Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI 
 
 
 
 
BAXTIYOR ABDUSHUKUROV 
 
 
 
O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI 
 
 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
 
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2020 



 
 
 
“O‘zbek adabiy tili tarixi” o‘quv qo‘llanmasi 5120100 – Filologiya va 
tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga 
mo‘ljallangan. Unda qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha yaratilgan badiiy, 
tarixiy, ilmiy, leksikografik asarlar tiliga xos xususiyatlar, o‘zbek adabiy tilining 
taraqqiyot bosqichlari, adabiy til rivojiga ijtimoiy-tarixiy voqealarning ta’siri 
masalasi, adabiy til uslublari haqida so‘z boradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmani 
yozishda o‘zbek tili tarixi bo‘yicha to‘plangan tajribalar, mavjud qo‘llanma va 
kitoblardagi materiallardan foydalanildi. 
 
Mas’ul muharrir: H.Dadaboev, filologiya fanlari doktori, professor
 
 
Taqrizchilar: Q. Omonov, filologiya fanlari doktori, professor
T. Tog‘ayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
 
 
 



KIRISH 
 
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun 
milliy o‘zligimiz, mustaqil davlatchiligimiz timsoli, buyuk qadriyat sanaladi. Xalq 
og‘zaki ijodi namunalari, ming yillik dostonlarimiz, alla va laparlarimiz hamda 
yozma manbalarimiz buning yorqin dalilidir. Qolaversa, o‘zbek tilining tarixi 
xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, ajdodlarimiz ona tilimiz 
orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy 
durdonalar yaratganlar. 
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z 
milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy 
qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor 
ahamiyat qaratishi tabiiydir. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro 
miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni 
vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy 
merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy 
etishni ta’minlash dolzarb masalalardan sanladi. Shu ma’noda, O‘zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-mayda imzolangan “Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilganidek.
“O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida 
maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash 
tabiiydir. Shu borada Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, 
Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va 
qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz.
O‘zbek adabiy tili, ayniqsa, XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar 
davrida rivojlanishning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va 
mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin 



olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun 
dunyoga tarannum etdi. Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, 
Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adib va 
allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, 
uning go‘zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo‘lganini ta’kidlash lozim

1
.
“O‘zbek tili tarixi” fani o‘z ichiga “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilining 
tarixiy grammatikasi” va “O‘zbek adabiy tili tarixi” kabi qismlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Bu uchala predmet ichki xususiyatlari bilan bir-biriga bog‘liq 
bo‘lishiga qaramasdan, tekshirish ob’ektlarining o‘rganish usullari jihatidan 
farqlanadi. «Qadimgi turkiy til» kursida barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak 
sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va grammatik 
xususiyatlari o‘rganiladi. “O‘zbek tilining tarixiy grammatika”si tilning fonetik 
tizimi, grammatik strukturasi rivoji bilan qiziqadi. Til hodisalarining ijtimoiy 
jarayonlar bilan munosabati, uslublar taraqqiyoti va uning turli ko‘rinishlari, til 
me’yorlari kabi masalalarni “O‘zbek adabiy tili tarix” predmeti tekshiradi. Bu kurs 
til taraqqiyotini xalq tarixi bilan bog‘liqlik holda yoritib beradi. Adabiy tilda yuz 
beradigan o‘zgarishlar u yoki bu darajada xalqning moddiy va ma’naviy 
hayotidagi o‘zgarishlar bilan aloqador. Mazkur predmet yuzasidan A.Aliev, 
Q.Sodiqovlarning “O‘zbek adabiy tili tarixidan” (1994) o‘quv qo‘llanmasi, 
J.Muxtorov, U.Sanaqulovlarning “O‘zbek adabiy tili tarixi” (1995) o‘quv 
qo‘llanmasi, U.Tursunov, B.O‘rinboev, A.Alievlarning “O‘zbek adabiy tili tarixi” 
(1995) darsligi e’lon qilingan. Biroq qayd etilgan farmonda belgilab berilgan 
vazifalar mazkur adabiyotlarni boshqatdan ko‘rib chiqishni, qadimgi davrlardan 
XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan yozma manbalar tili va o‘zbek 
adabiy tili tarixini yangicha yondashuvlar asosida o‘rganishni taqozo etadi. 
Qolaversa, bu hozirgi kunda o‘zbek tili va adabiyoti, folklori tarixi, rivojlanish 
istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish, o‘zbek tilining o‘ziga 
xos jihatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal o‘quv adabiyotlari, turli mavzu va 
1
“Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш 
тўғрисида”ги Фармон. 2016 йил 13 май. – Б. 1. 



yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at hamda qomuslar, risola, darsliklar yaratish singari 
dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling