Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
Adabiy til tarixini shakllangan, so‘z ustalari tomonidan qayd qilingan,
sayqal berilgan, me’yoriy va jamiyatda kishi faoliyatining hamma sohalari bilan bolangan badiiy-publitsistik, ilmiy adabiyot tilidir. Boshqacha qilib aytganda, adabiy til barcha o‘zbeklar uchun namuna bo‘ladigan, umumxalq tilining eng yaxshi ifoda-imkoniyatlarini o‘zida mujassamlagan tildir. O‘zbek xalqi madaniyati tarixi taraqqiyotida o‘zbek adabiy tili mahim rol o‘ynagan. O‘zbek (turkiy) adabiy tilida davrlar osha bitilgan badiiy, tarixiy, ilmiy yodgorliklar umumxalq tilining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida saqlagan va xalqimizning qadimgi madaniyatini aks ettirgan obidalar hisoblanadi. Adabiy tilning ikki xili – og‘zaki va yozma shakli mavjud. Adabiy tilning og‘zaki shakli qadimiy bo‘lib, qadimgi qo‘shiqlar, dostonlar, ertaklar, latifalar, maqollar, topishmoqlar shu shaklda yaratilgan va og‘izdan-og‘izga o‘tib sayqallashgan. O‘zbek adabiy tili yozma shaklining shakllanishi va rivojlanishi yozuvning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Biroq har ikkala shaklni ham bir-biridan ajratilgan holda tekshirishi lozim. Chunki yozma adabiy til bilan og‘zaki adabiy til uyunlikda rivojlanadi. Aks holda, adabiy tilning shakllanishini o‘rganish qiyin kechadi, o‘rganib bo‘lmaydi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida yozma adabiy til bitig so‘z deb atalgan. Ushbu atamadagi bitig – “yozma, yozilgan, bitilgan” ma’nosida, bitig so‘z esa hozirgi tilshunoslikdagi “yozma til, adabiy til” tushunchasini ifodalaydi. Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatul haqoyiq” asarida “nutq” ag‘iz til tarzida qayd etadi. Mazkur birikma “og‘zaki til”, ya’ni “nutq” semasini anglatadi: Ag‘iz til bezagi ko‘ni so‘z turur. Ko‘rinadiki, yozma, adabiy til bilan nutq qadimdan farqlangan. Bundan tashqari, “Qutadg‘u bilig” dostonidagi turkcha, bug‘raxon Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling