Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ne 
uchunkim Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, Hirida nashu namo
topiptur, bu til biladur». V.Bartold Boburning bu so‘zlarini o‘sha davrdagi 
madaniy shahar bo‘lgan Andijonda adabiy tilga yaqin tilda gapirishgan deb 
tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda bo‘lgan emas, deb ko‘rsatadi. 
Ilminskiy adabiy til bilan mahalliy shevalarning murakkab xarakterini ta’kidlab, 
Navoiy adabiy tili Andijon shevasiga o‘xshasa-da, unga to‘la mos kelmasligini 
qayd etadi. Chunki uning fikricha, jonli xalq shevasida adabiy tildagi kabi chet til 
unsurlari ko‘p bo‘lishi mүmkin emas. Navoiyning adabiy tilini Andijon shevasi 
bilan to‘la mos deyish qiyin. Shoir Andijonga bormagan, faqat andijonliklar bilan 
suhbatda bo‘lgan, xolos. A.Yakubovskiy esa «Chert obshestvennoy i kulturnoy 
jizni epoxi Alishera Navoi»degan asarida «Bu o‘rinda Bobur hech narsani 
18
Нурмонов А. Танланган асарлар. II жилд. Тошкент: Аkademnashr, 2010. –Б. 294-295. 


92 
bo‘rttirib ko‘rsatgan emas» deb ta’kidlaydi. Professor F.Abdullaev «XV asr o‘zbek 
adabiy tilining dialektal asoslari» nomli maqolasida bir necha omillar xususida 
so‘z yuritadi: 
1. Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo‘lmagan. 
2. Bobur asarlari tilining mazkur shevaga yaqin deb faraz qilsak, Navoiy va 
Bobur asarlari tili o‘rtasida ancha dialektal farqlar bor. 
3. Shoir asarlari tili g‘oyat murakkab va dialektal jihatdan rang-barang
bo‘lib, uning hajmi va salmog‘i shu qadar zo‘r ediki, uni bir dialekt, hatto 
butun bir lahja doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. 
4. Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi O‘zbekiston hududi hamda qo‘shni 
respublikalardagi jonli o‘zbek shevalarining unsurlari mavjud. 
5. Hozirgi qozoq, tatar, uyg‘ur, turkman, ozarbayjon, usmonli turk kabi 
tillarga oid leksik qatlam va grafik shakllar XV asr o‘zbek adabiy tilida anchagina, 
lekin bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi Andijon shevasida yo‘q. Bobur 
asarlarida ham kam uchraydi. 
6. Navoiy asarlari tilida qadimgi uyg‘ur va qadimgi [turkiy] yozuv 
yodgorliklari (runik yozuvlari)ga xos leksik birliklar ham ko‘zga tashlanadiki,
ularning tarixiy ildizini faqat bir yoki bir guruh shevalardan axtarish kutilgan 
natijani bermaydi. 
7. Shoir asarlarida boshqa yozuv yodgorliklarida uchramaydigan yoki juda 
kam kuzatiladigan grammatik elementlar mavjud, ular Andijon va o‘zbek 
shevalari, shuningdek, turkiy tillarda qayd qilinmaydi. 
8. Navoiy asarlari tilida o‘zlashma so‘zlar anchagina foizni tashkil qiladi, 
ayrim so‘z shakllari, masalan, arab va fors-tojik unsurlari jonli 
morfologik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Andijon shevasida esa bu qadar chetdan 
kirgan leksemalarning bo‘lishi ehtimoldan juda uzoq. 
Professor V.Abdullaevning ko‘rsatishicha, Alisher Navoiy Samarqandda 
ikki yil emas, balki 4-5 yil yashagan. Bu davr ichida deb ta’kidlaydi X.Doniyorov, 
Andijon tomonlarda ham bo‘lganligi ehtimol. Shuningdek, o‘sha davrda 
Andijon va Samarqandning aloqalari ham ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 


93 
Qolaversa, Hirotga Andijon tomondan juda ko‘p ustalar, navkarlar, kosiblar va 
boshqa toifalarning borganligi, ular ichida andijonlik shoirlar va mashshoqlar 
yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan. Demak, «qalam bila rost» sheva sifatida Andijon 
shevasi hali Alisher maktabga qatnab yurgan vaqtlaridayoq uning e’tiborini tortgan 
bo‘lishi mumkin.
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona elining tili xususidagi 
fikrini quyidagicha talqin qilish mumkin: «Eli turkdur. Shahri va bozorlarida 
turkiy bilmas kishi yo‘qdir. Elining lafzi qalam (badiiy adabiyot) bilan shuhrat 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling