Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
Chig‘atoy atamasi mo‘g‘ullar istilosidan keyin paydo bo‘lgan. Chunki
Chingizxon vafotidan oldin bosib olgan o‘lkalarni o‘g‘il va nabiralariga taqsimlab bergan edi. Shunga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Shimoliy Afg‘oniston o‘rtancha farzandi Chig‘atoygacha berilgan. Uning hududlariga qaraydigan yerlar chig‘atoy yurti, elatlar esa chig‘atoy ulusi, mazkur territoriyada yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar asta-sekin, davrlar o‘tishi bilan chig‘atoy adabiyoti, uning tili sun’iy ravishda chig‘atoy tili nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Shu o‘rinda aytish joizki, Chig‘atoy adabiyoti atamasi o‘zbek mumtoz adabiyoti, Chig‘atoy tili, chig‘atoy turkiysi atamasi eski o‘zbek adabiy tili o‘rnida ishlatilgan. G.Blagovaning yozishicha, bu atama dastlab XIII-XIV asrlarda Chig‘atoy sulolasi (turk-mo‘g‘ul), davlat hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. 2 Абуший Хасан Ато. Туркий қавмлар тарихи. - Т.: 1995. 19 Keyinchalik, XIV asrda Mavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusi, XVI asrdan boshlab, Mavoraunnahrdagi turkiy va forsiy aholiga nisbatan qo‘llangan 3 . Chig‘atoy nomi hozir ham respublikaning turli yerlaridagi joy, suv nomlarida, kishilar ismida saqlangan: Chig‘atoy oqtepa, Chig‘atoy ko‘chasi, Chig‘atoy mahallasi, Chig‘atoyxon, Chig‘atoev, Chig‘atoynisa. Mavlono Lutfiy o‘z devoniga kirgan bir g‘azalda Chig‘atoy so‘zini Toshkent viloyati yoki Turkiston eli ma’nosida ishlatgan: Sendek sanamni ko‘rmadi Lutfiy Chig‘atoyda Chin so‘yla Xito ho‘blariga ne bo‘lursen deb. Navoiy «Chor devon»ida chig‘atoy, jo‘ji atamalari urug‘, qabila nomlarini bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turkiy qavm jo‘jidur, inoq, chig‘atoy». Binobarin, XV-XVI asrlarda bu nomning ijtimoiy-siyosiy vazifasi kengayib, butun Mavoraunnahr hududini, uning xalqi (chig‘atoy eli va ulusi) va tili (chig‘atoy turkiysi)ni ifodalay boshladi. Jumladan, Muhamad Solih “Shayboniynomasi”da: Chig‘atoy el meni o‘zbek demasun, Behuda fikr qilip g‘am yemasun. “Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Chig‘atoy, Chig‘atoy diyori nomlari qo‘llanilgan. XVI asrda yuz bergan temuriylar saltanatining inqirozi va Mavoraunnahrda shayboniylar hokimiyatining barpo etilishi, o‘zbek- qipchoqlarining bu o‘lkaga kirib kelishi oqibatida ushbu atama asta – sekin iste’moldan chiqa boshladi 4 . Venger sharqshunosi H.Vamberi “chig‘atoy tili” atamasi ostida XII asrda tashkil topib, XIX asrgacha keng ishlatilgan adabiy tilni tushungan. V.Radlov, P.Melioranskiy kabi olimlar esa bu atamaning qo‘llanish doirasini XIV-XVI asrlar deb chegaralaydi. A.Samoylovich chig‘atoy tilining tarixini besh asrga uzaytiradi: 1. Chig‘atoy adabiy tilining oltin davri (XV-XVI asrlar). 2. Chig‘atoy adabiy tilining inqirozi (XVII-XVIII asrlar). 3 Благова Г. Тюркское склонение в ареально-историческом освещении. –М., 1982. – С. 155-156. 4 Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. – Б. 37. 20 3. Chig‘atoy adabiy tilining qayta jonlanishi (XVII-XVIII asrlar). V.Reshetov qayd qilganidek, eski o‘zbek tiliga nisbatan “chig‘atoy tili” atamasini hatto shartli ravishda ham qo‘llab bo‘lmaydi. Mazkur atama Abulg‘ozi Bahodirxon, Radlov, Sherbak yozganidek, “sun’iy til”, nisbiy atamadir. Chunki chingiziylar Mavoraunnahr xalqlari madaniyati, tilida sezilarli iz qoldirgan emas. Qolaversa, bu o‘lkada faqat turkiylar yashagan. Aksincha, turkiy xalqlarning chingiziylarga ta’sir kuchli bo‘lgan. Masalan, XIII asrda yashab o‘tgan yevropalik sayyoh Gilom Rubrikning yozishicha, Chingizxonning buyrug‘i bilan turkiy (ba’zi manbalarda uyg‘ur) yozuv asosida mo‘g‘ul xati yartilgan. Yana bir ma’lumot: Nosiruddin Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” asarini islom dinini qabul qilgan, mo‘g‘ul beklaridan bo‘lgan Nosiruddin To‘qbug‘abekning iltimosiga binoan hijriy 709-710 (milodiy 1309-1310) yillarda bitganini yozadi. Bu chingiziylar hukmronligi davom etayotgan bo‘lsa ham Volga bo‘ylaridan to Xitoy chegaralarigacha cho‘zilgan ulkan hududda mo‘g‘ullar qanday turkiylashayotganini va islom ta’limotini turkiy tilda «o‘qimoqqa keraklik, o‘rganmakka yarog‘liq» kitoblar orqali qabul qilib musulmon bo‘layotganini ko‘rsatadigan tarixiy dalildir. Shunday ekan, Mo‘g‘ullar istilosidan ancha ilgari shakllanib, tarqqiy etgan xalq, til va adabiyotni chig‘atoy nomi bilan bog‘lashga hech qanday asos yo‘q. O‘zbeklarning o‘troq qismi XVI asrgacha turk nomi bilan yuritilib kelgan, undan keyin ularning ma’lum qismi – shahar aholisi sart deb ataladigan bo‘ldi. XVI asrdan boshlab, Chirchiq, Ohangaron, Qoradaryo va Norin daryosi vodiysida yashovchi aholi, ularning qaysi tilda so‘zlashishidan qat’iy nazar sartlar deyilgan. Bundan so‘ng Zarafshon vodiysi va Xorazm vohasidagi o‘troq dehqon-kosib hunarmand aholi ham sart nomi bilan yuritgan. Demak, sart atamasi etnik ma’noni emas, kishilarning kasbi, xo‘jaligi, turmush tarzini anglatgan. Sart atamasi birinchi marta Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida uchraydi. Negu ter eshit emdi sartlar bashi (DTS,490). Sart atamasi aslida sanskrit tilidan olingan bo‘lib “karvonboshi, savdogar, shaharlik ma’nolarini anglatgan. Bunda sartlar alohida guruh bo‘lib, ularning boshliqlari ham bo‘lgani xususida gap 21 boradi. “Devonu lug‘otit turk”da “savdogar” semasida kelgan: sartning azuqi arig‘ Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling