Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
bo‘lsa yo‘l uza yer (MK,I,76). Sart atamasi aslida sanskrit tilidan olingan bo‘lib
“karvonboshi, savdogar, shaharlik” ma’nolarini anglatgan Arablar esa O‘rta Osiyodagi musulmonlarni sart nomi bilan atashgan. Rashididdinning “Jome-ut- tavorix” kitobida mo‘g‘ullar qarluqlarni sart deb ataganligi yoziladi. Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida mazkur leksema o‘troq aholini bildirgan. Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” asarida forsiy tilda so‘zlovchilarni sart, sart ulusi, sart eli va forsigo‘y atamalari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa sart tili, sart lafzi, forsiy, forsiy til, forsiy alfoz singari tushunchalar bilan ifodalaydi. Bobur bu so‘zni ham fors-tojiklar, ham o‘troq aholiga nisbatan qo‘llagan: eli sarttur; ba’zi kentlarda sartlardur. Muhammad Solih “Shayboniynoma” asarida Samarqand qamalini ta’riflab, uning xalqini sart deb qayd etadi: Sartlar asru zabun bo‘ldilar. Bu shayboniylar istilosidan keyin O‘rta Osiyodagi o‘troq aholi ham ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan sart deb yuritilganini ko‘rsatadi. Atama Abulg‘ozi Bahodirxon va XIX asr Qo‘qon tarixchilarining asarlarida ham ayni ma’noda tilga olinadi. Venger olimi Vamberi “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” (1865) kitobida sart so‘zi “shaharlik” ma’nosini bildiradi deb yozgan edi. Keyinchalik XIX asr 2- yarmidan keyin sart atamasi o‘zbeklar va ularning tiliga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi: sartiya eli, sartiya lisoni (sart tili, sart iborasi). Mazkur atama chorizm, ruslar tomonidan mahalliy aholiga nisbatan qo‘llana boshlagan. Bu haqda qator kitoblar yaratildi. Xususan, ruslarning o‘zbek tilini, ayni paytda, o‘zbeklarning rus tilini o‘rganishlari uchun V.Nalivkin xotini M.Nalivkina bilan birgalikda «Русско- сартовский и сартовско-русский словарь обшеупотребительных слов с приложением краткой грамматики по наречиям Наманганского уезда» (Kazan, 1884; ikkinchi nashri Toshkent,1912), V.Nalivkinning «Руководство к практическому изучению сартовского языка» (Samarqand,1898), N.Pantusovning «Материалы к изучению сартовского наречия тюркского языка. Маргеланская сказка о старце и дочери купца» (1899) kitoblari yaratildi. 22 O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S.Tolstov, A.Yakubovskiy, Ya.G‘ulomov, L.Omanin, M.Vahobov, A.Asqarov, B.Ahmedov, I.Jabborov kabi olimlarning tadqiqotlari mavjud. O‘zbek atamasi garchi o‘ziga bek, mustaqil beklik kabi ma’nolarni bildirgan so‘z deb yuritila boshlagan bo‘lsa ham qadimda bu so‘z qanday ma’noni anglatgani aniq emas. B.Ahmedovning qayd etishicha, XVI asrning 2 - yarmida Dashti Qipchoqning katta qismi, xususan, Oq O‘rda va Shaybon ulusida ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘ul qabilalari o‘zbeklar, bu bepoyon hudud o‘zbeklar viloyati, deb atala boshlanadi. Bundan o‘zbeklar Dashti Qipchoqqa faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo bo‘lgan degan xulosasi kelib chiqadi. Tarixiy asarlarda Shayboniyxon boshchiligida O‘rta Osiyo ishg‘ol qilgan barcha qabila va urug‘lar o‘zbeklar deb ataladi. X.Doniyorov (O‘z tariximizni bilasizmi \\ Guliston, 1990. №9) maqolasida manbalarga suyanib, o‘zbek atamasining XI asrda ham ishlatilganini ta’kidlaydi. Olimning qayd etishicha, XI asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Usoma Ibn Munqizning “Kitob al e’tirof” (Ibratli kitob) asarida yozilishicha, “o‘zbek qavmiga mansub kishilar o‘sha vaqtdayoq Arabistonda ancha mavqe egallaganlar, u yerdagi shaharlarga hokim bo‘lganlar va ularning ixtiyorida o‘z lashkarlari bo‘lgan hamda ular yevropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar. “O‘zbekistonning etnik atlasi”da o‘rganilayotgan atama Chingizxonning katta o‘g‘li jo‘chi xonadoniga mansub yettinchi podshoh O‘zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqanligi aytiladi. O‘zbek so‘zi urug‘, qabila, elat, saxiy, odamoxun, diltortuvchi, suyukli ma’nolarida Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida ham uchraydi: Tuzub o‘zbak shilonining kuyini Supurib yuz bila qaysar uyini (Lutfiy). Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qo‘shinlari- ning o‘ng qanotida borayotgan yuz ming o‘zbek va mang‘it samarqanddan Chingacha saf tortgani tasvirlanadi. Qolaversa, ulug‘ shoir o‘zbek nomini qayta-qayta tilga olar ekan, har safar bu xalqqa xos biron fazilatga e’tibor qaratadi: 23 Halol ona sutidek gar o‘zbakim tutsa, Tobuq qilib, yukinib, tustog‘on ichinda qimiz. XVI asr boshlarida o‘zbek xalqi va uning tili o‘zbek nomi bilan ham yuritilgan. Buni Muhammad Solihning «Shayboniynoma»sida keltirilgan quyidagi baytdan ham bilish mumkin: Holi aning yeri Turkistondur O‘zbak eliga muazzam xondur. Abulg‘ozi Bahodirxon “Shajarai turk” asarida shunday jumlani o‘qiymiz: barcha Jo‘chi elini o‘zbek eli dedilar. A.Asqarovning yozishicha, Shayboniyxon Movarounnahrga qo‘shin tortib kelganda, uning qo‘shinida 92 urug‘ suvoriysi xizmat qilgan. Vaholanki, u paytda Dashti Qipchoqda bor-yo‘g‘i 27 ta urug‘ga mansub aholi yashagan. 92 bovli o‘zbek qavmining asosiy qismi esa allaqachon hozirgi O‘zbekiston hududining o‘troq aholisi edi. Xurshid Davron “Samarqand xayoli” kitobida atamaning kelib chiqishini O‘g‘uzxon va miloddan oldingi XII asrda yashagan skiflar boshlig‘i Ispek nomi bog‘laydi. Darhaqiqat, qadimgi turkiy manbalar, xususan, Kultegin bitigtoshi va Yenisey yodgorliklarida az – o‘z atamasi turk qabilasi tarkibidagi urug‘ nomini anglatgan. Shu ma’noda aytish mumkinki, o‘z – urug‘ nomi, bek – bek, hukmdor nomidan tashkil topgan. Mazkur etnos VI-VII kelib, qorahoniylar davrida ko‘pgina turkiy urug‘lar birlashuvidan yirik qabilaga aylana bordi. Bu jarayon Oltin O‘rda davlati hududidagi urug‘lar hamda Shayboniyxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar ta’sirida tezlashdi va nihoyat o‘zbek millatining to‘liq shakllanish davrigacha davom etdi. Binobarin, o‘zbek xalqi va uning tili qaysi nom bilan atalmasin, shu xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo‘lib keldi. Xullas, o‘zbeklar o‘zining uzoq tarixi, yozuv madaniyatiga ega bo‘lgan qadimgi xalqlardandir. O‘tmishda bu xalq turk, sart, chig‘atoy va o‘zbek atamalari bilan yuritilib kelgan. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, xalq va tilning nomlanish tarixi o‘sha xalq va tilning tarkib topishi jarayoni bilan doim teng bo‘lavermaydi. Xalq va tilning nomlanishi uning kelib chiqish tarixi belgilamaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling