Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Yalma
“...turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidin 
bahramanddurlar, andoqkim o‘z xirad ahvoliga ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi 
fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til 
bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sort ulusining arzolidin 
ashrofig‘acha va omiysidin donishmandig‘acha hech qaysi turk tili bila takallum 
qila olmaslar va takallum qilg‘onning ma’nisin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki 
mingdin biri bu tilni o‘rganib so‘zki aytsa ham, har kishi eshitsa bilur va aning 
sort ekanin fahm qilur”. Ko‘rinib turibdiki, turkiy aholining kattayu kichigi, 
xizmatchisidan tortib amaldorigacha forsiy tilni yaxshi bilgan va bu tilda chiroyli, 
ravon hamda benuqson so‘zlashgan, shoirlari go‘zal she’rlar bitgan. Biroq 
forsiyzabon ulusning oddiy kishisidan e’tiborli insonlarigacha, ilmsizidan 
donosigacha turkiy tilda so‘zlay olmagan va gapirganlarining ham ma’nosini 
tushunmagan.
Shoir «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r 
yozishni fors tilida boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til 
haqida fikr yuritish ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son-
sanoqsiz o‘n sakkiz ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va 
yetuklikda chek-chagarasi bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va 
gullari yulduzlardan ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga 
hech kimning qadami yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi: Chun mazkur 
bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming 
olamdin ortuq, anda zebu ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz 


42 
falakdin ortuq, anda fazlu rif’at; va maxzane uchradi, durlari kavokib 
gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin 
duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog‘i yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi 
g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulshanining 
tikani behaddu shumor. Xaylga keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin 
tab’ ahli xiradmandlari bu maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga 
andoq evruldikim, go‘yo bu tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli 
guldastabandlari bu gulshandin bazm tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar. 
Shu tariqa, badiiy ijoddagi ikki tillilik XIV asrdan XX asrgacha davom etdi.
Darhaqiqat, o‘zbek tilining lug‘at tarkibida maishiy hayot, kasb-hunar, 
adabiyot-san’at, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi, tabiat hodisalari 
va boshqa sohalarga oid tojikcha so‘zlar uchraydi. Masalan, anor, bahor, lagan, 
paypoq, go‘sht, g‘isht, sho‘r, pardoz singari. Shuningdek, tojikcha -xona, -parvar, -
furush, -parast, -noma, -xon, -paz, -bon, -boz, -goh, -shunos, -vash(mahvash), -
poya, -zor, -don, no-, be- kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar tilimizda keng 
qo‘llaniladi va yangi so‘zlar hosil qilishda ishtirok etib kelmoqda. Masalan, 
oshxona, xalqparvar, bog‘bon, kuldon, noo‘rin, beomon, taomnoma, olmozor va 
hakazo. Bundan tashqari, eski va hozirgi o‘zbek adabiy tilida tojikcha izofalar ham 
saqlangan: Sebi Samarqand, anori Xo‘jand (Bobur); Bog‘i shamol, Mozori Ko‘hna 
(Joy nomlari), nuqtai nazar, guli surx, zaboni forsiy, bog‘i bo‘ston.
O‘zbek tilidan ham o‘z navbatida, tojik tiliga uzoq vaqtlardan beri ko‘pgina 
so‘z va iboralar, so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zlashgan: tagin - 
shahzoda (Firdavsiy, “Shohnoma”), choriq – choriq, oyoq kiyimi, qora qat 
(barbaris), to‘p - to‘p, yuz boshi, qaychi, yorlig‘, ayoqchi – soqiy, qoshuq, surtma – 
chana, -chi, -cha, -dosh, -gina, -roq, -siz, -lik kabi
7
.
Turkiy tilga oid so‘zlarning qardosh bo‘lmagan xalqlar tiliga o‘zlashgani, 
ular rivojiga ta’siri to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni Mahmud Koshg‘ariyning 
“Devonu lug‘otit turk” asarida uchratamiz. Shu o‘rinda bir necha misollarga 
murojaat qilsak:
7
Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. - М., 1975. - С. 46-49. 


43 
“dag‘ – qoramol va boshqalarga bosilgan tamg‘a. Forslar bu so‘zni 
turklardan olganlar. Chunki forslarda turklardagidek qoramol yo‘q. Shuni ng 
uchun bu so‘zga ularda zarurat ham bo‘lmagan. Men bu so‘zni musulmonlar 
chegarasida eshitdim (III,167).
 Yalma – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar. Arablar esa 
forslardan olib yalmaq shaklida qo‘llaydilar. Arablar q ni h ga aylantirganlar. 
Chunonchi: kandani xandaqyarani yaraq qilib olganlar” (III,41).
Bu an’ananing keyingi ham davrda davom etganini Alisher Navoiy ijodi 
misolida ko‘rish mumkin. Buyuk mutafakkir o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida 
turkiy tilning forsiy tildan qolishmasligini, uning til imkoniyatlari boyligi, bu tilda 
ham go‘zal adabiyot namunalari yaratish mumkinligini ko‘rsatish barobarida turkiy 
tildan forsiy tilga o‘zlashgan so‘zlarni qayd etib o‘tadi. Asarda bu haqda quyidagi 
jumlalarni o‘qiymiz: “Yana ot anvoidaki, tubuchoq va arg‘umoq va yaka va yobu 
va totu yo‘sunluq - borini turkcha-o‘q ayturlar. ...Yana ba’zi yemaklardin qaymog‘ 
va qatlama va bulamog‘ va qurut va uloba va mantu va quymog‘ va urkamochni 
ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va boxsumni va bo‘zani dag‘i 
turkcha ayturlar. Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha 
ayturlar”
8


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling