Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 13 – MAVZU: XX ASR BOShLARI VA 30-YILLARDA O‘ZBEK ADABIY TILI Reja
Savol va topshiriqlar
1. XІX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi lisoniy vaziyat haqida ma’lumot bering. 2. Muqimiy she’riyatining morfologik jihatlariga to‘xtalib o‘ting. 3. Muqimiy ijodida o‘zlashma so‘zlarning qo‘llanishi xususida so‘z yuriting. 4. Furqat asarlarining xarakterli lisoniy xususiyatlari. 5. Avaz O‘tar she’riyatida turkiy va mahalliy shevalarga munosabat. 6. Publitsistik uslubning ahamiyati. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Т.: Ўзбекистон, 1994. 2. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 3. Пардаев Қ. Муқимий шеърияти: матн тарихи, таҳрири ва талқини. – Т.: Муҳаррир, 2019. 4. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1995. 13 – MAVZU: XX ASR BOShLARI VA 30-YILLARDA O‘ZBEK ADABIY TILI Reja 1. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, milliy adabiy til borasidagi qarashlar 2. O‘zbek adabiy tilida o‘g‘uzcha unsurlarning ifodalanishi 3. 20-30-yillarda o‘zbek adabiy tili 139 4. “Chig‘atoy gurungi”ning miiliy til borasidagi faoliyati 5. O‘zbek adabiy tili rivojida ma’rifatparvarlarning xizmatlari O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan hamma kishilarning umumiy va yagona tilidir. Bu til o‘zbek xalqining o‘zaro aloqa va fikr almashuv quroli, shu xalqning hamma a’zolari uchun umumiy bo‘lgan tildir. O‘zbek milliy tilining shakllanishi o‘zbek millatining shakllanish jarayoni bilan bog‘likdir. O‘zbek millati shakllanguniga qadar u urug‘ tili va elat tili tarzida yashab, rivojlanib kelgan. Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi bilan birga millatlar ham tashkil topa boshlaydi. Ana shu millatlarning tashkil topishida uning asosiy omili bo‘lgan milliy til ham yuzaga keladi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Marakaziy Osiyoda ziyolilar o‘rtasida milliy o‘z-o‘zini anglash hissi kuchaydi. Jadidlar taraqqiyotga erishishning bosh yo‘li ma’rifat ekanini his qilganlari holda, birinchi navbatda, yangi tipdagi maktablar ochish, zamonaviy oliy maktablar tashkil etish, dunyo yangiliklarini xalq o‘rtasida tezroq targ‘ib qilish, kishilarni uyqudan uyg‘otish uchun matbuotni rivojlantirish; taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan illatlarni fosh qilish uchun teatr san’atini barpo etish, iqtidorli yoshlarni Ovruponing eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar. Yangi usuldagi maktablar ochildi. Ularda darslar ona tilida olib borilib, dasturlarga dunyoviy fanlar ham kiritildi. Ana shunday jarayonda maktablar uchun yoziladigan darslik va qo‘llanmalar qaysi tilda bo‘lishi kerak? Turkiy til va adabiyotni birlashtirish tarafdorlari bo‘lgan jadidlarning bir guruhi darslik va qo‘llanmalar usmonli turk tilida bo‘lishini ma’qulladilar. Bu haqda Fitrat quyidagilarni yozadi: «...Mana shunday kulinch bir holda qolgan burungi ziyolilarimiz: «tilimiz ilmiy, adabiy bir til emas ekan» degan kulinch bir qarashga keldilar. Mana shuning bilan maktablarimiz, yozuvlarimiz usmonlicha ta’siri ostida qoldilar. Toshkentda ochilgan kurslarda ona tili saboqlarn uchun berilgan soatlarning ko‘prog‘i usmonlichaga berildi. Samarqandda ochilgan birinchi muallimlar kursiga esa ona tili degan narsa kiritilmadi. 1918 yildagi 140 Maorif sho‘rosining bir majlisida ham o‘tkan yildagi muallimlarning qurultoyida shunday bir qaror berilgan edi: «Maktablarimizning ibtidoiy uch yilida ona tili o‘zbekcha o‘qitulsin, ondan so‘ng adabiy umumiy turk tili o‘qitulsin!» Bunlarning adabiy umumiy turk tili deganlari arabcha qatnashgan usmonlicha edi». Bu holat tabiiy ravishda jadidchilikning boshqa vakillari o‘rtasida e’tiroz tug‘dirdi. XX asr boshlarida jadidlar tomonidan yangi tipdagi maktablarning ochilishi va unda o‘qitishning yangi-yangi usullari qo‘llanishi tufayli bolalarning xat- savodini tezroq chiqarishni ta’minlaydigan yangi darsliklarga ehtiyoj tug‘ildi. Bog‘chasaroyda Ismoilbey G‘aspirali tomonidan bolalarning tez savod chiqarishini ta’minlash uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan «usuli savtiya» Markaziy Osiyo jadidlari tomonidan ham ma’qullandi. Mazkur usulning afzalligi amaliyotda tezda sezildi va u omma o‘rtasida tobora obro‘-e’tibor topa boshladi. Ana shu usul asosida savod chiqarishga bag‘ishlangan bir qancha alifbolar paydo bo‘la boshladi. Saidrasul Saidazizov 1902 yili «Ustodi avval» kitobini, Munavvarqori Abdurashidxonov esa 1907 yili «Adabi avval» kitoblarini Toshkentda nashr ettirdilar. 1917 yilga qadar o‘ndan ortiq o‘zbekcha alifbo kitoblari yaratildi. Lekin ularning ichida alifboning ichki tuzilishi va boshqa bir qator jihatlardan yuqoridagi ikki asar eng mukammali sanaladi. «Ustodi avval» 1917 yilgacha bir necha bor (deyarli har yili) nashr qilingani va keyingi bir qator mualliflarning (masalan, Abdulla Avloniy) «Alifbo» darsliklarini yaratishlariga asos bo‘lib xizmat qilgan. Binobarin, yangi tipdagi maktablar ochishda Abdulla Avloniy, Ibrat, Munavvar Qori, So‘fizoda, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Ashurali Zohiriy, Abdurauf Fitrat singari vatanparvarlar jonbozlik ko‘rsatdi. Ularning ko‘pchiligi yangi maktablar uchun darsliklar ham yozdilar. Xususan, Behbudiyning «Risolai asbobi savod», «Risolai jo‘g‘rofiyai umroniy», «Risolai jo‘g‘rofiyai Rusiy», «Kitobat ul-atfol» (1905), «Amaliyoti islom», «Tarixi islom»; Hamzaning «Qizil gul», «Pushti gul», Fitratning «Sarf», «Nahv» singari asarlari ana shunday asarlardandir. Jadidlar taraqqiyot uchun to‘siq bo‘layotgan illatlarni fosh qilish, xalqni uyqudan uyg‘otish uchun sahna asarlari yozib teatr san’atini yaratdilar. Behbudiy, Hamza singari bir qator adiblar ilk o‘zbek dramalarini yozib, ularni xalq 141 oldida o‘zlari namoyish etdilar. Dunyo voqealaridan kishilarni bahramand etmoq, kundalik hayot ikir- chikirlarini, turmush yangiliklarini el o‘rtasida yoyish uchun matbuot ham zarur edi. Shuning uchun ham jadidchilik vakillari matbuotni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdilar. Turkistonda “Taraqqiyot”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Osiyo”, “Tujjor”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Al-isloh” kabi gazetalar va “Oyna” jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Ozarbayjonda chiqadigan “Yangi hayot”, “Xo‘ja Nasriddii”, Tataristonda chiqadigan “Ong”, “Sho‘ro”, Qrimda chiqadigan “Tarjimon” kabi gazeta va jurnallar ham o‘lkada keng tarqaldi. Shu tariqa, Volga bo‘yi, Qrim, Ozarbayjon, Turkiston, Turkiya hamda Eronda adabiy va madaniy hayot jonlandi. Matbuotning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun ham qulay imkoniyat yaratdi. Avvalo, jadidlar xalqimizning ajoyib ma’naviy merosi bo‘lgan til masalasiga alohida e’tibor berdilar. Ular dastlab Ismoilbey G‘aspiralining butun turkiy olamni birlashtirish, turkiy madaniyatning eski obro‘yini ko‘tarish, umumturkiy adabiy til va adabiyotni yaratish harakatida bo‘ldilar. Ana shu g‘oya ta’sirida bir qator gazeta va jurnallarda usmonli turkcha va tatarcha unsurlar aralash bo‘lgan bir tilda maqolalar ko‘plab bosila boshlandi. Umumturkiy tilni yaratishga gazeta sahifalarida targ‘ibot kuchaydi. Matbuot tili jonli so‘zlashuvga asoslangan yangi o‘zbek adabiy tilining shakllanishiga ko‘proq xizmat qilishi mumkinligini matbuotni oldinroq yo‘lga qo‘ygan turkiy qavmlar tajribalaridan angladilar. Ashurali Zohiriy bu haqda quyidagilarni yozadi: «Tatar qarindoshlarimiz- ning hozirdog‘i til va adabiyotlarini bundan o‘n-o‘n besh yil ilgari adabiyotlariga tatbiq qilinsa, qiyos qabul qilmaslik darajada alarnnig tillarini kengaymog‘i milliy va ona tilidagi gazetalari bilan bo‘ldi. Demak, gazeta va jurnallarning dunyo ahvolidan va boshqa to‘g‘rilaridan xalqqa xabar berib turmog‘idan va boshqa ulug‘ va ko‘zga ko‘rinmaydurg‘on bir foydasi bo‘lurki, ul ona tiliniig kengaymog‘i va mukammallashmog‘idir». Jadidlarning til masalasiga alohida e’tibor berishlari bejizmas edi. Chunki til millatning eng asosiy belgilaridan biridir. Shuning uchun ham: «Qachonki, bir 142 millat tilini yo‘qotsa, o‘z dinini va millatini yo‘qotur», – deydi Ashurali Zohiriy, Behbudiy muharrirligidagi «Oyna» jurnali til masalasiga alohida e’tibor berdi. Bu davr matbuotida tilimizni ajnabiy so‘zlardan imkon qadar tozalash, o‘z tilimizni chuqur o‘rganish va unga mehr-muhabbat bilan qarashga undash bilan birga, boshqa tillarni ham, albatta, o‘rganishga da’vat etildi. Bularning hammasi o‘z navbatida o‘sha davr o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada panislomizm, panturkizm g‘oyalari paydo bo‘ldi. Milliy adabiy tilni yaratish sohasida ikki xil nazariya shakllandi: 1. Umumturkiy adabiy til nazariyasi. Bu panturkist, panislomistlar nazariyasi bo‘lib, rahbari qrimlik Ismoil Gaspirinskiy edi. U “Tarjimon” gazetasida hamma turkiy xalqlar uchun umumiy bir adabiy til yaratish g‘oyasini ilgari suradi. 2. Milliy tilni ona tili zaminida yaratish nazariyasi. Buning tarafdorlari ma’rifatparvarlar edi. Bu nazariyalar katta munozara ob’ekti bo‘ladi: 1905 yilda Butunrossiya musulmonlarining III s’ezdi Ismoil Gaspirinskiyning tashabbusi bilan turkiy xalqlar maktablarining yuqori sinflarida “yagona turkiy til” o‘qitilishini majburiy qilib qo‘yadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi “Umumturkiy til” qaysi til bo‘lishi kerak? Tatar, Ozarbayjon, o‘zbek gazetalari, jurnallari sahifalarida bu masala yuzasidan qator maqolalar bosiladi. Xususan, tatar tilida chiqadigan “Vaqt” gazetasi tatar tili turkiy xalqlar uchun yagona adabiy til bo‘lishini ta’kidlaydi. Peterburgda(tatar tilida) nashr etiladigan “Ulfat” gazetasi 1906 yil 5 iyul sonida Ali Qurqudning “Istambuldan xat” maqolasida esa usmonli turk tili "umumturk tili" bo‘lishi qayd etilgan. Bunday qarashlar Ozarbayjon va O‘rta Osiyoda nashr etilayotgan boshqa matbuot sahifalarida ham bo‘lgan. Bu yerda Vamberi aytmoqchi, umumturkiy til nazariyasini ko‘tarib chiqish bilan xalqlariing etnik chegaralarini hisobga olmay, umumturk xalqini yaratish ko‘zda tutilgan. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik ommaga tushunarli bo‘lmagan “umumtil” tez orada o‘z o‘rnini milliy tillarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Ona tili himoyasi adabiy va madaniy kurashning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Ma’lumki, chorizm vaqtida milliy til masalasi hal qilinishi mumkin emas, 143 chunki u milliy masalaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qolaversa, bu chor xukumatining Turkistonda rus-tuzem maktablari ochib, mahalliy xalqlarni ruslashtirish siyosatiga zid edi. Hatto matbuotda mahalliy tillarning "kambag‘alligi va qo‘polligi" uqtirilib, Turkiston xalqining taraqqiyoti uchun rus tilini o‘rganish lozimlligi targ‘ib qilinadi. Bularga qaramasdan, Turkistonda turkcha adabiy til deb nomlandi. “Sadoi Turkiston” gazetasi esa o‘zini turk tilidagi adabiy, iqtisodiy, ilmiy va mahalliy gazeta sifatida e’lon qildi. Ayni paytda ayrim gazetalarda “o‘zbek”, “o‘zbek tili” degan nomlar ham uchraydi. Shunday qilib, adabiy til sohasida bir xil qarashning yo‘qligi bu davr adabiy tilida turli tillarga xos xususiyatlarning o‘zlashib qolishiga sabab bo‘ldi. XX asr boshlarida vaqtli matbuoti tilining negizini asosan eski o‘zbek tili unsurlari tashkil qiladi. Shu bilan birga, jonli so‘zlashuv tili, mahalliy shevalarga xos shakllar ham asta-sekin matbuot tiliga kirib kela boshladi. Xususan, Samarkand, Buxoro shevalariga tegishli olopti, kelopti kabi shakllar Behbudiy, Fitrat asarlarida uchraydi. Usmonli turk, Ozarbayjon va tatar tillarida keng tarqalgan -jak, -ajak shakllar g‘arbiy turk tillarida chiqqan “Tarjimon”, “Sho‘ro”, “Ulfat” kabi gazeta va jurnallar orqali boshqa turkiy tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham o‘zlashgan. Masalan, 1929 yil o‘zbek adabiy tili uchun qonunlashtirilmasdan ancha ilgariyoq bu shakl matbuot tilida ishlatilgan. Hozirda ko‘pchilik tilshunoslar buni Xorazm shevalariga xos deb hisoblaydi. Shuningdek, qayd etilgan tillarga xos fe’l shakllari ham xarakterlidir. Misollar: diylar, olg‘akita, olmiy, ko‘ri yurdi, bilmam, nalar. XX asr boshlaridagi adabiy til A.Borovkov fikricha, “aralash til” edi. Bu davr tilida g‘arbiy til shakli “o‘l” va o‘zbekcha shakl “bo‘l” fe’llari parallel ishlatilgan: Bizlara na o‘ldi. 1914 yil “Sadoi Turkiston” gazetasining 18 aprel sonida XX asr boshlari ijodkorlari: Hamza, Cho‘lpon kabilarning e’lon qilingan she’rlarida ham g‘arbiy turkiy til unsurlari ishlatilganini ko‘ramiz. Masalan, Hamzaning "Vatandoshlarima xitob" she’rida bor, vor, o‘ldi, o‘lmaz, daryoya, kimsaya, sola, qoluriz kabi qator leksemalar g‘arbiy turkiy til ta’sir natijasida ishlatilgan. 144 XX asr boshlaridagi adabiy tildaToshkent, Samarqand shevalariga xos xususiyatlar mavjud: ketvatkan, keliyatdilar. Bundan tashqari, Samarkand, Buxoro dialektiga xos turlanish mavjud. Qaratqich va tushum kelishiklari uchun faqat- ni ishlatilgan: Muni sababi bizlarni o‘qimaganligimizdir. Xalqni ko‘zi. Hukumatni ruxsati ilan kabilar. Behbudiyning “Oyina” jurnalida bosilgan “Padarkush” dramasida jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi uchun -ga/-ka/ affiksi ishlatilgan: Eski maktabga o‘qiydur. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling