Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
“Shayboniynoma” asari o‘zbek klascik adabiyotida birinchi tarixiy doston.
Doston 76 bobdan iborat bo‘lib, 4456 baytdan tashkil topgan. Dostonning 1-bobi munojot, 15 bobi lirik chekinishlar va qolgan 60 bobi esa temuriylar bilan shayboniylar o‘rtasidagi tarixiy voqealarga bag‘ishlangan. Asar badiiy uslubi, tilining soddaligi, ravonligi bilan ajralib turadigan o‘zbek adabiy tili tarixi va klassik adabiyotiiing qimmatbaho yodgorligidir. 1510 yilda Qosim ismli kotib tomonidan ko‘chirilgan Vena nusxasidan foydalanib kelinmoqda. Shu nusxa asosida 1885 yilda Vamberi dostonni Venada nemischa tarjimasi bilan nashr qildirgan. Mazkur nashr asosida Melioranskiy 1904 yilda Peterburgda ikkinchi marta chop etgan. Melioranskiy nashri asosida ba’zi aniqliklar bilan asarning kirill alifbosidagi nashrini dastlab 1961 yilda Nasrullo Davron amalga oshirgan. Keyingi nashri Ergashali Shodiev tomonidan 1989 yilda e’lon qilingan. Ma’lumki, Shaybonixon qo‘shini bilan Dashti Qipchoqdan ko‘pgina turkiy urug‘lar Turon va Xuroson hududlariga kirib kelgan edi. Binobarin, muallif adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirish, uni boyitishga, xalqqa tushunarli qilishga intilgan. Hayotda so‘z, til qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini Muhammad Solih juda ham teran talqin qiladi: 34 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.161. 110 So‘z bila bo‘lup bu olam paydo, So‘z bila bo‘lup bu odam paydo. Muhammad Solih jonli til xazinasidan foydalanib, sodda, chiroyli o‘xshatishlar, sifatlashlar, jonlantirishlar topadi. Qo‘yidagi o‘xshatishda Buxoro hokimi Boqitarxon xarakteri ochilgan: Bor edi so‘zi uning nodonlardek, Qilig‘i yoshg‘ina o‘g‘lonlardek. Xalq tiliga xos jonlantirish va mubolag‘a: Bo‘ldi bisyor uzum birla qovun, Har biri debki: “Maning birla ovun”. Omonimlar vositasida so‘z o‘yinidan foydalangan: Sohibi jilvada bo‘stan ichida, Qon yutub sohibi qo‘rg‘an ichida. Ma’lum bo‘ldikim, Muhammad Solih o‘zbek tilining so‘z boyligi va grammatik xususiyatlaridan o‘rinli foydalangan. Bu dostonning eng xarakterli til xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat: 1. “Shayboniynoma” leksik jihatdan arabcha, forscha so‘zlarning kamligi, mumkin qadar jonli tilga xos so‘zlarning ko‘proq ishlatilganligi bilai ajralib turadi. Doston tilida adabiy tilda iste’moldan chiqa boshlagan, badiiy adabiyotda kam uchraydigan ayrim so‘zlar ham qo‘llanadi: abag‘a - amaki, cherik - qo‘shin, qabqa - darvoza, yog‘a – dushman, ev – uy, kent – qishloq; shahar, et – go‘sht, ko‘k - osmon kabilar. Shuningdek, Muhammad Solih asarda dushman so‘zining hasm, jov, a’do,yog‘a, muxolif; xalq so‘zining ulus, el, raiyat kabi sinonimlaridan foydalangan. 2. Asar orqali davr o‘zbek adabiy tiliga maishiy, harbiy texnika va boshqa sohalarga oid ko‘pgina atamalar, nomlar kirib keldi. Harbiy qurol atamalari: sag‘ыt, dubulg‘a, manglaylыq; jangchilar qo‘nadigan joy nomlari: peshxona, bavarjixona, shomiyona; may idishlari - ko‘raki, mashraba; matolar - toja, yazdiy, alocha; palos nomlari - debo, g‘oli, mafrash, namozi shatranjiy; urug‘ va qabila nomlari - manqit, nayman, do‘rman, oshun, jaloyir, qarliq, nukuz va boshqalar. 111 3. Dostonda arabcha, fors-tojikcha, mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar ham ko‘zga tashlanadi: adolat, islom, kufr, anqo, hilm, zulm; jom, jonon, zulf, nishon, shahboz, semurg‘, toj; navkar, do‘rman. 4. Tushum -ni, -n; jo‘nalish -ga, -g‘a, -a; chiqish -din affikslari bilan yasaladi: so‘zumni, qochishin, barchasin, holin; menga, qashig‘a, ko‘zuma, boshima, o‘g‘limdin, jarlaridin. Ko‘plikning arabcha, turkiy shakllari ham uchraydi: funun - fanlar, mirzolar, qalmaqan - qalmoqlar kabi. 5. Ot yasovchi qo‘shimchalar faol qo‘llangan: o‘qchi, kengashchi, yillik, qo‘rqaq, qurumsag‘, o‘lat, yo‘rtovul, yasal, qabal. 6. Sonlar hozirgi o‘zbek tilidagi shakllariga ega. Faqat tartib sonlar -inch bilan yasaladi: to‘rtinch, birinch. O‘n ming o‘rnida tuman, yuz ming o‘rnida lak, million o‘rnida yuz tuman ishlatiladi. 7. Kishilik olmoshlari ham hozirgi kishilik olmoshlariga to‘g‘ri keladi. Gumon olmoshlarining kimsa, nimarsa, falan, so‘roq olmoshlarining kim, ne, nelar kabi shakllari mavjud. 8. Buyruq fe’lining II shaxs birligi -g‘il-gil affiksi bilan yasaladi: bergil, o‘tirg‘il, qo‘pg‘il, ko‘rgil. Istak maylinnng I shaxs birligi - ali, -ylik, -aling affikslari bilan hosil qilingan: kechali - o‘taylik, kelturali, ko‘raylik, qalaling va hokazo. 9. Ravishlar hozirgiga o‘xshaydi. Shuningdek, bugungi kunda tilimizda uchramaydigai anda, asru, g‘aliba, filhol kabi ravishlar ham uchraydi: Bor emish anda qamish asru qalin. Anda ravishi ba’zan ko‘plik qo‘shimchasini ham qabul qiladi: andalar. 10. “Shayboniynoma”da qatida, uzra, burna, bila, tegra, yanglig‘ singari ko‘makchilar ko‘zga tashlanadi. Hozirgi bog‘lovchilardan farqli vale, lek, gan, deb, yo‘q ersa, chun bog‘lovchilari uchraydi: Chun bu so‘zlarni eshitti sulton. Lek el andin emastur xushnud. O‘fkalarman yo‘q ersa... Uzun so‘zning qisqasi, Muhammad Solih Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tili taraqqiyoti uchun kurash yo‘lini davom ettirgan shoirlardan biridir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling