Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

boburiy” alifbosini ixtiro qilishidir. Kobul ta’rifi, u yerdagi voqea-hodisalarni 
bayon qila turib bu haqda shunday yozadi: “Kobulning daromad va hosilini bilmay 
mundoq kulliy tahmil bo‘lg‘oni uchun viloyat xeyli xarob bo‘ldi. Ushbu 
mahallarda Boburiy xatni ixtiro qildim
29
. Mazkur alifbo hazrat Navoiy 
shakllantirgan mumtoz o‘zbek adabiy tili rivojini yangi bosqichga ko‘tarish 
maqsadidan kelib chiqadi. Shu o‘rinda aytish joizki, Bobur Mirzo turkiy tilning 
boy ohang va tovushlarini to‘liq ifoda etishga imkon beradigan yangi alifbo 
yaratish zarur degan fikrga keladi. Chunki turkiy tilda arab tiliga nisbatan unli 
tovushlar ko‘proq. Bizdagi e, o‘ kabi tovushlar arab tilida yo‘q. Shuning uchun et 
so‘zi itqo‘sh esa qush tarzida yoziladi. Holbuki, ularning ma’nolari o‘rtasida katta 
tafovut mavjud. Arab alifbosi tilimizdagi mana shunga o‘xshash nozik jihatlarni 
aks ettira olmasligi asrlar davomida muammoli vazifa bo‘lib keldi. Qolaversa, bu 
masala dastlab Mahmud Koshg‘ariy, so‘ngra Alisher Navoiy tomonidan ham 
ta’kidlab o‘tilgan edi. Aytish kerakki, har bir alifbo qaysi tilda yaratilgan bo‘lsa, 
o‘sha tilning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Arab alifbosi ham shu tilning 
imkoniyatlarini ifodalaydi. Bu alifbo forsiy tilning xususiyatlariga mos kelmagani 
bois bundan ming yil oldin unga qo‘shimcha tarzda to‘rtta harf kiritilgan (je, pe, 
gof,). Bobur yangi alifbo yaratishda mana shu tajribani ham hisobga olgan. Ayni 
29
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.132.


108 
vaqtda, u turkiy xalqlar yaratgan qadimiy alifbolarni ham o‘rgangani, shubhasiz
30

Buni mashhur g‘azallaridan biridagi yakuniy baytda ko‘ramiz: 
Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong, 
Boburiy xatti emasdur, xatti sig‘noqidurur. 
Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir 
Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoyib at-tabaqot” asarida o‘n to‘rtta
alifbo keltirilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatti boburiydir. Uning boshlanishiga 
Xatti boburiy inast deb yozilgan. Shundan so‘ng xatti boburiyning 28 harfi 
keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan
31
. S.Azimjonovaning 
yozishicha, “Xatti boburiy” 28 ta arab harflariga asoslangan yangi alifbodir. Bobur 
o‘z alifbosini arab alifbosidagi zeru zabarlardan xoli qildi. Ayni paytda, bu 
alifboga keyinchalik kiritilgan to‘rt forsiy harflarni chiqarib tashlandi
32
.
“Boburnoma”da “Xatti boburiy” qaysi maqsadda kashf etilgani yozilmagan 
bo‘lsa-da, taxmin qilish mumkinki, muallif arab yozuvining turkiy til talablariga 
javob bermaydigan o‘rinlari borligini anglagan. Uning o‘z xalqining madaniy 
taraqqiyotiga mos yangi alifboni yaratishga intilishi uning yuksak filologik 
ma’rifati va ilm sohasidagi jasoratidan dalolat beradi
33
.
Bobur zamonida yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish 
oson emasdi. Chunki arab yozuvi — «Qur’on» yozuvi edi. Shuning uchun Boburiy 
xattini amaliyotga joriy qilish niyatida Bobur bu xatda, avvalo, Qur’oni karimdan 
ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga jo‘natadi. Ammo 
yozuvni davlat miqyosida joriy etishga Makkadan ruxsat kelmaydi. Shu bois 
mazkur xat faqat Boburning o‘g‘illari, yaqinlari orasidagi yozishmalarda amal 
qilgan, xolos.
Boburiy xatining amaldagi arab yozuvidan farqi va afzalliklari imloda so‘z 
aniqligi, 
yozish 
hamda 
o‘qishning qulayligi bilan izohlanadi. Buni 
30
Қодиров П. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б. 217-218. 
31
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент, 2006. 
– Б. 116-117.
32
Азимжонова С. Бобурнинг ҳинд девони. – Тошкент, 1960. -Б. 31.
33
Стеблева И.В Захириддин Мухаммад Бабур - поэт, прозаик, ученый. – Ташкент, 1983. – С. 26. 


109 
«Boburnoma»da keltirilgan quyidagi parcha mazmunidan ham bilib olish mumkin: 
«Murg‘obta mirzolar bila muloqot qilganda, Qozi Ixtiyor Muhammad Mir Yusuf 
bila kelib meni ko‘rdilar. Boburiy xattidin so‘z chiqdi, mufradot (harflari)ni tiladi, 
bitidim. O‘shal majlisda mufradotni o‘qub qavoidini bitib, nimalar bitidi»
34

Jumlalardan ma’lum bo‘ladiki, Boburiy xatining o‘qish va yozishga qulayligi bois 
u bilan ilk bor tanishgan kishi uni o‘rganish jarayonidayoq birmuncha so‘zlarni 
yoza olgan. 
Muhammad Solih (1455 yilda Xorazmda tug‘ilgan) o‘z zamonasining eng 
ma’rifatli kishilaridan bo‘lishi bilan birga talantli shoiri ham bo‘lgan. Temuriylar 
dargohida ko‘ngli tilaganday yaxshi mavqega erisholmagan Muhammad Solih 
1499 yilda Shaybonixon xizmatiga boradi. Uning 1506-1507 yillarda yozilgan 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling