Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
tili, xon tili, “Devonu lug‘otit turk”dagi turk tili, xoqoniya tili, xoqoniya
turkchasi, “Hibatul haqoyiq” uchragan kashg‘ar tili atamalari qorahoniylar davri- dagi adabiy tilning nomlari hisoblanadi. 9 “Adabiy til” va “badiiy adabiyot tili” atamalari bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lishi bilan birga hamma vaqt ham mos tushmaydi. Badiiy adabiyot tili umumxalq tili taraqqiyot qonunlariga bo‘ysunadi, matbuot tili hisoblangan adabiy tilga va so‘zlashuv tili bo‘lgan jonli tilga asoslanadi. Qaysiki, yozuvchi hayotiy voqealarni tasvirlaganda, obraz yaratganda, adabiy til ifoda vositalardan jonli tildagi sheva shakllardan, kasb-hunarga xos atamalardan ham keng foydalaniladi. Binobarin, badiiy adabiyot tili adabiy tilga qaraganda keng qamrovlidir. Umumxalq tili taraqqiyotning barcha davrlarida mavjud bo‘lsa, milliy til ma’lum zamonga xos. Darhaqiqat, milliy tilning shakllanishi millat va unga tegishli bo‘lgan til birligining yuzaga kelishi bilan bog‘liq. U adabiy til rivojining so‘ngi davriga mansub. Umumxalq tilining turlari sanalgan adabiy til va milliy til uchun sheva, dialektlar asosiy manbadir. Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o‘ziga xos uslublari mavjud bo‘ladi, chunki adabiy til uslublar tizimidan tashkil topadi. Shunga ko‘ra adabiy til tarixi uslublar tarixini qamrab oladi. Uslub - tilning tarixan tarkib topgan bir ko‘rinishi bo‘lib, o‘ziga xos tarkibi, birikish xususiyati va nutq vositalarini ko‘llash qonuniyatlari bilan ajralib turadi. Shu jihatdan dastlab funksional uslublarni ko‘rsatish mumkin. Bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilish doirasi, bu uslublarining ijtimoiy ko‘llanilish sohalari bilan bog‘langan. Jumladan, hozirgi o‘zbek adabiy tilining publitsistik yoki professional-texnik uslublarida boshqa funksional uslublarda bo‘lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyati hamda ishlatilish soxasining o‘zi xos xususiyati bilan bog‘langan. Funksional uslublar bilan bir qatorda individual uslublar ham bor. Bu uslublar tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif o‘z individual nuqtai nazari va didiga mos ravishda tilning sinonimik ifodavositalarini tanlab oladi. Individual uslublar asosan badiiy asarlar tilida qo‘llaniladi, unda qayta uslubiy bo‘yoq oladi, turli janrlarga va adabiy-badiiy yo‘nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu, o‘z navbatida, badiiy asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini varqlash zarurligini ham keltirib chiqaradi. Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so‘zlashuv tilidan tanlab 10 olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o‘rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o‘z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi. Yozuvchi uslubi yoki yozish uslubi, muallif tomonidan tanlab olingan til vositalarini ishlatish undan foydalanish usulidir. Yozuvchi uslubini o‘rganishda uning eng yaxshi individual ta’sirchan va obrazli ifodalar yaratishda tanlab olgan umumtil vositalaridan qanday foydalanishga ko‘proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi uning dunyoqarashi, adabiy- badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g‘oyaviy yo‘nalishi va muallifning individual badiiy g‘oyasiga asoslagan yozish uslubidir. Shuni qayd qilish kerakki, adabiy til tarixiga nisbatan til uslublari masalasi tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralishi zarur. Chunki, til uslublari tarixiy kategoriyadir. Adabiy til uslublari jamiyatning rivoji bilan turli xil bo‘lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida har bir asar nutq tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Adabiy til uslubi taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajralgan holda qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo‘llanishi normalari asar janri bilan mustahkam aloqadadir. Shuning uchun ham adabiy tilning uslublarini klassifikatsiya qilganda, uning janr xususiyati hisobiga olinadi. Janrlarga qarab adabiy tilning uslublarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin. 1. Adabiy-badiiy uslub. Nazmiy va nasriy asarlar uslubi. 2. Ilmiy bayon uslubda. Bu fan sohalarining xususiyati bilan bog‘liq ravishda bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi. Tibbiy fanlar uslubi bo‘linadi). 3. Ijtimoiy-publitsistik uslub, ya’ni ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan asarlar (maqolalar, ocherklar) uslubi; 4. Ishlab chiqarish-texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar uslubi kiradi. 5. Rasmiy xujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Qonunlar, har xil buyruqlar farmonlar, ish yuritishi xujjatlarining uslubi. 6. Adabiy tilning alohida slub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga doir maktub uslubini ko‘rsatish mumkin. 11 Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari ham o‘zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilish va keng iste’molda bo‘lgan «betaraf» so‘zlar umumiy bo‘lib qoladi. Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida uslublar o‘zgarib boradi. Adabiy til uslubi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat tilning fonetik, grammatik va leksik unsurlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so‘zlar borki, ular adabiy tilning barcha uslublarida qatnasha oladi. Bu kabi so‘zlarni ilmiy adabiyotlarda stilistik neytral so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o‘tirmoq, bormoq. Bunday umumiylik leksikada chegaralangan bo‘lsa, fonetik va morfologiyada deyarli chegaralanmagan. Til tarixini o‘rganishdagi muhim masalalardan biri davrlashtirish-dir. Davrlashtirish xalqning shakllanishi, etnik tarkibi, tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari kabi masalalarga oydinlik kiritadi. Ayni paytda, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘likdir. Bu vazifa dastlab Koshg‘ariy tomonidan amalga oshirilgan. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladi. Bulardan ayrimlarini namuna uchun keltiramiz: Radlov turkiy tillari to‘rt guruhga bo‘ladi: 1. Sharqiy guruh (Sibir tatarlari tili). 2. G‘arbiy guruh (qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar tillari). 3. O‘rta Osiyo guruhi (o‘zbek, uyg‘ur tillari). 4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari). Samoylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi. 1. Janubiy- sharqiy yoki chig‘atoy guruhiga hozirgi uyg‘ur, o‘zbek tillari va shevalarini kiritadi. 2. Janubiy-g‘arbiy yoki o‘g‘uz guruhiga o‘zbek tilining o‘g‘uz shevalarini kiritadi. Malov o‘z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o‘zbek, chig‘atoy tillarini kiritadi. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining G‘arbiy xun tarmog‘i qarluq tillari guruhiga kiritiladi; qarluq — xorazm guruhiga qoraxoniy - xorazm tili 12 (Ahmad Yassaviy asarlari), hozirgi uyg‘ur tili va shevalari kiritilgan (bunda ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan). Ularning ba’zilari turkiy tillarni hududiy jihatdan tasnif qilsa, ayrimlari tillarning muayyan lingvistik belgilariga asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog‘lanmaydi. Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtirildi. Jumladan, Malov (1951) o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrgabo‘ldi: 1) Uyg‘ur adabiy tili; 2) Chig‘atoy adabiy tili; 3) O‘zbek adabiy tili. Bu davrlashtirishga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tili chig‘atoy adabiy tilidan kelib chiqadi. Chig‘atoy (eski o‘zbek) adabiy tili esa o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy tilidan kelib chiqqan. Samoylovich (1928) o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrgabo‘ladi: 1. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XІ asrlar). Bu davr qoraxoniylar davlatida shakllangan va keng qo‘llangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda yozilgan asarlar bilan ajralib turadi. 2. O‘g‘uz-qipchoq tili (XII-XIV asrlar) — o‘g‘uz-kipchoq dialekti negizida rivojlangan g‘arbiy turkiy adabiy til hamda bu yerda yaratilgan asarlar bilan bog‘langan. 3. O‘rta Osiyo adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida turkiy-eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog‘langan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili esa O‘rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi. A.Щerbak (1953) tasnifi: 1. O‘zbek adabiy tilining eng kadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan sharqiy turkiy adabiy til hamda ma’lum darajada g‘arbiy turkiy adabiy til bilan bog‘langan. 2. O‘zbek adabiy tilining o‘rta - «chig‘atoy» tili davri (XIV-XVI asrlar). Bu davr tili asosan eski o‘zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan bog‘langan. 13 3. O‘zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XVIII asarlar). Bu davr xonliklar davri adabiy tilini qamrab oladi. 4. O‘zbek adabiy tilining eng yangi davri (XIX-XX asrlar). O.Usmanov (1957) klassifikatsiyasi: 1. Qadimgi turk tili davri (V-IX asrlar) 2. Qadimgi o‘zbek tili davri (IX-XII asrlar) 3. Eski o‘zbek tilining ilk davri (XIII-XIV asrlar) 4. Eski o‘zbek tili ( XIV-XIX asrlar) 5. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili. G‘.Abdurahmonov (1973) tasnifi: 1. Eng kadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgai davr) 2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar) 3. Eski turkiy til (XI-XIII asrlar) 4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar) 5. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar) 6. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili. Q. Sodiqov (2009) tasnifi: 1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning V asrigacha bo‘lgan davr). 2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar). 3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr boshlari) 4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr - XX asr boshlari) 5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr boshlaridan hozirga qadar). Bu masala yuzasidan turli olimlar bayon qilgan fikrlarni umumlashtirib va ularga tayangan holda, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zbek xalqining tarixi hamda jamiyatning ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda quyidagicha davrlashtirish mumkin: 1. Eng qadimgi turkiy til (qadimgi davrlardan eraning VI asrigacha bo‘lgan davr). 2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar). 14 3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr birinchi yarmi) 4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr ikkinchi yarmi - XX asr 30-yillari) 5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr 30-yillaridan hozirga qadar). Umuman, o‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bir tomondan o‘zbek xalqining shakllanishi, etnik tarkibi, taraqqiyotini, ikkinchidan, qadimgi turkiy til qurilishi va hozirgi turkiy tillar tasnifida o‘zbek adabiy tilining tutgan o‘rni, o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling