Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avaz Polvonniyoz
yig‘i, xon – g‘ulom, shoh – gado, erkak – xotun, yoz – qish.
Bundan tashqari, Furqat uslubiga xos, adabiy tilda ham, so‘zlashuv tilida ham uchramaydigan yoxud juda kam ishlatiladigan leksemalar ko‘zga tashlanadi. Masalan: maqom - odat, mardumdorliq - odamgarchilik, chortan - to‘rtovlan, jangu hangoma - munozara, araq chekmoq - terlamoq, sihatlikka yetishmoq - sog‘aymoq va boshqalar. 135 Tushum kelishigi -in, -i, jo‘nalish kelishigi -a, chiqish kelishigi -din affikslari bilan berilgan: holin, ko‘ksima, ko‘nglumi, ustina, dardima bechoralig‘din, orazidin. Sifatdoshning -mish, ravishdoshning -ibon qshimchalari ko‘zga tashlanadi: qilibon, qilmish, bo‘lmish. Shuningdek, izofali birikmalar ham uchraydi: sardori lashkar, ta’limi nemis. Furqat asarlarida Navoiy an’analarini davom ettirish barobarida o‘zbek adabiy tiliga yangi so‘z va ma’nolar yuklashga harakat qildi. O‘zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz Polvonniyoz (O‘tar) o‘g‘li (1884-1919) 18 yoshlarida shoir sifatida xalq o‘rtasida tanilgan. Muhammad Rahim Soniy (Feruz) iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni ustoz sifatida tayin etgan. 20-asr boshlarida ko‘zga tashlanayotgan milliy uyg‘onish g‘oyalari Avaz O‘tar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shoirdan ikki devoni («Saodat ul-iqbol», «Devoni Avaz») va qator bayozlarga kiritilgan g‘azallari yetib kelgan. Devonlarining qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston FA Sharqshunoslik intitutida saqlanadi. “Tanlangan asarlar” 1956 yilda, “Devon”i 1976 yilda, “Saylanma”si 1984 yilda nashr etilgan. Avaz O‘tarning o‘zbek adabiy tiliga ko‘shgan hissasi, birinchi navbatda, tilidagi xalqchillikdir. Shoir xalq maqollari va aforizmlaridan samarali foydalangan: Sipohi pora istar. Mulla ijara istar, Bechora chora istar, Bir chora zamon bormi? Avaz O‘tar davr talabiga javob beradigan til vositalarini xalq so‘zlashuv tilidan o‘zbek adabiy tiliga olib kirishga harakat qildi. Jumladan, uning she’riyatida jonli tilga xos bandi, chora, ijara, sham, shol, kulba, uvol, uyonib kabi ko‘plab so‘zlar qo‘llanishda bo‘lgan. Yangi badiiy shakllarni qidirib topish yo‘lida shoir eski adabiy til shakllaridan ham istifoda qilgan. Xususan, tushum kelishigining - ni, -n; jo‘nalish kelshigining -a, -g‘a-ga-ka; chiqish kelishining -din, -dan; o‘rin- payt kelishigining -da; sifatdoshning -gan, -g‘on; ravishdoshning -ibon, -ub, -ubon, 136 -bon; harakat nomining -v//uv kabi qo‘shimchalari uchraydi: tilini, unvonin, siza, bilmakka, biluv, anga, vajhdin, borimdan, onda, bilmagan, o‘qug‘onlar, aylabon, o‘qubon, biluv. III shaxs kishilik olmoshining ko‘plik shakli onlar tarzida, shuningdek, dag‘i bog‘lovchisi qo‘llangan: Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq, Ko‘ngullarning sururi, dag‘i ko‘zlar nuridir farzand. Shoir ijodida turkman, ozarbayjon tillari hamda xorazm shevasiga xos jihatlar ham kuzatiladi: Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab, cho‘x, Ketib zulmu sitamin zulmati bo‘lmish jahon ravshan. Ey, olami anjum aro orom suranlar, Avaz, bo‘lg‘ay uyonib (uyg‘onib) komgoru komron millat, Bilmam, buni kim imom etibdur. Kim yaqosi choksiz gul butmamish bu bog‘ aro. Avaz O‘tar asarlari leksikasini asosan turkiy, arabcha va forscha so‘zlar tashkil etadi: robita, zulmat, sitam, ahkom, millat, imom, ag‘yor, sipohi, dom, yoron, mehribon, mor, orom va hokazo. Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlar deyarli uchramaydi. Shunday qilib, Avaz O‘tar XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining shakllanishiga munosib ulush qo‘shgan. Turkistonning chorizm tomonidan bosib olinishi ma’lum darajada iqtisodiy va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Turli tamoyil va manfaatlar ta’sirida «umumiy turk tili to‘g‘risida»gi nazariyalar tarqaldi. O‘zbek ma’rifatparvarlari o‘zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu nazariya, kurashlar XIX asrning II yarmida paydo bo‘lgan nashriyot va vaqtli matbuotda o‘z ifodasini topdi. Binobarin, 1870 yilda Turkistonda rus tilidagi “Turkestanskie vedomosti” gazetasi ta’sis etildi. 1871 yildan gazetaga ilova, keyinchalik mustaqil holda o‘zbek tilida “Turkiston viloyatining gazetasi” chiqa boshladi. Shu tariqa, o‘zbek adabiy tilida publitsistik uslub shakllana boshladi. 137 Rus tilidan diplomatik hujjatlar, axborot materiallari, qishloq xo‘jaligi, ilmiy, tibbiy texnika, tarix va boshqa sohalarga oid tarjimalar “Turkiston viloyatining gazetasi” sahifalaridai nashr ettiriladi. Mazkur jarayonda Furqat, Sattarxon, Isoqxon Ibratlarning adabiy va publitsistik faoliyati alohida o‘rin tutadi. Sattorxon 1883-1890 yillar davomida tahrirriyatda muharrir yordamchisi va tarjimon bo‘lib ishlaydi. Ularning maqolalarida so‘zlar qanday talaffuz qilingan bo‘lsa, yozuvda shunday aks etgan: tiligraf, dovut, moshin, fatagraf, ganiral, gubernatur, ueznoy, afitser, kamissiya. Isoqxoning quyidagi fikrida rus tilidan o‘zbek adabiy tiliga o‘zlashgai leksik unsurlar yaqqol ko‘rinadi: “Asrimiz madaniyati bor edi, chunonchi, otash aroba, tiligrom, tilifo‘n, iliktr fanirlari, hatto uchadurgon ayripilon, giramo‘fun, fatagarof, tipogrof, litogirof, anvoi mashinalar: avtomo‘bel, valisafet hammasi mavjud edi”. Gazeta publitsistik uslubda qo‘llangan ruscha va u orqali boshqa yevropa tillaridan kirgan leksemalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Siyosiy, diplomatik tushunchalar: sudya, komissiya, konsul, duma, siezd, monifest, zabostufka, onorxiya kabi 2. Harbiy terminlar: pulkovnik, kopiton, giniral, litinont, ofitser va hokazo. 3. Pochta-telegraf bilan bog‘liq atamalar: tiligraf po‘shtaxona, morka, tilfo‘n. 4. Matbuotga doir so‘zlar: redoksiya, gazetxona, harf bosadurgon moshina singari. Ba’zi ruscha so‘z va birikmalar arabcha, forscha so‘zlar bilan tarjima qilib berilgan: ministr - vazir, pedsovet - ilmiya maslahatin, geografiya - jahonnoma, xirurg - jarroh, arxitektor - tarroh, vrach - hakim, professor – mudarris. Gazeta tilida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan yasovchi affikslar, ya’ni -lik, ma, -chi, -xona, kabi affiks yordamida yangi so‘zlar yasalgan: g‘o‘za ekuvchi, oktyabrchi, saylovchi, gazitachi, hurriyatchi, otishma, po‘shtaxona kabi. Muhimi, publitsistik uslubga ayrim xususiyatlar badiiy adabiyotga ham singib bordi. Bunda Furqat, Isoqxon, Sattorxonlar kabi ijodkorlarning roli katta bo‘ldi. Ular o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, gazeta-publitsistik uslubini yangi so‘z, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling