Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Alimchi arslan, berimchi sichg‘anoluvchi arslon, beruvchi sichqon; Evdagi 
buzag‘u o‘kuz bo‘lmas – uyda o‘sgan buzoq hech vaqt ho‘kiz bo‘lmaydi; Alin 
arslan tutar, kuchin ko‘chuk tutmas – hiyla bilan arslonni tutish mumkin, zo‘rlik 
bilan qo‘g‘irchoqni ham tutib bo‘lmaydi; Sundilach ishi ermas o‘rtugun tepmak – 
sa’vaning ishi ermas xirmon yanchmoq.
Mahmud Koshg‘ariy hozirgi tilshunoslikda qo‘llanilayotgan uch uzvli so‘z 
yasalish tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi. U so‘z yasashga asos, yasovchi 
vosita va yasalma haqida fikr yuritadi. Jumladan, otlarning yasalishi haqida ma’-
lumot berar ekan, fe’ldan (yasashga asos) o‘n ikki harf (yasovchi vosita) vositasida 


61 
ot (yasalma) hosil bo‘lishini ta’kidlaydi. Ot yasovchi qo‘shimcha atamasi o‘rniga 
harf atamasini qo‘llaydi. Fe’ldan ot yasovchi qo‘shimchalar sifatida -a(-ga, -ma): 
bilga «bilimdon, aqlli» (bildi so‘zidan), uva «taom» (uvdi «maydaladi» so‘zidan), 
kesma «kokil» (kesdi fe’lidan; ko‘zni berkitmaslik uchun sochni kesiladigan joyi 
ham kesma deyilishi qayd etiladi); -t (-ut,- it): qachut «qochuvchi» (qochdi 
fe’lidan); -sh(ish) bilish «tanish» (bildi fe’lidan), urush, to‘qush «jang» (urdi, 
to‘qidi fe’llaridan); -g‘(-ig‘,-g‘u): Bu qo‘shimchaning uch xil ma’noli affiks 
ekanligi ta’kidlanadi. Birinchi ma’nosi arig‘ «sof, toza» (arindi, «tozalandi» 
fe’lidan); quruq (quridi fe’lidan); ikkinchi ma’nosi o‘rinni bildiradi: yaylag‘ 
«saylgoh», qishlog‘ (Bu so‘zlar yay va qish otlari oxiriga -g‘ qo‘shimchasi qo‘shib 
yasalgan, deyiladi. Aslida -loq o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimcha sifatida 
shakllanib bo‘lgan). Uchinchi ma’nosi fe’llarga u harfi bilan birgalikda qo‘shilib, -
g‘u holida qurol oti hosil qilishini ko‘rsatadi: bichg‘u «narsalarni kesuvchi asbob» 
(bichdi fe’lidan yasalgan). 
Mahmud Koshg‘ariy so‘z yasashning affiksatsiya usulidan tashqari, boshqa 
usullar borligi haqida ham ma’lumot beradi. Ana shunday usullardan biri 
enantiosemiyaga misol beradi. Masalan, o‘t «dori»: o‘t ichtim «dori ichdim», o‘t 
«zahar»: beg anga o‘t berdi «bek unga zahar berdi». 
Mahmud Koshg‘ariy arab tilshunosligi an’analari asosida turkiy tillarda ham 
uchta so‘z turkumini ajratadi: otlar (ismlar), fe’llar va yordamchilar (harflar). Bu 
so‘z turkumlari ichida ayniqsa fe’llar chuqur tahlil etiladi. Fe’llarning zamon, 
nisbat, shaxs-kategoriyalari haqida ma’lumot beradi. 
Fe’llar uch zamonga: o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonga bo‘linadi. «Fe’lning 
o‘tgan zamon shakli hamma fe’llarda -di qo‘shilib yasaladi, hech qaerda 
o‘zgarmaydi», deyiladi (III,41). 
Mahmud Koshg‘ariy affikslarning turli fonetik variantlari va bu 
variantlarning paydo bo‘lishidagi morfonologik o‘zgarishlarning sabablari haqida 
ham fikr yuritadi. Xususan, o‘tgan zamon shakli - di haqida to‘xtalib, shunday 
yozadi: «O‘tgan zamon fe’l yasovchi -di p, t, ch, k kabi to‘rtta qattiq harflar 


62 
(tovushlar) bilan qo‘shilgaida «d» «t» ga almashadi. Chunonchi, tapti «tepdi», tutti 
«oldi», qachti «qochdi», cho‘kti «cho‘kdi» kabi (III,41-42). 
Kelasi zamon fe’li barcha fe’l turlaridan -r qo‘shimchasi qo‘shish orqali hosil 
qilinishi ko‘rsatiladi. Masalan, turur (tur fe’lidan), kelir (kel fe’lidan), kulur (kul 
fe’lidan). Shuningdek, -g‘ay, -qay, -kay, -gay affikslari ham kelasi zamonni 
ifodalashini ta’kidlaydi: qur- g‘ay, sag‘qay, kelgay. 
Birlik-ko‘plikni ifodalashda qabilalar o‘rtasidagi farqlar ham bayon qilinadi. 
«O‘g‘uz va qipchoqlar birlikda bar, ko‘plikda baring deydilar. Ular ko‘plik 
qo‘shimchasi -larni tushirib qoldiradilar. -lar o‘rniga tinglovchi bir- ligida -(i) ngiz 
qo‘llaydilar. Hurmat uchun bir kishiga ham -z orttiradilar, ular tilida bir kishiga 
nisbatan ham ko‘plik ustiga ko‘plik qo‘llanadi», - deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu 
o‘rinda affiksal pleonazm haqida ham fikr yuritiladi. 
Muayyan ma’no asosida bir paradigmaga mansub bo‘lgan birliklar zidlanuvi, 
mo‘tadillashuvi (neytralizatsiya) haqida ma’lumot beriladi. Bu haqda yozadi: 
«Turklar hurmatli kishilarga nisbatan, garchi u yolg‘iz bo‘lsa ham, bardingiz 
deydilar. Holbuki, -(i)ngiz aslida ko‘plikni bildiruvchi qo‘shimchadir. O‘g‘uzlar 
buni faqat qo‘plikda qo‘llaydilar. (Ularda) bardingiz «hammangiz bardingiz» 
demakdir. Bu yerda o‘g‘uzlar talaffuzi qoidaga muvofiq bo‘lsa ham, turklarnikida 
fasohat, katta-kichikni farq qilish kabi go‘zallik bordir» (III,53). Shuningdek, 
o‘g‘uzlar va qipchoqlarning ba’zilari - suvorinlar o‘tgan zamonning -di shakli 
o‘rniga -duq, -duk shakllarini qo‘llashi va bu shakllar birlik-ko‘plikda 
farqlanmasligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, bu shakllar shaxslar 
bo‘yicha ham farqlanmasligi ko‘rsatiladi. Xulosa shuki, Mahmud Koshg‘ariy 
turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy fonologiyasi, qiyosiy leksikologiyasi, 
qiyosiy grammatikasi haqida mukammal ilmiy asar yozib qoldirdi.
Гарчи кўзи ожиз бўлса-да, шеъриятда соғлом ва машҳур ижодкор 
сифатида танилган Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asari badiiy so‘z 
san’ati va o‘zbek adabiy tilining juda qimmatli yodgorligi hisoblanadi. Мазкур 
асар барчага манзур бўлган. Шунинг учун ҳам ҳазрат Навоий “Насойимул 
муҳаббат” асарида кўзи кўр бўлса-да, кўнгил кўзи очиқ, соғ кишиларга 


63 
нисбатан равшан, деб ёзади. Айни пайтда, шоирнинг туркий қавмга 
мансублигини, туркча шеър айтишда ниҳоятда моҳир бўлганлигини уқтириб 
ўтади, унинг асаридан айрим намуналар келтиради (Ҳусайн Бойқаро ўғли 
Бадиуззамонга ёзган хатларидан бирида ҳам "Ҳибатул ҳақойиқ"дан парчалар 
келтиради): Улуғлар не берса емасман дема, 
Илик сўн, оғиз ур, емасанг ема! 
Аsarning yaratilish davri haqida turli qarashlar mavjud. Malov asar tilidagi 
arxaik elementlarga qarab, uni X-XII asrlarga tegishli desa, N.A.Baskakov, Aziz 
Qayumovlar uni XI-XII asrlar, V.Nasilov esa XIII asrning I yarmida, 
Q.Mahmudov XII asr oxiri – XIII asr boshlarida yaratilgan deb ko‘rsatadilar. 
Bundan ko‘rinadiki, Adib Ahmad XII asr – XIII asrlar oralig‘ida Samarqand 
atrofidagi Yugnak shaharchasida tavallud topgan. Ilmiy jamoatchilik ahliga 
asarning 3 ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Doston qo‘yozma nusxalarda “Atabatul 
haqoyiq” (haqiqatlar eshigi), “Hibatul haqoyiq” (haqiqatlar tortig‘i), “G‘ayibatul 
haqoyiq” (yashirin haqiqatlar) tarzida nomlangan. Dastlabki nusxani 1444 yilda 
xorazmlik Zaynal Obid binni Sulton Baxshi Jurjoniy Husayniy origanaldan 
ko‘chirgan bo‘lib, Istambul Ayasofiya kutubxonasida saqlanadi (uyg‘ur yozuvida). 
Ikkinchisi, 1480 yilda Shayxzoda Abdurazzoq baxshi tomonidan ko‘chirilgan, 
qayd etilgan kutubxonada saqlanadi (bu ham uyg‘ur xatida yozilib, qatorma-qator 
arab yozuvi bilan izohlab chiqilgan). Uchinchisi, arab yozuvida bo‘lib, 
Istambuldagi To‘pqopi kutubxonasida saqlanmokda. Unga Turkiya sultoni
Boyazid II (1481-1512)ning muhri bosilgan. Shunga ko‘ra asarning mazkur 
nusxasi XV asr oxiri – XVI boshlarida ko‘chirilgan, degan xulosaga kelamiz. 
Ikkinchidan, unda usmonli turk tili xususiyatlarining uchrashi turkiyada 
ko‘chirilganidan dalolat beradi
12
. Bu uch nusxa asosida turkiyalik Rashid Rahmat 
Arat 1951 yilda yodgorlikning saylanma matni va tarjimasini yaratdi. Nasilovning 
fikricha, bu tarjima u qadar muvaffaqiyatli chiqqan emas. Turkiy tillar, jumladan, 
o‘zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o‘rganishda «Hibatul haqoyiq» asari eng 
muhim manbalardan biri hisoblanadi. O‘sha davrdagi qabila tillarining xususiyatini 
12
Маҳмудов Қ. Аҳмад Югнакийнинг “Ҳибатул ҳақойиқ” асари ҳақида. - Т.: Фан, 1972. – Б. 12. 


64 
aniqlash, ularning bir-biriga ta’siri, rivojlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va
markazlashishi asosida xalq (elat) tillarining, ayniqsa, o‘zbek xalq (elat) tilining 
tashkil topish va shakllanish jarayonini belgilashda bu asarning ahamiyati
nihoyatda kattadir. X-XII asrlarda maydonga kelgan asarlar bilan keyingi 
davrlarda yoki umuman, XIX asrgacha yaratilgan asarlarning tilini qiyosiy 
o‘rganish, ulardagi umumiylik va farqlarni aniqlashda ham yordam beradi. 
«Hibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va 
grammatik qurilishi, bir tomondan, «Qutadg‘u bilig» asariga yaqinlashsa, 
ikkinchidan, «Qisasi Rabg‘uziy»ga o‘xshab ketadi. Bertels qadimgi o‘zbek adabiy 
tilidan (aniqrog‘i, eski turkiy adabiy tildan) klassik o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda 
«Hibatul haqoyiq» ko‘prik vazifasini bajargan deb ko‘rsatadi. Bu borada 
tilshunos olim Qozoqboy Mahmudov tomonidan bajarilgan ishlar o‘zbek tili va 
adabiyoti tarixini o‘rganishda muhimdir. U 1964 yilda “Hibatul haqoyiq” tilining 
fonetik va morfologik xususiyatlari” mavzuida nomzodlik ishini yoqlagan. 1972 
yilda “Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari haqida” nomli 
monografiyasini e’lon qilgan. Kitobda asarning fonetik va morfologik jihatdan 
tadqiq etilishi bilan birga ikkinchi nusxaning arab yozuvidagi tanqidiy matni, 
transkripsiyasi, sharh va lug‘ati berilgani o‘zbek tili tarixini yoritishda katta 
ahamiyat kasb etdi.
Darhaqiqat, asar tiliga xos lug‘aviy qatlamlar, fonetik va grammatik 
xususiyatlarning qarluq, chigil, yag‘mo, uyg‘ur tillari negizida tashkil topgan 
adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan 
asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o‘zbek adabiy tiliga 
o‘tishda «Hibatul haqoyiq»ning ko‘prik bo‘lganligidan dalolat beradi. Asar 
o‘zining leksik xususiyatlari bilan o‘sha davrdagi eski turkiy adabiy tilining 
lug‘aviy boyligini aks ettiradi. 
Asarning tili o‘z fonetik xususiyatlari jihatidan X-XIII asrlarda yaratilgan 
yodgorliklar bilan umumiylikka ega. Shu bilan birga, eski o‘zbek adabiy tili uchun 
xarakterli bo‘lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko‘rish 
mumkin. «Hibatul xaqoyik» asarining tilini o‘rganish unda 9 ta unli mavjud 


65 
ekanligini ko‘rsatadi. Doston tilida asosan “d” va “z” dialektiga xos so‘zlar 
uchraydi, biroq “z”ning birmuncha ustunligini ko‘rish mumkin: kedin - keyin, adiz  
- ulug‘, kezim - kiyim, qazg‘u - qayg‘u, bo‘zun – xalq, qo‘zub – qo‘yib, Izi – tangri 
va hokazo. 
Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi, 
hamma uchun tushunarli sanalgan leksik birliklar asar lug‘atining asosini tashkil
qiladi: ata, ana, ezgu, bash, bezak, yavuz, yuz, kichik, kongul, yigit, sevunch, 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling