Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

xay-xay yig‘lamaq so‘zlari «yig‘lamoq» birlashtiruvchi sememasi bilan bir 
paradigmaga mansub bo‘lsa ham, lekin ularning har qaysisi yig‘lashning xilma-xil 
ko‘rinishlarini ifodalaydi. Xususan, yig‘lamsinmaqqa «dard bilan yashirin ohista 
yig‘lash» belgisi bilan farq qiluvchi ingramak va singramakni zid qo‘yadi: 
Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, 
Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak. 
3. Mutafakkir ta’kidicha, she’riyatda omonimlarning o‘rni katta. Jumladan, 
tüz I – o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa, tüz II – tekis joy, tüz III – to‘g‘ri kishi, 
kök IV – cholg‘uni sozlamoqqa amr, kök V – ikki kishini yarashtirish. Yoki kök I 
– osmon, kök II – ohang, kök III – ko‘klamzor, kök IV – bo‘yoq, kök V – maysa, 
ko‘kat va hokazo. 
4. Asarda yegulik, ichimlik, qarindoshlik atamalari, madaniy-maishiy so‘zlar, 
zoonimlar, kiyim-kechak, kasb-hunar otlari har ikki tilda qanday nomlanishiga 
e’tibor qaratilgan. Masalan, sartlar aka va ukani birgina birodar, opa hamda 
singilni xohar so‘zi bilan ifodalaydi. Turklar esa ag‘a va iniegachi hamda singil 
tarzida qo‘llaydi. Shuningdek, turklar kiyikning erkagini xo‘na, urg‘ochisini 
qilchaqchi, suyqunning erkagini bug‘u, urg‘ochisini maral der, sart esa ahu va 
gavazn deydi, xolos.
Qushlar ichida aniq va mashhuri ilbasun hamda o‘rdakdir. Sart uning o‘zini 
bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini so‘na, urg‘ochisini bo‘rchin deydi. sartlar esa 
ularning ikkalasini bitta murg‘obi so‘zi bilan ifodalaydi. Qushchilar o‘rdakning 
turlarini yaxshi biladilar: cho‘rka, erka, suqsur, almabosh, chaqirqanat... bular 
yetmishta. Sart barchasini murg‘obi deydi. Ularni farqlash ehtiyoji tug‘ilsa, turkcha 
nomlaydilar. Bundan tashqari, otning o‘n uchta nomi va ularning bir-biridan farqi 
ko‘rsatilib, sartlarda bunday atamalar yo‘qligi, turkchadan foydalanishi 


99 
ta’kidlanadi. Oziq-ovqatning ham yigirmata turi qayd etilib, ular sartlarda yo‘q 
ekanligini aytiladi. 
5. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o‘zbek tilining so‘z yasalish borasidagi boy 
imkoniyatini namoyish qilib, o‘zbek adabiy tilining grammatik me’yorlarini 
belgilashda ham samarali ishlagan. Bu ixcham grammatik normalar orqali yangi 
so‘zlar hosil qilish, yangi ma’no ifodalashga e’tibor bergan. Xususan, -chi 
yasovchi vositasining imkoniyati kengligi, asos qismga qo‘shilib, bu qismning 
ma’nosi bilan bog‘liq turli shaxs otlarini hosil qilishini bayon qiladi: qushchi, 
qo‘ruqchi, tamg‘achi, jibachi, yo‘rg‘achi, kemachi, qo‘ychi, qazchi, quvchi, 
turnachi, kiyikchi. Yana -vul affiksi yordamida shaxs oti hosil bo‘lishini ko‘rsatadi: 
xiravul, qaravul, chingdavul, yankavul, so‘zavul, patavul, kiptavul, yasavul, 
bakavul, jig‘avul, dakavul. Shuningdek, ot yasovchi -l affiksi ham mavjudligini 
bayon qiladi: qahal, yasal, qabal, tunqal, to‘sqal, suyurg‘al. 
6. Fe’lning birgalik darajasi -sh (shin) harfi bilan hosil qilingan: 
chapishmaq, tapishmaq, quchushmaq. Bu me’yor hozirgi o‘zbek tilida ham faol 
qo‘llanadi. Fe’lning orttirma darajasi -t affiksi bilan yasalgan: yugurt, qildirt, 
chiqart. Navoiy asarlarida – g‘ach, -gach affiksi ketma-ketlik, uzluksizlik 
ma’nolarida qo‘llanilgan: aylag‘ach,yetgach kabi. Mazkur qo‘shimcha hozirgi 
adabiy tilida payt ma’nosini ham bildiradi. Ravishdoshning -gan shakli (tegach, 
aytgach, barg‘ach, yarg‘ach, tapqach, satqach) fe’lga qo‘shilib, uning ma’nosiga 
«sur’at yo‘sunluq» bir ma’no yuklagan. 
7. Harakatni bajarishga tayyorlanish, intilish kabi ottenkalar ravishdosh 
yasovchi -dek, sifatdosh yasovchi -g‘u//-ku//-gu//-ku affikslari bilan ifodalanadi: 
barg‘udek, urg‘udek, aytgudek, so‘rg‘udek kabilar. Shuningdek, yetakchi fe’lga 
ko‘makchi fe’llar qo‘shilib, unga qo‘shimcha ma’no yuklashini aytadi: bila ko‘r, 
qila ko‘r, keta ko‘r, yeta ko‘r kabi. 
8. «Muhokamat-ul-lug‘atayn»da turkiy xalq va qabilalar, qavmlar tili
Movarounnahr va Xurosondagi irqiy hamda shevaga xos manzara alohida tilga 
olingan. Yetmish ikki til, yetti iqlimning har birida necha mamlakat va viloyat 
borligi, har qaysi mamlakatda qancha shahar, qasaba (qishloq), kent mavjudligi, bu 


100 
joylarda, dashtlarda, orollarda, daryo sohillarida turli ulus va qabilalar yashashi,
turkiy tillar, turkiy lahja hamda shevalar to‘g‘risida qayd etiladi: “Agar 
mubolag‘asiz ijmol yuzidin qalam surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa, 
yetmish ikki nav’ bila taqsim toparida, xud hech so‘z yo‘qturki, yetmish ikki firqa 
kalomig‘a dalolat qilg‘ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurkim, rub’i maskunning 
yetti iqlimidin har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahar va 
qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishin ulus va har tog‘ning 
qo‘llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va savohilida ne tavoyif bor. 
Har jamoat alfozi o‘zgalaridin va har guruh iborati yonalaridin mutag‘ayyir va 
bir necha xususiyat bila mutamayyizdurki, o‘zgalarda yo‘qtur”. 
Asarda umumiy tarzda zikr etilgan ulus, qabila, jamoat va guruhlarning qaysi 
qabila, urug‘, xalqqa mansubligi ochiq ko‘rsatilmasa-da, shoir asarlari tilining 
tahlili bu masalaga oydinlik kiritishga ko‘maklashadi. 
Ilmiy izlanishlardan ayyon bo‘ladiki, mutafakkir asarlarida qarluq, o‘g‘iz va 
qipchoq lahjalariga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Sir emaski, Navoiyga qadar 
adabiy tillarda yuzaga kelgan bo‘lib, ular biri-biridan farq qilar edi. Navoiy 
dahosining qudrati shunda kuzatiladiki, u o‘zining amaliy-badiiy faoliyati bilan 
turli til, lahja va shevalarga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarni
umumlashtirdi, muayyan me’yorga solib, sayqallashtirdi. Shu tariqa, yagona 
adabiy tilga asos solib, uni yuqori cho‘qqiga olib chiqdi. Kezi kelganda aytish 
kerakki, bu til Xitoydan Xurosongacha bo‘lgan katta xududda yashovchi barcha 
turkiylar uchun adabiy til vazifasini o‘tagan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling