Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

 
 



1-MAVZU: “O‘ZBEK ADABIY TILI TARIXI” PREDMETINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
Reja 
1. 
Predmetning ob’ekti va manbalari 
2. 
O‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda qiyosiy-tarixiy metodning 
o‘rni 
3. 
Umumxalq tili va uning turlari 
4. 
Adabiy til uslublari 
5. 
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish 
“O‘zbek adabiy tili tarixi” predmeti yozma yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni o‘rganadi. Shuningdek, adabiy tilni takomillashtirishda ijtimoiy-
tarixiy voqealarning ta’siri masalasi, adabiy til uslublari bilan tanishtiradi. 
Binobarin, o‘zbek adabiy tilining qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha 
bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari “O‘zbek adabiy tili tarixi” predmetining ob’ekti 
sanaladi. O‘zbek adabiy tili tarixi o‘zbek adabiy tilining mohiyati, uning tashkil 
topishi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi fan sifatida XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan. Mazkur kurs o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalqi tarixi, hozirgi 
o‘zbek adabiy tili, o‘zbek dialektologiyasi, tilshunoslikka kirish, uslubiyat, nutq 
madaniyati, badiiy matning lingvistik tahlili, o‘zbek etnografiyasi, antropologiya, 
ona tilini o‘qitish ma’lumotlariga suyangan holda o‘rganiladi. Chunonchi, 
etnografiya o‘zbek xalqining qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanligin o‘rgansa, 
atropologiya o‘zbeklarning qaysi irqqa aloqadorligini, ularning kelib chiqish 
tarixini tekshiradi. O‘zbek adabiyoti tarixi esa davrlararo adabiy muhitning yirik 
vakillari yozgan asarlar bilan tanishtiradi. O‘zbek adabiy tili tarixi kursi o‘zbek 
dialektologiyasiga ham suyanadi, chunki sheva materiallari o‘zida qadimgi so‘z va 
shakllarni saqlaydi. Ana shu leksemalar orqali ularning tarixiy taraqqiyot yo‘li 
aniqlab olinadi. Bir so‘z bilan aytganda, yozma obidalar -badiiy, tarixiy, ilmiy 
asarlar, sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi o‘zbek adabiy tili 
materiallari, tarixiy lingvistik lug‘atlar, turkshunoslikka oid o‘zbek, rus va xorijiy 



olimlarning tadqiqotu qo‘llanmalari o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda asosiy 
manbalar hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari esa yordamchi manba bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq 
tillarni o‘rganadi, ular o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, tillarning yagona bir 
manba (bobo til)dan kelib chiqqanligini aniqlashga ko‘mak beradi. Mazkur soha 
asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiy-tarixiy metoddai foydalanadi. Ushbu 
metodning ikkita muhim usuli mavjud: 1) tashqi (qiyosiy) rekonstruksiya (qayta 
tiklash) — qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, o‘xshash so‘z va 
morfemalarni qidirib 
topish va bobo tilning taxminiy modelini yaratish, shu asosda tillarning 
qarindoshligini belgilash; 2) ichki rekonstruksiya — muayyan bir tilning tarixiy 
taraqqiyot bosqichlaridagi til hodisalarini qiyosiy tahlil qilish, uning shakllanishi 
va rivoji xususida tegishli xulosalar chiqarish. Biz predmetni o‘rganish jarayonida 
ikkinchi usulga tayanamiz.
O‘zbek tili tarixini qiyosiy-tarixiy usul asosida tadqiq etish oqibatida, qayd 
etilganidek, qo‘shni qardosh turkiy tilarga xos bo‘lgan ayrim leksik-grammatik va 
fonetik jihatdan umumiyliklar ko‘zga tashlanadi. Tillarning qarindoshligini 
qiyosiy-tarixiy usul asosida o‘rganishni birinchi marta Mahmud Koshg‘ariy 
boshlab bergan Mazkur usulni tilshunoslikda XIX asr boshlarida Bopp, Grimm, 
Rask, Vostokov singari g‘arb va rus olimlari qo‘llay boshladilar. Qiyosiy-tarixiy 
usulni joriy qilish natijasida xozirgi qardosh turkiy tillar va hozirgi adabiy tilni 
yozma yodgorliklar til faktlari bilan qiyosiy o‘rganish orqali o‘zbek tili tarixi bilan 
hozirgi o‘zbek tili va qardosh turkiy tillar orasidagi aloqalarni aniqlash mumkin.
Ma’lumki, umuxalq tili - taraqqiyotning barcha davrlarida qo‘llanib, 
rivojlanib, urug‘, qabila, elat nomlari bilan umumiy birlikka ega bo‘lgan til. Uning 
uch tarmog‘i mavjud: hududlararo aholining jonli so‘zlashuv tili – dialekt va 
shevalar; adabiy til, milliy til. Sheva muayyan mahalliy hududga xos, dialekt 
ularning yig‘indisini ifodalaydi. Lahja esa aksar hollarda dialektga sinonim tarzida 
qo‘llanadi. Adabiy til bilan shevalar to‘xtovsiz aloqada bo‘ladi. Adabiy til lahja va 



shevalarga ta’sir etib, ularning xususiyatlarini yaqinlashtirib borar ekan, o‘rni 
kelganda, jonli tildan oziqlanib, shevalardagi so‘z va iboralar hisobiga boyib 
boradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling