Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

mag‘zava, chikka-pukka, xoqon, ushoq, so‘kilmak kabi so‘zlarni ko‘p ishlatishi 
bilan ajralib turadi. Ayni paytda, shoir ijodida lek, uchun, bilan, burun, sari, ostida 
kabi ko‘makchilar, qirq, yuz, xitoy, nayman, ming singari o‘zbek urug‘i nomlari 
uchraydi.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar morfologiyada ham ko‘rinadi. O‘tgan 
zamon fe’lining II shaxs ko‘pligida ko‘plikning ikki marta qo‘shilishi: 
qo‘ymadingizlar, shahar shevalaridagidek men olmoshiga -ga affiksi qo‘shilgach, 
menga tarzida talaffuz qilinishi, izladim fe’lning shevalarda aytilganidek, istadim 
variantining qo‘llanishi shular jumlasidandir.
Qaratqich -ning,-ing ko‘rsatkichlariga ega: - ing qo‘shimchasi qadimiy 
shakl: Bularning oldida bordur bo‘rining insofi, qiling. Tushum kelishigi -ni, -n,-i, 
chiqish kelishigi -dan-din, jo‘nalish kelishigi -a, -g‘a/-ga, -//qa/-ka qo‘shimchalari 
bilan ifodalangan: shahdin, nazarlardan, yuzga, yo‘lig‘a, qirqqa, qoshima, oshima, 
toshini, ahvolimi, xirmonin.
Turdi she’rlarida g‘arbiy(o‘g‘uz) tillarning ta’sirini ham ko‘ramiz. Albatta, 
bunda Fuzuliy asarlaridan ilhomlangan bo‘lsa kerak. Natijada ayrim leksemalarda 
ko‘pincha so‘z boshida keluvchi t tovushi d ga o‘tadi: Xususan, dutdi, dun, do‘ldi 
so‘zlari g‘arbiy adabiy tilning, ya’ni ozarbayjon tilining adabiy normasi asosida 
ishlatilgan. 
O‘g‘uz tillariga xos jo‘nalish kelishigi -a, o‘tgan zamon fe’lining birinchi 
shaxs birligi -diman affiksi bilan hosil qilingan: yera, yoshima, qoshima, 
qurdiman, surdiman, ko‘rdiman. Hozirgi-kelasi zamon fe’li bo‘lishsiz shakli -man, 
sifatdosh -g‘an, -gan, -an, ravishdosh -ib affikslari bilan yasalgan: alman, qo‘lg‘an, 
tutg‘an, yuvgan, salan, tutib, eshitib.  
Harakat nomiga jo‘nalish kelishigi affiksi qo‘shilganda, fonetik o‘zgarish 
yuz beradi: Zarni jam aylamag‘a, yuzini ko‘rmag‘a hasratda bo‘ldum. Shunday 
qilib, Turdi adabiy tilda Alisher Navoiy an’analarini saqlagan bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan o‘g‘uz tili unsurlaridan faol foydalangan. 
Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li Munis 1778-1829 yillarda Xorazmda 
yashab ijod etgan o‘zbek shoiri, tarixchisi, tarjimoni va xattotidir. U “Munisul 


118 
ushshoq” devoni, ilmiy ma’rifiy ruhdagi “Savodi ta’lim” risolasi, “Firdavsul iqbol” 
hamda forsiydan o‘zbek tiliga o‘girgan “Ravzatus safo” (Mirxond) asari bilan 
o‘zbek madaniyatini boyitdi. 8446 baytni o‘z ichiga olgan shoir devonining 10 dan 
ortiq qo‘yozma va toshbosma nusxalari O‘zRFA Sharqshunoslik institutida 
saqlanadi. 1957-yilda Yu.Yusupov tomonidan “Tanlangan asarlari”, 1980-yilda 
“Saylanma”si e’lon qilingan.
Munis mashhur xattot sifatida 1794 yilda Navoiyning “Mezonul- avzon”, 
1797-yilda “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarlarini kitobat qilgan. Xattotlikni 
ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishga bag‘ishlangan, 352 misradan iborat 
“Savodi ta’lim” risolasi 1804-yilda yozilgan. O‘zbek xalqi tarixini yorituvchi 
noyob manba sanalgan “Firdavsul iqbol” asarida qadimgi davrlardan 1813- 
yilgacha bo‘lgan voqealar haqida ma’lumot beriladi. 5 bobdan tashkil topgan asar 
shoirning jiyani Ogahiy tomonidan yakuniga yetkazilgan. 
Munis Xorazmiy til va uslub masalasida Navoiy an’anasini davom ettirdi. 
So‘z ichra Navoiyki jahongirdurur, Munisg‘a maoniy yo‘lida pirdurur, deb yozadi. 
Munis o‘z asarlarining sodda, ravon va tushunarli, ta’sirchan bo‘lishi uchun ularda 
xalq iboralari va maqollarini ko‘p qo‘llaydi:
Ahbob topdi vasliyu yod etmadi meni,
Chindir bu so‘zki, yo‘q xabari to‘qning ochdin.
Leksik jihatdan o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan badiiy vosita sifatida 
izofali birikmalarning ko‘p ishlatilishidir: ahli donish, ahli gulshan, otashi ishqing, 
ganji husn, guli latif kabilar. Ikkinchidan, xalq so‘zlashuv tilidagi boyliklardan 
ustalik bilan foydalanilgan: umoch, atala, tang, lang, yavg‘an, taqir-tuqur, shaqur-
shuqur, qabag‘, tapuq, qapu, evur, yurumaq, batan kabi. Mutahassislarning 
ta’kidicha, “Devoni Munis”da 5500 atrofida
35
leksema qo‘llanilgan. 
Munis asarlari tilida qaratkich kelishigi -ning, -ing, tushum kelishigi -ni, -n, 
chiqish kelishigi -din shakllariga ega: muning, oning, tilidin, boshlarni, ko‘ngulni, 
o‘g‘lin, jununidin. Jo‘nalish kelishigining -g‘a -ga//-qa-ka, -a affikslari uchraydi: 
35
Абдулхайров М. “Девони Мунис” тилининг лексик қатламлари. КД. –Т., 1996. –Б. 23. 


119 
giyahg‘a, kimga, nuqsonima, topuqqa kabi. Ravishlar kibi, yong‘lig‘, chu, chun, 
bo‘yla, bo‘ylakim so‘zlari bilan beriladi. 
Navoiydagi kabi -mish affiksi bilan sifatdosh va o‘tgan zamon fe’l shakllari 
yasaladi. “Bo‘l” so‘zi bilan birga ayni ma’noda “o‘l” so‘zi ham mavjud: o‘lmish, 
solmish, chekmish.
Navoiy va Bobir asarlaridagi singari I shaxs birlikda tuslangan fe’lning 
bo‘lishsiz shakli –man bilan beriladi: bilman aning illatin. Ravishdoshning -b, -
bon, kelasi zamon fe’lining -g‘ay-gay affikslari qo‘llanadi: kelib, aylab, yebon, 
aylabon, qilmag‘ay, kelgay. Kishilik olmoshlarining III shaxs birligi -on, -an 
shaklida keladi: aning, oning.
Umuman, Munis zamonasining adabiy doirasida ahli donishmand- larning 
shohi va o‘z ona tilining himoyachisi edi.
XVIII asr - XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotida XVIII asr asrning 70-
yillarida Qo‘qonda tavallud topgan Gulxaniyning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning 
bizgacha 12 ta g‘azal, Amir Umarxonga bag‘ishlangan qasidasi va “Zarbulmasal” 
asari yetib kelgan. O‘zbek xalqi, shuningdek, ijodkorning donishmandligi va 
zukkoligi namoyon bo‘lgan “Zarbulmasal” asarining 6 ta qo‘lyozma va 10 dan 
ortiq bosma nusxalari mavjud. Uning qadimiy qo‘lyozmasi 1885-yilda 
ko‘chirilgan, 1951, 1958, 1960-yillarda chop etilgan. “Zarbulmasal” arabcha 
“zarb” va “masal” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lib, Masal keltirib 
so‘zlashmoq mazmunida ishlatiladi. “Zarbulmasal” – majoziy asar, unda 400 dan 
ziyod maqol hamda hikmatli so‘zlar qo‘llangan. Asarda hayvonlar obrazi, tabiati 
orqali, maqol, matal, hikoyat va rivoyatlar vositasida turli toifa insonlarning 
ma’naviy qiyofasi ochib beriladi. 
Ta’kidlanganidek, Gulxaniy uslubning ravon va ommaga tushunarli bo‘lishi 
uchun xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalangan. Buni quyidagilarda ko‘ramiz.
1. Asarning ayrim hikoyalari xalq og‘zaki ijodiga xos so‘zlar bilan 
boshlanadi: Bor edi Farg‘onada bir carbon.


120 
2. Folklorning ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollardan nihoyatda 
o‘rinli foydalangan: Evi bilan so‘zlaganning qurboni bo‘l, Ikki suyuklik bir 
ko‘ngilga sig‘masBo‘ynida illati borning ayog‘i qaltirar kabi.
3. Leksik jixatdan xalq so‘zlashuv tiliga doir leksemalarni ko‘plab 
ishlatilgan: ebi, tevataka, ayran, sapal, burunduq, taylaq, qo‘naq, aqsaq, bo‘qaq, 
kulba, yantaq, sachbag‘, buydaq, tushav, lachin, qarchig‘ay, qizilishtan singari.
Jonli tilda bo‘lgan itarchi - it boquvchi; qig‘an – qilgan, burnag‘i – avvalgi, 
chechmak – yechmoq so‘zlari qayd etilgan: It qig‘onni itorchi qilmas, Burnag‘ilar 
masalidurki, er bashiga ish tushsa, etuk chechmay suv kechar. Shuningdek. ayrim 
frazeologik birikmalar ham ifodalangan: ag‘zini bir burchidin chiqar, ag‘iz ashga 
yetganda burni qanagan, xos tarbuzni qo‘ltug‘ungga alma va boshqalar. 
4. Asarda bir qator arabcha, forscha so‘zlar ham kuzatiladi: abir - qora tusli 
xushbuy modda, ajuz - kampir, anjum - yulduzlar, tarror - qaroqchi, shaqovat – 
yaramaslik, nafarjam – baxtsiz, bargoh - saroy, xastakar - sovchi, qahil - yalqov, 
sarbon - tuyakash, humo kabilar.
5. O‘g‘uz lahjasiga xos unsurlar ham ko‘zga tashlanadi: dosha - toshga, 
istaram - istayman, aylaram - qilaman, cho‘g‘ - ko‘p, juda.
6. Gulxaniy o‘sha davr tilida mavjud bo‘lgan sinonimlardan ustalik bilan 
foydalangan: g‘am, g‘ussa, anduh, ko‘k, falak; xalq, ulus, el; ism, ot; yo‘ldosh, 
hamroh; noma, xat; oy, qamar; oftob, qo‘yosh, shams, xurshid; chayon, aqrab; 
yuz, oraz, jamol, daryo, nahr va hokazo.
7. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari morfemalar olganda quyidagi shakllarda 
keladi: U - ana, ul - anda, alari, munda, bunda, nima - nimarsa. Istak fe’lining 
birinchi shaxs ko‘pligi fe’l negiziga -ali affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Masalan: 
Anglab barib taraddud qilali. O‘tgan zamon sifatdoshi - mish, -mush affikslari 
bilan keladi: tutmishkelmish.
Shunday qilib, Gulxaniy adabiy tilni butun xalq ommasiga tushunarli, 
turmush uchun zarur so‘zlar va grammatik shakllar bilan boyitishga harakat qilgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling