. Natijada uya lug‘atning namunasi vujudga keladi. “Kelurnoma”ning eng qimmatli tomoni shundaki, unda har bir so‘zning bosh holati, ya’ni fe’lning infinitiv va otning bosh kelishikdagi shaklining forscha tarjimasi beriladi. So‘ngra turli grammatik shakllari tarjimasi keltiriladi: O‘qumoq – xondan, o‘qumaptur - nakondabud. O‘qudi - xond, o‘qumas - naxoxad xond. o‘quptur - xonda ast, o‘qumaydi - naxondabud. o‘qur - xoxand xond, o‘qumaydur – namexond kabi. Lug‘atning har bir faslida hayotning turli sohalariga oid so‘zlar beriladi. Inson organizmiga doir so‘zlar: bosh - car, miya - mag‘iz, sach - mo‘y, qash - abro‘, manglay - peshona, ko‘z - chashm, qulaq - go‘sh singari. Bundan tashqari, lug‘atda sinonimik qatorlar ham uchraydi: ko‘k - osmon, quyosh - oftob, kun - oftob. Lug‘atning so‘nggi, 15-bob 1300 so‘z va 6000dan ortiq so‘z shakllarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, ismlar 9 ta mavzu asosida joylashtiriladi: osmon va u bilan 125 bog‘liq tushunchalar; yer va u bilan aloqador atamalar; ot va boshqa hayvonlar; yovvoyi qo‘shlar; inson tana a’zolari; qarindoshlik atamalari; qurol-yarog‘ nomlari; sanoq sonlar; olmosh, ravish, bog‘lovchi va qo‘shimchalar. Bir so‘z bilan aytganda, asarda mavzuiy-ideografik lug‘atning ilk shaklini ko‘rish mumkin. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha yozilgan lug‘atlarning eng kattasi Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling