Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

“Sangloh”dir. Muallifi turkiy xalqlarning afshar urug‘idan chiqqan astrobodlik 
Mirza Mehdixon. U Eron shohi Nodirshohning kotibi edi. Lug‘at tuzishdan 
maqsadi shoir asarlarida uchraydigan qiyin so‘zlar ma’nosini forsiyzabon xalqlarga 
ochib berish edi. Shuning uchun u lug‘atni “Sangloh”, ya’ni toshli yer, toshloq deb 
atadi. Lug‘at 1759 - 60 yillarda yozib tugallangan. Hozircha lug‘atning uch nusxasi 
aniqlangan, ular Buyuk Britaniyada saqlanadi. 1960 yili ingliz olimi J.Kloson 
ushbu lug‘atni turli ko‘rsatkich, sharh va izohlar bilan Londonda nashr qilgan. 
Muallif so‘z ma’nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga 
murojaat qiladi. Ayrim paytlarda qo‘shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, 
Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug‘atning farqi jihati 
shuki, “Sangloh”da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar berilgan. 
Lug‘atda Alisher Navoiy asarlarida uchrovchi juda ko‘p nodir so‘zlar 
ma’nosi ochib berilgan. Bunday so‘zlar boshqa lug‘atlarda uchramaydi. Shulardan 
biri “qadam tashlash, yurish” ma’nosidagi mangish so‘zi quyidagicha izohlanadi: 
mangish – nun ustida sukun, forsiy “k”, ya’ni “g” kasrali, ma’nosi xirom va
raftor qadam tashlamoq, chunonchi, “Layli va Majnun”da uchraydi: 
Bir - bir mangishda yuz latofat, 
Yo‘q yo‘qki sochib jahonga ofat. 
Mehdixon lug‘atning fonetik tuzilishini bayon qilishda XVIII asr Astrobod 
o‘zbeklarining tili haqida noyob ma’lumotlar qoldirgan. Lug‘at ma’lumotlari bu 
davr tilida 9 ta unli (ulardan 6 tasi fonologik ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush 
bo‘lganligi haqida gapiradi. Muallif so‘zlarning ko‘chma ma’nolarini ham alohida 
qayd etadi. Chunonchi, etak so‘zini izohlar ekan, quyidagicha yozadi: etak - 
(forscha) ma’nosi doman, arabcha zayl, majozan tog‘ning etagi. “Sangloh” 
lug‘atida mo‘g‘ul, fors, arab va boshqa tillardan o‘zlashgan 970 ga yaqin leksik 


126 
birliklar mavjud. Muallifning o‘zi tomonidan mo‘g‘ulcha deb belgilangan so‘zlar 
yuzdan oshadi.
Asarda so‘zlar alifbo tartibida joylashtiriladi. Fe’llar -moq, -mak, otlar bosh 
kelishik birlikda ifodalanadi. Fe’l va ot o‘zaklardan hosil bo‘lgan shakllar shu so‘z 
ostida beriladi: ash: ashmaq, ashamaq, ashatmaq, ashurmaq, ashutmaq, 
ashuqmaq.
Navoiy asarlari yuzasidan yaratilgan lug‘atlar ichida mazkur asar 
maqolalarni joylashtirishda puxta va izchil tamoyilga bo‘ysunadi. So‘zlar 9 ta 
shaklda tartiblanadi. Ularda so‘zlarning fonetik, orfografik izohi, grammatik 
tavsifi, etimologiyasi, semantik tahlili, so‘zlar ma’nolarining turk, arab, fors va 
boshqa tillarda ifodalanishi, o‘zidan oldingi mualliflar fikriga munosabat aks 
etgan.
“Sangloh” lug‘atiga Mehdixon eski o‘zbek tilining grammatik ocherki 
bo‘lgan “Maboniul-lug‘at” asarini ilova qilgan. Mazkur lug‘atning kirish qismida 
Navoiy asarlarining soni ko‘rsatib o‘tiladi. Birinchi bo‘limda muallif bir qancha 
harakat nomlari va sifatdoshlarni izohlagandan so‘ng o‘tgan zamon, hozirgi - 
kelasi zamon, buyruq mayli, fe’lning bo‘lishsiz shakllari haqida to‘xtaladi. 
Kitobning ikkinchi bo‘limida ba’zi grammatik shakllarning shakllanishi jarayoni 
ko‘rsatiladi. Uchinchi bo‘limda olmoshlar, to‘rtinchi bo‘limda yuklama va 
morfemalar tavsifi, beshinchi bo‘limda yordamchi fe’llar, oltinchi bo‘limda 
orfografiya masalalari yoritiladi. Grammatikaning oxirida Navoiy asarlarida 
uchrovchi forscha unsurlar ilova qilinadi. “Maboniul-lug‘at”ning xarakterli tomon 
shundaki, u yoki bu shaklning fors va o‘zbek tilida qanday qo‘llanilishini 
ko‘rsatadi. Fikrni tasdiqlash uchun Fuzuliy va Navoiydan misollar keltiradi.
XVIII asr olimi xivalik Muhammad Rizo Xoksor “Muntahabul lug‘at” 
(tanlangan lug‘at)ida turli kasb-hunarlarga doir so‘z-terminlar, ijtimoiy-siyosiy va 
tabiiy fanlarning xilma-xil sohalariga tegishli ayrim so‘zlarning ma’nolarini alifbe 
tartibida izohlaydi. Navoiy asarlaridagi arabcha, forscha va o‘zbekcha so‘zlarga 
tavsif beriladi. Muhammad Rizo so‘z va iboralarni izohlar ekan, ulardan har 
birining semantikasini oydinlashtirish bilan birga, qo‘llanishini misollar bilan 


127 
yoritadi. “Mil” so‘zi “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin” asarlari va Fuzuliydan 
keltirilgan misollar bilan izohlanadi: mil ulkim, podshohlar g‘azab qilgan odamni 
ko‘ziga qizutub chekarlar, nobino bo‘lur, ermish. Bu ma’niga mavlono Fuzuliy 
buyururlar.
Darhaqiqat, muallif Xoksor mazkur lug‘atini yaratishda Firdavsiy, Nizomiy, 
Sa’diy, Jomiy va Navoiy asarlaridan foydalangan. Xoksor lug‘atda bergan 
so‘zlarini adabiy yodgorliklardan misollar keltirib, izohini dallilaydi: hasab 
so‘zining “fazl” va “hunar” hamda “ulug‘luk” ma’nolarida ishlatilishini 
ta’kidlaydi.
Lug‘atda o‘z davri ilmiy saviyasida astronomiyaga doir bir qator terminlar 
izohlanadi: sath – yuza, sathi xok - yer yuzasi, mintaqa – zona, qutr - fazo, 
diametr, xatti ustuvo - ekvator. Shuningdek, lug‘atdan musiqa, adabiyot, 
arxitektura va boshqa sohalarga tegishli so‘z-terminlar ham o‘rin olgan: hijo,
nazm, radif, majoz, balog‘at, tashbeh, razm, fasohat.
Lug‘atda adabiy til materiallari jonli shevaga qiyoslanadi: ketmak, kelmak, 
kurmak kabi so‘zlar xorazm va turkmanlarda gitmak, gelmak, gurmak tarzida 
talaffuz etiladi. 
Xoksor asari XVIII asr ilmiy terminologiyasi haqida yetarli ma’lumot 
beruvchi manbadir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur davr terminologiyasi 
ham aksariyat arabcha va forscha so‘zlar bo‘lganidan hozirgidan tamoman farqli. 
Demak, o‘zbek ilmiy terminologiyasi ham bir davrning emas, balki butun tarixiy 
jarayonning mahsulidir. 
XIX asrda Fatq Alixon Kojariy tomonidan 8000 dan ortiq so‘zga izoh 
berilgan “Kitobi lug‘ati atrokiya” (turkiy so‘zlar kitobi) asari yaratiladi. 
Lug‘atdagi so‘z izohlariga keltirilgan misollariing uchdan ikki qismi Navoiydan 
olingan. Lug‘at 4 qismdan iborat: so‘z boshi, o‘zbekcha-forscha lug‘at, “Sangloh” 
lug‘atida izoh berilmagan o‘n ikki so‘z tavsiflangan va Navoiy asarlarida 
uchraydigan forscha so‘zlar lug‘atidan tashkil topgan. Shu bilan birga, lug‘atda 
Navoiy biografiyasiga oid geografik hamda tarixiy-etnografik ma’lumotlar qayd 
etilgan. 


128 
Xulosa qilib aytganda, eslatilgan lug‘atlarning hammasida janubiy turkiy 
dialektlarning ta’siri katta. Hajm doirasi tor. Ulardagi leksik unsurlar 8-9 mingdan
oshmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ular adabiy tilning me’yorlashuvida, shubhasiz, 
muhim rol uynagan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling