Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog‘i
yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab’ ahli xiradmandlari bu maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga andoq evruldikim, go‘yo bu tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar. Shu tariqa, «Bu til dag‘al, unda yuksak san’at asarlari yaratib bo‘lmaydi», degan fikriga zarba berish, o‘zbek tilining yashirinib qolg‘an xazinalarini ochish va uni ilm ahliga, she’r muxlislariga 90 tushuntirish kabi muhim vazifani Alisher Navoiy ko‘tarib chiqdi. Bobur aytmoqchi, “Аliserbek naziri yoq kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas” 17 . Binobarin, Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy singari adiblar adabiy tilning boshlovchilari sanalsa, hazrat Navoiy bu tilni kamolotga yetkazdi, yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Arab tili ilmiy til, fors-tojik tili badiiy adabiyot tili sifatida shuhrat topgan bir paytda 30 tan ortiq asarini o‘zbek tilida yozib, o‘zbek mumtoz adabiy tilini har tamonlama asoslab berdi. Ikkinchidan, Navoiygacha bo‘lgan adabiy til tarqoq holda edi, o‘g‘uz, qipchoq, o‘g‘uz-qipchoq, qarluq kabi. Navoiy katta hududdagi lahjalarni birlashtirib, yagona adabiy til holiga keltirdi, uning tepasida o‘zi turdi. Mazkur til uzoq yillar davomida o‘zbeklar va atrofdagi boshqa turkiy tillar uchun adabiy til sifatida xizmat qildi. Ayni paytda, mutafakkir “Farhod va Shirin” dostonida ushbu til Xitoydan Xurosongacha, jumladan, Sheroz va Tabrizgacha tarqalgani haqida ma’lumot berib o‘tadi. Uchinchidan, so‘z mulkining sohibqironiga qadar biror ijodkor til nazariyasi bilan shug‘ullangan emas. Shoir umrining oxirgi paytlarida juda katta hayotiy va ijodiy tajribasini sarhisob qilayotgan davrida, ya’ni 1499 yilda yozilgan “Muhokamatul - lug‘atayn” risolasida mutafakkir oltoy tillari oilasiga kiruvchi turkiy, ya’ni o‘zbek tili bilan hind-yevropa tillariga mansub sart (forsiy) tilini fonetik, leksik va grammatik jihatdan solishtirib, chog‘ishtirma tilshunoslikka asos soldi. “Muhokamatul-lug‘atayn” asari dastlab so‘z ta’rifi bilan boshlanadi: so‘z go‘yo durdur. Durnining joylashish o‘rni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning joylashishi o‘rni ko‘ngil (xotira)dir. Dur g‘avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g‘avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqnining qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan 17 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.153. 91 durlar g‘avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko‘ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so‘zlar ham so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o‘z jilvasini topadi 18 . Bundan ko‘rinadiki, nemis tilshunosi Vilgel’m Gumbol’dt va shveysariyalik olim F.de Sossyurdan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlagan. Achinarli tomoni shundaki, yaqin-yaqingacha til va nutq munosabati, bu ikki hodisani bir- biridan farqlash nomlari zikr etilgan olimlar lingvistik ta’limotining asosini tashkil kiladi deb hisoblab kelinar edi. Eski o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud. Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining xususiyatlari haqida gap borganda buyuk Alisher Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki u o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, bo‘lishi bilan birga eski o‘zbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan siymo. X.Doniyorov ta’biri bilan aytganda, «Haqiqatan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir». Ma’lumki, Alisher Navoiy asarlarining tili ko‘p shevalarni birlashtirganligi bois shoir tiliga zamin bo‘lgan sheva masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Bunga Zahriddin Muhammad Boburning fikri asos bo‘lmoqda: «Eli turkdur. Shahri va Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling