Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Savol va topshiriqlar 


121 
 
1. 
XVII-XIX asrlarda yaratilgan qaysi adabiy manbalarda Alisher 
Navoiy an’anasi davom ettirilgan. 
2. 
Bu davrning dialektal murakkabligi nimadan iborat? 
3. 
Abulg‘oziy Bahodirxon asarlarining o‘rganilishi borasida to‘xtalib 
o‘ting. 
4. 
Abulg‘oziy Bahodirxon asarlarining fonetik va morfologik 
xususiyatlarini bayon eting. 
5. 
Turdi Farog‘iy asarlarida o‘g‘uz tillariga xos jihatlarning ifodalanishi. 
6. Munis Xorazmiy asarlarining xarakterli lisoniy xususiyatlarini tavsiflang. 
7. “Zarbulmasal”da jonli so‘zlashuv tiliniing aks etishi haqida ma’lumot 
bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдулхайров М. «Девони Мунис» тилининг лексик қатламлари.
Филол. фан. ном . дис. -Т., 1996.
2. Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Т.: Ўзбекистон, 
1994.
3. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. 
Ўқитувчи, 1995. 
4. Турдибеков М. Абулғозий Баҳодирхоннинг «Шажарайи турк» асари 
ономастикаси. Фил. фан. ном. дисс. -Т., 2001. 
5. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 
Ўқитувчи, 1995.
11-MAVZU: XVII-XIX ASRLARDA YАRATILGAN LUG‘ATLARNING 
ADABIY TILNI ME’YОRLASHTIRISHDAGI O‘RNI 
 
Reja 
1. “Badoyiul lug‘at” – o‘zbekcha - forscha lug‘at 
2. “Abushqa” – o‘zbekcha - turkcha lug‘at 


122 
3. “Kelurnoma” – o‘zbekcha - tojikcha lug‘at 
4. Sangloh” lug‘ati va o‘zbek adabiy tili 
5. “Muhammad Rizoning “Muntahabul lug‘at” asari 
6. Kojariy lug‘atining leksikografik xususiyatlari 
 
O‘zbek tilshunosligida lug‘atchilik ishi katta tarixga ega. Navoiyning 
lug‘atchilik va grammatika sohasidagi yarim asrlik tajribasi “Muhokamat-ul 
lug‘atayn”da umumlashdi. So‘ngra Navoiy davrida va undai keyin ham Navoiy 
asarlarining tili haqida bir qancha lug‘atlar va grammatikalar tuzildi. Shunday 
lug‘atlardan biri “Badoe’ul - lug‘at” (nafis so‘zlar yoki ajoyib lug‘at) - Alisher 
Navoiy asarlariga tuzilgan birinchi turkiy-forscha qomus hisoblanadi. Ya’ni turkiy 
so‘zlar fors tilida izohlanadi. Har bir so‘zning tovush tuzilishi, ma’nosi grammatik 
xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. U Husayn Boyqaro farmoni bilan 1500 
yillarda, Navoiy hayotligida Toli Imon Hiraviy tomonidan tuzilgan. Lug‘atning 
ikki nusxasi ma’lum. Biri Eronning Sipohsolar kutubxonasida, ikkinchisi, Sankt- 
Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Lug‘atning Sankt - Peterburg 
shahridagi qo‘lyozmasi 1750 yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, 1960 yilda A.Borovkov 
tomonidan nashr qilingan. 
Muallif lug‘at tuzishda o‘rta asr qomuschiligining eng yaxshi an’analaridan 
foydalangan. Har bir so‘z haqida uch xil ma’lumot qoldirilgan: 1) so‘zning tovush 
tuzilishi; 2) uning ma’nosi; 3) grammatik xususiyati. Undan so‘ng etimologik izoh 
o‘rin olan. Masalan, adash so‘zining etimologiyasi haqida gapirilib, aslida addash 
bo‘lgani, keyinchalik bir “dol” tushib qolgani ta’kidlanadi.
Ilmiy jamoatchilik o‘rtasida asarning ilk so‘ziga asoslanib, “Abushqa” 
(keksa, qari) nomi bilan yuritilgan lug‘atning o‘ndan ortiq nusxalari ma’lum bo‘lib, 
ularning eng qadimgilari chet elda saqlanadi. Lug‘atning 1552 yilda kitobat 
qilingan Vena nusxasidan foto ko‘chirma olingan. Shunga asoslanib, mazkur lug‘at 
XVI asr boshlarida tuzilgan deyish mumkin. Fotonusxadan ma’lum bo‘ladiki, 
qo‘lyozma to‘liq va yaxshi saqlangan. Lug‘at yirik nasta’liq xatida yozilgan. Hajmi 
201 varaq, ya’ni 402 betdan iborat. Asarning Tehron nusxasi Malak kutubxonasida 


123 
saqlanadi. Lug‘at muallifi Mustafo Sodiq. Lug‘atni 1869 yilda Velyaminov-Zernov 
nashr qilgan va unga fransuz tilida so‘z boshi yozgan.
Lug‘atda 2000 so‘z bo‘lib, bular asosan Navoiyning badiiy, ilmiy va tarixiy 
asarlaridan olingan. Tushunarsiz har bir so‘zning leksik va ko‘chma ma’nolari 
Navoiy g‘azallari va dostonlaridai keltirilgan misollar bilan turkiyda izohlanadi. 
Har xil grammatik shakllardagi so‘zlar alifbo tartibida beriladi: ikov, ikagu, ikavla, 
ikalamiz; bo‘lg‘acha, bo‘lg‘ucha, bo‘lguncha, to‘rtta, to‘rtala, to‘rtovla, to‘rtalasi.
Lug‘atda so‘z ma’nosi, asosan, 2 xil usulda ochib berilgan. Birinchisida 
lug‘atshunos so‘z ma’nosini bir so‘z bilan lo‘nda ifodalaydi. Chunonchi, ko‘kumtul 
leksemasi “ko‘m-ko‘k” deb izohlangan. Ikkinchisida so‘z ma’nosi tushuntirish 
yo‘li bilan ochib berilgan: qirov - qirag‘u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila 
havodan yera dushar, yeri ag‘arduri. Asardagi leksemalar birinchi bo‘g‘indagi 
unlilarning xususiyatiga muvofiq uch bobga bo‘linadi. Bunda unlilarning maxsus 
harflar bilan ifodalanishi yoki berilmasligi ahamiyatsiz.
A. Barovkov “Abushqa”ni “Badoe’ul - lug‘at”ning qayta ishlangan varianti, 
- deb yozadi. Bunda olim ularning biri-biriga yaqinligini nazarda tutadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling