Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
Ashurali Zohiriy (1885 – 1937) Qo‘qon rus-tuzem maktabida, keyinchalik
Qo‘qon o‘qituvchilar seminariyasida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berish bilan birga, «Sadoi Farg‘ona» (1914), «Yangi Farg‘ona» (1922 – 1928) gazetalarida adabiy xodim bo‘lib ishladi, dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolar bo‘yicha maqolalar e’lon qildi. Davrning ajoyib ma’rifatparvar olimi sifatida 1917 yili Qo‘qonda «Dorilmuallimin» pedagogika o‘quv yurtini tashkil etdi. Ashurali Zohiriy pedagogik faoliyatini jurnalistik va ilmiy faoliyat bilan qo‘shib olib bordi. Imlo masalasi Ashurali Zohiriy faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Yangi ochilgan maktablarda bolalarni imloga o‘rgatuvchi kitob bo‘lmagani sababli u 1916 yili «Imlo» kitobini yozadi. Bu kitobda ilk marta arab grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida to‘g‘ri yozish qoidalari, punktuatsion qoidalar o‘z ifodasini topdi. 20-yillarda jadidchilik vakillari arab yozuvining o‘zbek tili fonologik tizimini ifodalolmasligi, shu bilan birga, harflar shakli tez yozishni ta’minlash uchun bir qator noqisliklarga ega ekanini, shuning uchun bu yozuvni isloh qilish lozimligini bayon qildilar. 1926 yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan respublika til-imlo anjumanida Nazir To‘raqulovning Boku taassurotlari bo‘yicha ma’ruzasidan so‘ng so‘zga chiqqan Ashurali Zohiriy lotin grafikasiga o‘tish jarayonida arab yozuvida o‘z ifodasini topmagan o‘zbek fonemalari uchun maxsus harflar belgilash masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Ashurali Zohiriy garchi o‘zini «panturkist» hisoblasa ham, lekin o‘sha davrda ayrim «panturkist»lar tomonidan ko‘tarilgan barcha turkiy tillarni birlashtirish, umumturkiy tilni yaratish g‘oyasiga qo‘shilmaydi. Sof o‘zbek tilining taraqqiyoti uchun kurashadi. U o‘tkir publitsistik maqolalari bilan vaqtli matbuotda ishtirok etish bilan birga, matbuot tilining me’yorlashuvi uchun jon kuydiradi. Vaqtli matbuot tilida uchraydigan o‘zbek tili uchun yot bo‘lgan leksik birliklar va grammatik shakllarning qo‘llanishini, ayniqsa, tatar va usmonli turk tiliga xos shakllarning iste’mol qilinishini qoralaydi. Matbuot tilining tobora me’yorlashib borayotganini, lekin shunday bo‘lsa ham, ayrim gazetalar shevachilikdan va tatarcha elementlardan qutulolmayotganini, «boru», «kelu», «borsamiz», «kelsamiz», «qoraylar» singari so‘z shakllari ishlatilayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shu bilan birgalikda, so‘zlarning yozilishida xilma-xillik 150 uchrayotgani (masalan, qilalik-qilaylik-qilayluk-qiloylik; qandoq-qondoq-qanday kabi), shuning uchun ham mutaxassislar yig‘ilishib, bunday shakllardan qaysi birini tanlashni kelishib olish zarurligini ta’kidlaydi. «Qizil O‘zbekiston» gazetasining 1929 yil 29 mart sonida mubohasa tariqasida «Til va imlo masalasi» maqolasida adabiy til va jonli so‘zlashuv tili, ular o‘rtasidagi munosabat, adabiy tilning tayanch shevalari, atamalarning ahvoli va bundan keyingi istiqbollari, imlo muammolari haqida fikr yuritadi. Adabiy til muayyan qoidalarga, me’yorlarga bo‘ysunishi, jonli tilning esa erkinligiga ishora qilinadi. Barcha gazeta, jurnal, badiiy va ilmiy asarlar adabiy tilda yozilishi, ayni paytda, jonli tilning ham o‘z adabiyoti borligi – bu adabiyot xalq adabiyoti deyilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Adabiy tilning jonli tilga tayanishi, undan oziqlanishi lozimligini, XV asrdan to XX asr boshlarigacha bo‘lgan o‘zbek adabiy tilida bu munosabat buzilganini, adiblar tomonidan jonli so‘zlashuv tili «qo‘pol til», «ko‘cha tili» sanalib, «adabiy tilni unga yaqinlashtirish kamchilik, xalq tilida yozishlik qo‘pollik deb e’tiqod etilganini», bu tilda arabiy, forsiy elementlar juda ko‘p qo‘llanganini, shuning uchun «chig‘atoy (o‘zbek) adabiyoti usmonli adabiyoti singari xalqdan uzoqlasha boshlagani, oddiy xalq uni anglay olmog‘oni, faqat o‘qumishli, ziyoli sinf anglay oladurg‘on bo‘lg‘oni»ni qayd etadi. XX asr boshlaridagi adabiyot tili jonli tilga ancha yaqinlashib, hamisha muvaffaqiyatga erishgani, shunga qaramay, adabiy til birligida ba’zan «boshvoqsizlik» kuzatilayotgani, shu bois adabiy til muayyan shevaga tayanishi lozimligini bayon qiladi. Ana shunday tayanch sheva sifatida Farg‘ona shevasini tavsiya etadi. Buning bosh sababi sifatida «bu kungi o‘zbek adabiyotining tili (undagi ba’zi bir mahalliychilikni e’tiborga olmaganimizda) Farg‘ona shevasining o‘zi» ekanini ko‘rsatadi. Uning fikricha, turmushga kirib kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalamoq uchun «o‘z tilimizning boyligidan foydalanmoq»ni tavsiya etadi. «Agar bundoq so‘zlar u tilda topilmasa, ovrupocha, arabcha, forsiychadan olmoq» lozimligini uqtiradi. Masalan, telegraf, avtomobil, zavut, fabrika singari singib ketgan so‘zlarni «o‘z holiga qo‘yib, parovoz o‘rniga o‘txona, elektr o‘rniga simchiroq, geografiya o‘rniga yer biligi, astronomiya o‘rniga yulduz biligi, gidrologiya va gidrografiya o‘rniga suv biligi, petrografiya 151 o‘rniga tosh biligi, aerografiya o‘rniga havo biligi, mineralogiya o‘rniga ma’dan biligi, botanika o‘rniga o‘simlik biligi, agronomiya o‘rniga ekin biligi singari atamalarni qo‘llashga da’vat etadi. Morfologik jihatdan -di, -dir, -dan qo‘shimchalari jarangsiz undosh bilan tugagan asosga qo‘shilganda -ti, -tir, -tan holida talaffuz qilinsa ham, shakliy tamoyil asosida di, -dir, -dan shaklini yozish me’yorlashtirilishi kerakligi bayon qiladi. Ashurali Zohiriy o‘zbek tilida singarmonizm mavjudligini e’tirof etadi. Lab ohangi, garchi qirg‘iz tili darajasida bo‘lmasa ham, ma’lum darajada borligi, lekin uning qo‘shimchalarga ta’sir qilmasligi, ana shu belgini ayrim omofonlarni yozishda farqlovchi belgi qilish lozimligini ko‘rsatadi. Masalan, urush (ot, yasama so‘z) – urish (fe’l), o‘rum (birinchi o‘rum beda) – o‘rim (xandagim) kabi. Lekin - dir, -tir, -lik affikslarini lab unlisi qatnashgan asosdan so‘ng -dur, -tur, -luk (o‘qutur, tugukluk) tarzida yozishni taklif etgan Qayum Ramazon fikriga e’tiroz bildiradi va qo‘shimchalarga lab garmoniyasining ta’siri yo‘qligini e’tiborga olib, morfologik tamoyil asosida doim -dir, -tir, -lik holida yozishni tavsiya etadi. Ashurali Zohiriy to‘qqizta unli mavjudligini, lotin alifbosida ham ana shu to‘qqizta unli uchun harf olinishi kerakligini aytadi. Xullas, Ashurali Zohiriy davrining zabardast ziyolisi sifatida o‘zbek tilining bir qator amaliy masalalarini hal qilishda faol ishtirok etdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling