Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

a, ı, o, u, e, i, o:, u:, a:, aa, ıı, oo, uu, ee, ii, o:o:, u:u:, a:a:.Turkiy tillarning 
aksariyatida unli fonemalar 8 ta: a, ә, o, ө, u, ü, i , ï. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
6 ta unli fonema mavjud.
Turkiy tillar, uyg‘ur tilida birinchi bo‘g‘indagi a ning keyingi bo‘g‘indagi i 
ta’sirida umlautlashuvi kuzatiladi: eti “uning oti”, belik “baliq”, elip “olib”, bešim 
“boshim” (ko‘plikda bašim). 
ə >i o‘zgarishi tatar, boshqird, chuvash, xakas tillari uchun xos: ozarb. ət
uyg. ət “tana”, tatar it “go‘sht”, boshq. it, xak. it
o>u o‘zgarishi tatar, boshqird, qisman, chuvash tillariga xos: toğız “to‘qqiz”: 
qoz., toğız, qirg‘: toğuz, turk. dokuz, boshq. tuğız, q-qalp. toğız, qum. toğuz, tat. 
tuğız
o, ө unlilari qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, qorachoy - balqar tillarida so‘z 
boshida diftonglashgan holda talaffuz etiladi: q-qalp. uoq “o‘q”, q-balq. uot “olov”, 
uon “o‘n”, qoz. uoraq “o‘roq”. Shunga o‘xshash talaffuz singarmonizm saqlangan 
ayrim o‘zbek shevalarida ham kuzatiladi. 
O‘zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. 
Ammo turkiy tillardan ba’zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi. Turkiy tillar 
undosh tovushlar miqdori jihatidan, deyarli, farqlanmaydi. Turkiy tillar 
fonetikasiga bag‘ishlangan adabiyotlarda undoshlar 20 tadan - 30 tagacha bo‘lgan 
miqdorda ko‘rsatiladi. Sof turkiy so‘zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi 


33 
(bunday so‘zlar uchrasa, ular boshqa tildan o‘zlashgan yoki keyingi fonetik 
taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo‘ladi). Boshqa undoshlar esa so‘zning 
boshida ham, oxirida ham keladi. 
Turkiy tillarning o‘g‘uz guruhi (turkman, turk, ozarbayjon tillari)da so‘z 
boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so‘z 
boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o‘rnida bu tillarda g, b, m, d 
jarangli undoshlari keladi. Masalan, o‘zbek tilidagi kel, ko‘r, tog‘, tosh so‘zlari 
ozarbayjon tilida gal, gur, dağ, daš ko‘rinishiga ega. So‘z boshida undoshlarning 
jaranglilashuvi qarluq, qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan, o‘zbek tili va 
uning shevalarida bir so‘zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi 
jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud; qozoq tilida 
bayga “poyga” di:rmen “tegirmon” kabi so‘zlar jarangli tovush bilan boshlanadi. 
Undoshlar geminatsiyasining assimilatsiya natijasida vujudga kelishi turkiy 
tillarda eng ko‘p tarqalgan: o‘zb. yetti “yetdi”, shaharri “shaharni”; qum.
minni 
‘mindi”, qoz. atti “otni” kabi. Geminat tovushlarning o‘zak tarkibida uchrashi 
turkiy tillarda bir xil emas. Qarluq, o‘g‘uz va bulg‘or tillarida bunday tovushlar
ko‘p kuzatilsa, qipchoq guruhi va Sibir hududidagi tillarda (yoqut tili bundan 
mustasno) bu hodisa kam uchraydi. Masalan, to‘qqiz so‘zi o‘zbek tilida to‘qqiz, 
chuvash tilida taxhar, qozoq tilida toğuz; qirg‘iz tilida toğus shaklida keladi. 
Turkiy tillar o‘zaro yaqinligiga qaramay, har bir turkiy til o‘ziga xos 
fonetik taraqqiyot jarayoniga ega. Bu jihatdan, ayniqsa, y-j-d-č undoshlarining 
qo‘llanishi xarakterlidir: o‘zb. yil, yoq, turkm. yil, yoq, qoz. jil, joq. Qarluq, 
qipchoq tillarida so‘z boshida keladigan k, t tovushlari o‘rnida o‘g‘uz tillarida g, d 
tovushlari ishlatiladi: o‘zb. kel, tosh, uyg. kal, taš, tat. kil, taš, ozarb. gal, daš, 
turkm. gel, daš. 
Rotatsizm va labdaizm chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh 
tovushlari qiyosida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi yuz, ez, 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling