Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ngin bitigi.
- Moyunchur bitigi
- Yenisey bitiglari.
- Suja bitigi
- “Maytri simit no‘m bitig”
- “Altin yoruq”.
- “Syuan-szan kechmishi”
- “Sekiz yukmak”
4. Kulichur bitigi. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning matnini A.Samaylovich bilan birga 1928-yilda nash etgan. U Kulichur sharafiga tiklangan bo‘lib, sanasi aniq emas. Tardush elini boshqargan Kulichur ikkinchi turk xoqonligida yashagan mashhur kishilardan sanalgan. 46 5. O‘ngin bitigi. Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi O‘ngin vodiysidan topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birincni yarmida, taxminan, 732-yilda tiklangan. J.Klosonning yozishicha, bitig sarkarda Alp Eletmish xotirasiga tiklangan6. 6. Moyunchur bitigi. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan. 7. Yenisey bitiglari. Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi teveragida topilgan ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga bitilgan. 8. Irq bitigi ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V. Tomsen 1912-yilda nashr etgan. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi. 9. Suja bitigi Moʻgʻulistondagi Suja dovonining janubidan topilgan. Bitig koʻk turk yozivida boʻlib, IX asrda koʻchirilgan. Uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir: 1. “Xuastuanift” (moniylarning tavbanomasi) moniylik dinining falsafiy asari, oʻn besh boʻlimdan iborat. Ilk oʻrta asrlarda asarning eroniy, sugʻdiy, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uygʻur, moniy yozuvida boʻlib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. 2. “Maytri simit no‘m bitig” (Maytri bilan uchrashish kitobi). Turk-budda diniy-falsafiy yodgorliklaridan biri, asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda ta’limotining bilimdonlaridan biri Aryachantri sanskritcha nusxadan tohar tiliga oʻgirgan. Toharchadan Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan (VIII asr). Tohar tilidagi brahma xatida yozilgan ikki nusxasi Qorashaharda, 47 uyg‘ur xatidagi turkiy versiyalari Turfonda topilgan. Ular hozir Berlin va Urumchi qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda. 3. “Altin yoruq”. Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin jilo). Budda diniga oid bo‘lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo‘lib, qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U dastlab tabg‘ach (xitoy) tiliga, xitoy tilidan X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan qadimgi turkiy (turk uyg‘ur) tiliga o‘girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1910-yili S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917- yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan mukammalroq bo‘lib, Sankt-Peterburgda saqlanadi. 4. “Syuan-szan kechmishi” budda muhitida yaratilgan asarlardan biri, uning xitoycha va qadimgi turkiy versiyalari mavjud. Turkiy versiya uygʻur xatida boʻlib, hozirda boʻlaklarga boʻlingan holda Parij, Pekin, Sankt-Peterburgda saqlanmoqda. Asarni X asrda yashagan olim va tarjimon beshbaliqlik Shingqu Sheli qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan. “Syuan-szan kechmishi” Tan sulolasi davrida yashagan sayyoh Syuan-szanning budda yashagan oʻlkalarga safari xususidagi memuar boʻlib, oʻzida oʻnlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi, qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy turmushi, ular yashagan mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid ma’lumotlarni jamlagan. 5. “Sekiz yukmak”. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, A.fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934-yilda Berlinda nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg‘ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. Shuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko‘p uyg‘urcha yuridik- huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so‘zlashuv tili xususiyatlari aks etgan. Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, u orqa qator, ä, i, ö, ü old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ä, o, ö; tor unlilar - i, ï, u, ü. Lablanmagan unlilar – a, ä, i, ï; lablangan unlilar – o, ö, u, ü. Demak, a - 48 lablanmagan, keng va orqa qator; ä - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy tillarda, shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ä ga aylangan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling