Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

topgan. Ne uchunkim (ajablanarlisi) Mir Alisher Navoiyning tasniflari (asarlari) 
Hiriyda yuksaklikka erishgan bo‘lishiga qaramay, ushbu tilda (Farg‘ona va Hirot 
adabiy muhitida amal qilgan yagona adabiy tilda)dir». Darhaqiqat, Navoiy 
asarlari tilini biror shevaga bog‘lash mumkin emas, u temuriylar saltanati, 
qolaversa, musulmon turk ellarida qo‘llangan adabiy tilda ijod qildi va unga 
yetakchilik qildi. Buni “Lisonut tayr” asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi: 
Turk nazmida chu men tartib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
19
Ma’lumki, Navoiygacha ham ikki tillilik keng tarqalgan edi. Xorazmiy, 
Atoiy, Lutfiy va boshqa shoirlar har ikki tilda ijod qildilar. Ammo bu hol tojik 
shoirlarida uchramas edi. XV asr o‘rtalaridan boshlab Navoiy ta’sirida fors-tojik 
adabiyotida ham turkiguylik paydo bo‘ldi. Navoiyning dastparvarlaridan 
Kamoliddin Binoiy, Badriddin Xiloliy, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin 
Vosifiylar birinchi bo‘lib o‘zbekcha she’r yozganlar. Bu davrda Navoiy o‘zbek 
adabiyotini yuksak darajaga ko‘tarish bilan o‘zbek tilining tarakqiyotiga ham 
salmoqli hissa qo‘shdi. Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida 5004 ta
20
, Navoiy 
asarlari tilida 26035 ta
21
, 1400 ga yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga oid 
so‘zlar mavjudligi
22
aniqlangan. 1983-1985 yillar yaratilgan to‘rt jildlik Navoiy 
19
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент, 2006. 
– Б. 72.
20
Ҳамидов З. Лексико-семантическое и лингвопоэтическое исследование языка «Лисан ат-тайр» Алишера 
Навои. . Автореф. дис. ...канд. филол. наук. –Т., 1982. –С. 3. 
21
Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Т.:ФАН, 1983. –Б. 19. 
22
Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи. –Т.:Фан, 2008. –Б. 25.


94 
asarlari izohli lug‘ati XV asr o‘zbek adabiy tili leksikasining 98-99 foizini tashkil 
etadi.
Shoir asarlarining tovush tarkibi borasida turli fikrlar mavjud. Professor 
A.Borovkov Navoiy tilida 8 unli bor deydi:
1. I — indeferent «i»
2. e — yarim keng «e»
3. a — orqa qator «a»
4. a— old qator «a»
5. u — orqaqator «u»
6. u — old qator «u»
7. o— orqaqator «o»
8. o— old qator «o» 
A.Щerbak Borovkov tan olgan old qator «a» unlisini old qator va orqa qator 
«i» (і+і) shaklida mavjud deb, eski o‘zbek tilida 8 unli bor deydi. Navoiy 
asarlarining fonetik-morfologik xususiyatlarining tadqiqotchisi, akademik Alibek 
Rustamov eski o‘zbek tilida 9 unli fonema borligini ko‘rsatadi. Uning fikricha, 
Navoiy tilida ochiq «o» unlisi bor (o), «a» unlisi esa indeferent bo‘lib, «i» unlisi 
qatorga qarab emas, balki cho‘ziqlig‘i bilan farqlanadi. Q.Sodiqov shoir asarlarida 
10 ta unli qo‘llanishda bo‘lganini qayd etadi: a, ä, ā, e, i, ï, o, ö, u, ü.
Shoir asarlarida hayotning turli sohalariga tegishli qator turkiy so‘zlar 
ifolalangan:
1. Oziq-ovqat nomlari: qatlama, bulamiq, qurut, qimiz, suzma, quymaq, 
bo‘za, tutmach, umach, ko‘mach, mantu.
2. Chorvachilikka oid so‘zlar: arg‘umaq, toy, g‘unon, tulan, chirg‘a, 
lang‘a, jibildir, to‘qum, chilvir kabilar.
3. Kiyim-bosh nomlari: dastor, qalpoq, to‘ppi, shirdoq, jalak, qur, terlik.
4. Hayvon nomlari: kiyik, to‘ng‘uz, huna, qilchaqchi, suyqun, bug‘u, maral, 
ohu, g‘avazn, huk, guraz kabilar.
Navoiy asarlari tilida bir qancha arxaizmlar uchraydiki, ular O‘rxun-Yenisey 
manbalari, «Qutadg‘u bilig», «Devoni lug‘otit turk», «Qisasi Rabg‘uziy», 


95 
«Muhabbatnoma», «Xisrav va Shirin» kabi asarlarda ham mavjud: qamuq
hamma, arig‘ –toza Ug‘an - xudo, o‘kush - ko‘p, o‘ksuk - kam, bitik - yozuv, xat 
singari.
Ta’kilash joizki, Navoiy so‘z o‘zlashtirish, boshqa tillardan so‘z olish 
masalasiga ham e’tibor qaratadi. Qolaversa, shoir ijod qilgan davrda arab tili ilm-
fan, forsiy esa badiiy adabiyot tili darajasiga aylanib ulgurgan edi. Shuning uchun 
ham Navoiy o‘z asarlarida arabi va forsiy so‘z va iboralarni ko‘plab qo‘llagan va 
buni tabiiy hol deb bilgan. O‘z asarlariga nom qo‘yishda ham an’anaga muvofiq 
arabcha so‘z va ifodalardan foydalangan. Bundan anglashiladiki, ijod jarayonida 
Navoiy hal qilgan lisoniy muammolardan biri — boshqa tillardan so‘z olish 
muammosi — birinchi navbatda arab tiliga aloqador bo‘lgan. Bunda, hech 
shubhasiz, shoirning Qur’on tilini mukammal bilganligi (uning arabcha lug‘at 
tuzganligi ma’lum) katta o‘rin tutgan. Navoiy zamonida Movarounnahr va 
Xurosonda forsiyning mavqei baland bo‘lgani, turkiyda ijod qilgan adiblar undan 
andoza olgani uchun bu tildan turkiyga so‘z o‘zlashtirishga hech kim monelik 
qilmagan. Shu bois Alisher Navoiyning poetik va ilmiy asarlari so‘z boyligining 
taxminan 30-33 foizini arab tilidan kirgan so‘zlar tashkil qiladi. Fors-tojik leksik
zlementlari 18-20 foizgacha boradi
23
. Bahrom Bafoevning yozishicha, Navoiy 
arab-fors tillaridan foydalanganda, ularning turkiy tilga o‘zlashib, singib 
ketadiganlariga ko‘proq murojaat qiladi. Shu bilan birga, shoir har uch tilning 
imkoniyatlaridan foydalanib, yangi ma’noli so‘zlar – neologizmlar yaratadi. 
Alisher Navoiy yaratgan yangi so‘z, yangi ma’nolar turkiy tillar doirasidan chiqib, 
fors-tojik tilining ham lug‘at fondini boyitgan
24
.
Navoiy fors-tojik tilida qaysi tur va janr, uslubda asarlar yozilgan bo‘lsa, 
ularning hammasida o‘zbek tilida original asarlar yaratgan. Shu tariqa, shoir fors-
tojik, arab so‘zlaridan ham samarali foydalangan. Jumladan, fors-tojik tiliga xos 
leksemalar, -iy, -sar, -nak, -vash kabi affikslari, izofa qurilmasi ko‘p ishlatilgan: 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling