Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
xay-xay yig‘lamaq so‘zlari «yig‘lamoq» birlashtiruvchi sememasi bilan bir
paradigmaga mansub bo‘lsa ham, lekin ularning har qaysisi yig‘lashning xilma-xil ko‘rinishlarini ifodalaydi. Xususan, yig‘lamsinmaqqa «dard bilan yashirin ohista yig‘lash» belgisi bilan farq qiluvchi ingramak va singramakni zid qo‘yadi: Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak. 3. Mutafakkir ta’kidicha, she’riyatda omonimlarning o‘rni katta. Jumladan, tüz I – o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa, tüz II – tekis joy, tüz III – to‘g‘ri kishi, kök IV – cholg‘uni sozlamoqqa amr, kök V – ikki kishini yarashtirish. Yoki kök I – osmon, kök II – ohang, kök III – ko‘klamzor, kök IV – bo‘yoq, kök V – maysa, ko‘kat va hokazo. 4. Asarda yegulik, ichimlik, qarindoshlik atamalari, madaniy-maishiy so‘zlar, zoonimlar, kiyim-kechak, kasb-hunar otlari har ikki tilda qanday nomlanishiga e’tibor qaratilgan. Masalan, sartlar aka va ukani birgina birodar, opa hamda singilni xohar so‘zi bilan ifodalaydi. Turklar esa ag‘a va ini, egachi hamda singil tarzida qo‘llaydi. Shuningdek, turklar kiyikning erkagini xo‘na, urg‘ochisini qilchaqchi, suyqunning erkagini bug‘u, urg‘ochisini maral der, sart esa ahu va gavazn deydi, xolos. Qushlar ichida aniq va mashhuri ilbasun hamda o‘rdakdir. Sart uning o‘zini bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini so‘na, urg‘ochisini bo‘rchin deydi. sartlar esa ularning ikkalasini bitta murg‘obi so‘zi bilan ifodalaydi. Qushchilar o‘rdakning turlarini yaxshi biladilar: cho‘rka, erka, suqsur, almabosh, chaqirqanat... bular yetmishta. Sart barchasini murg‘obi deydi. Ularni farqlash ehtiyoji tug‘ilsa, turkcha nomlaydilar. Bundan tashqari, otning o‘n uchta nomi va ularning bir-biridan farqi ko‘rsatilib, sartlarda bunday atamalar yo‘qligi, turkchadan foydalanishi 99 ta’kidlanadi. Oziq-ovqatning ham yigirmata turi qayd etilib, ular sartlarda yo‘q ekanligini aytiladi. 5. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o‘zbek tilining so‘z yasalish borasidagi boy imkoniyatini namoyish qilib, o‘zbek adabiy tilining grammatik me’yorlarini belgilashda ham samarali ishlagan. Bu ixcham grammatik normalar orqali yangi so‘zlar hosil qilish, yangi ma’no ifodalashga e’tibor bergan. Xususan, -chi yasovchi vositasining imkoniyati kengligi, asos qismga qo‘shilib, bu qismning ma’nosi bilan bog‘liq turli shaxs otlarini hosil qilishini bayon qiladi: qushchi, qo‘ruqchi, tamg‘achi, jibachi, yo‘rg‘achi, kemachi, qo‘ychi, qazchi, quvchi, turnachi, kiyikchi. Yana -vul affiksi yordamida shaxs oti hosil bo‘lishini ko‘rsatadi: xiravul, qaravul, chingdavul, yankavul, so‘zavul, patavul, kiptavul, yasavul, bakavul, jig‘avul, dakavul. Shuningdek, ot yasovchi -l affiksi ham mavjudligini bayon qiladi: qahal, yasal, qabal, tunqal, to‘sqal, suyurg‘al. 6. Fe’lning birgalik darajasi -sh (shin) harfi bilan hosil qilingan: chapishmaq, tapishmaq, quchushmaq. Bu me’yor hozirgi o‘zbek tilida ham faol qo‘llanadi. Fe’lning orttirma darajasi -t affiksi bilan yasalgan: yugurt, qildirt, chiqart. Navoiy asarlarida – g‘ach, -gach affiksi ketma-ketlik, uzluksizlik ma’nolarida qo‘llanilgan: aylag‘ach,yetgach kabi. Mazkur qo‘shimcha hozirgi adabiy tilida payt ma’nosini ham bildiradi. Ravishdoshning -gan shakli (tegach, aytgach, barg‘ach, yarg‘ach, tapqach, satqach) fe’lga qo‘shilib, uning ma’nosiga «sur’at yo‘sunluq» bir ma’no yuklagan. 7. Harakatni bajarishga tayyorlanish, intilish kabi ottenkalar ravishdosh yasovchi -dek, sifatdosh yasovchi -g‘u//-ku//-gu//-ku affikslari bilan ifodalanadi: barg‘udek, urg‘udek, aytgudek, so‘rg‘udek kabilar. Shuningdek, yetakchi fe’lga ko‘makchi fe’llar qo‘shilib, unga qo‘shimcha ma’no yuklashini aytadi: bila ko‘r, qila ko‘r, keta ko‘r, yeta ko‘r kabi. 8. «Muhokamat-ul-lug‘atayn»da turkiy xalq va qabilalar, qavmlar tili, Movarounnahr va Xurosondagi irqiy hamda shevaga xos manzara alohida tilga olingan. Yetmish ikki til, yetti iqlimning har birida necha mamlakat va viloyat borligi, har qaysi mamlakatda qancha shahar, qasaba (qishloq), kent mavjudligi, bu 100 joylarda, dashtlarda, orollarda, daryo sohillarida turli ulus va qabilalar yashashi, turkiy tillar, turkiy lahja hamda shevalar to‘g‘risida qayd etiladi: “Agar mubolag‘asiz ijmol yuzidin qalam surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa, yetmish ikki nav’ bila taqsim toparida, xud hech so‘z yo‘qturki, yetmish ikki firqa kalomig‘a dalolat qilg‘ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurkim, rub’i maskunning yetti iqlimidin har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahar va qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishin ulus va har tog‘ning qo‘llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va savohilida ne tavoyif bor. Har jamoat alfozi o‘zgalaridin va har guruh iborati yonalaridin mutag‘ayyir va bir necha xususiyat bila mutamayyizdurki, o‘zgalarda yo‘qtur”. Asarda umumiy tarzda zikr etilgan ulus, qabila, jamoat va guruhlarning qaysi qabila, urug‘, xalqqa mansubligi ochiq ko‘rsatilmasa-da, shoir asarlari tilining tahlili bu masalaga oydinlik kiritishga ko‘maklashadi. Ilmiy izlanishlardan ayyon bo‘ladiki, mutafakkir asarlarida qarluq, o‘g‘iz va qipchoq lahjalariga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Sir emaski, Navoiyga qadar adabiy tillarda yuzaga kelgan bo‘lib, ular biri-biridan farq qilar edi. Navoiy dahosining qudrati shunda kuzatiladiki, u o‘zining amaliy-badiiy faoliyati bilan turli til, lahja va shevalarga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarni umumlashtirdi, muayyan me’yorga solib, sayqallashtirdi. Shu tariqa, yagona adabiy tilga asos solib, uni yuqori cho‘qqiga olib chiqdi. Kezi kelganda aytish kerakki, bu til Xitoydan Xurosongacha bo‘lgan katta xududda yashovchi barcha turkiylar uchun adabiy til vazifasini o‘tagan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling