Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
choyxo‘rini, kirdikoringni, o‘zgalara, ko‘nglima, qilurg‘a, yuzginasiga, bo‘ydin,
oshiqidin, xiroming, zulf. Muqimiy tilida o‘g‘uzcha unsurlar ham bor. Masalan: o‘tgan zamon sifatdoshi -mish, -an shakllari, hozirgi-kelasi zamon fe’lining birinchi shaxs birligi bilmam, qilmam, ikkinchi shaxs birligi aylayur tarzida ishlatilgan: qolmish, bo‘lmish, o‘ltiran, qilan. Shu bilan birga, izofali birikmalar ham keng qo‘llanilgan: lofi donish, bemori ishq, la’li shakkor, g‘unchai afgor, To‘yi qonbachcha, Zilzilai Andijon, bechori sho‘rlik. Umuman olganda, Muqimiy mahalliy sheva va eski o‘zbek tili materiallaridan samarali foydalangan. Shu bois u til hamda uslubining ixcham, ravon, sodda, tushunarli bo‘lishiga erishgan. Ayni paytda, ijod jarayonida rus tiliga xos o‘zlashmalarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Furqat (1859, Qo‘qon - 1909, Yorkend) ning asosiy xizmati shundaki, Muqimiy singari adabiy til va uslubni so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga harakat qildi. Bunga uning “Gapning tasnifi”, “To‘y tavsifi”, “Aza tavsifi” kabi asarlari dalildir. Shoir xalq ijodi uslubiga ergashib, “olim bo‘lsang, olam seniki” maqoli asosida quyidagi she’riy parchani yaratgan: Kishikim ilmu fandin boxabardur, Xaloyiqqa baqadru mo‘tabardur. Shuningdek, arxaizmlar va o‘g‘uz tillariga xos jihatlar, diniy so‘zlar ham uchraydi: ayru, bo‘yla, taqi, tegru, qayu; cho‘x, o‘l, na, bormish, olmish; ziyorat, toat, ibodat, qiyomat, mahshar, iyd, kaliso (cherkov), butxona, chalipo (but) singari. Furqat o‘zbek adabiy tili leksikasini yangi so‘zlar bilan boyitdi: Shoir tilida ayrim so‘zlar yangi semantik xususiyat kasb etgan. Masalan, barq, doru, olmos so‘zlariga xilma-xil ma’no yuklagan: barq - elektr toki, doru - elektr tokining 134 kerakli manbai, olmos so‘zini esa lampochkaning volfram simi semasida qo‘llagan. Fonus so‘zi aslida arabcha bo‘lib, qo‘l fonarini anglatgan. Furqat esa uni “elektr lampochkasi” semasida ishlatgan: Chunonchi, ikki fonus ahli hikmat, Yasabturlar qilib izhor san’at. Yonar befilta, begugurt, be yog‘ Anga bir sim ishorat aylagay chog‘. Shu davr so‘zlashuv tilida esa fonus so‘zi umuman chiroq ma’nosida qo‘llangan. Furqat she’riyatida bir necha mavzuiy guruhga tegishli ruscha va u orqali boshqa yevropa tillaridan kirgan so‘zlar qo‘llangan. Masalan: harbiy atamalar: adyutant, genaral, afitser, soldat, matros, rota; siyosiy-diplomatik so‘zlar: komissiya, konsul, duma, siezd, manifest, zabastovka; aloqa vositalarini ifodalovchi lesemalar: tilgirof, po‘shtaxona; madaniy-ma’rifiy muassalari nomlari: uchitelskaya seminariya, gimnaziya, muziy kabi. Ruscha so‘zlarning asl lug‘aviy ma’nosi o‘zgargan holda ham uchraydi. Masalan, muzikantning fonetik o‘zgargan varianti muzikon “muzika asboblari” ma’nosida qo‘llangan: Chalindi anda har xil muzikonlar. Ayrim so‘zlar ko‘p ma’nolarda ishlatilgan: moshina - ipak ishlab chiqaradigan qurol; parovoz; pilarama singari semalarni ifodalagan. Rus so‘zlari ishtirokida yangi leksema va so‘z birikmalari ham hosil qilingan: nomerlik, zovitchi, perivoy qilgon. Shoir asarlarida leksik-semantik jarayonlar – omonim, sinonim va antonimlar kuzatiladi: yuz, ot, ol, bor; el, xalq, jamoat, do‘st, birodar, yor, oshno, tabib, hakim, kosib, hunarmand, ovora, sarson, dard, alam, javo, jabr, kulfat, savdo, g‘am, pari, jonon, sanam, yuz, chehra, bet, diydor; shodlik – g‘am, kulgi – Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling