Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 5-MAVZU: ESKI TURKIY ADABIY TIL Reja 1. “Qutadg‘u bilig” asarining til xususiyatlari .
- 5. “Tafsir” asarining tili O‘zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko‘rsatuvchi manbalar sirasiga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig
Savol va topshiriqlar
1. Turkiy tillarning o‘zaro mushtarak jihatlari haqida gapiring. 2. O‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi. 3. O‘zbek adabiy tili rivojida boshqa oilaga mansub tillarning o‘rni. 4. Turkiy tillarning boshqa tillarga ta’siri to‘g‘risida fikr yuriting. 5. Qadimgi turkiy tilning manbalarini bayon qiling. 6. Qadimgi turkiy leksemalarning o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishi xususida ma’lumot bering. 52 7. Qadimgi va eski turkiy tilda tayanch dialekt masalasi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.-Т., 1999. 2. Абдураҳмонов А., Рустамов А. Қадимги туркий тил. -Т.: Ўқитувчи, 1982. 3. Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til. - Т.: Navoiy universiteti, 2019. 4. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. Ўқитувчи. 1995. 5. Носиров Ў. Ўзбеклар шажараси. - Т., 2010. 6. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009. 7. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. 8. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: Ўқитувчи, 1994. 5-MAVZU: ESKI TURKIY ADABIY TIL Reja 1. “Qutadg‘u bilig” asarining til xususiyatlari. 2. “Devonu lug‘otit turk” va o‘zbek adabiy tili 3. “Hibatul haqoyiq” asari tili va uslubi 4. “O‘g‘uznoma” asarining til jihatlari 5. “Tafsir” asarining tili O‘zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko‘rsatuvchi manbalar sirasiga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini kiritish mumkin. «Qutadg‘u bilig» asari she’riy pandnoma bo‘lib, podsho Kuntug‘di, dono vazir Oyto‘ldi, Oyto‘ldining o‘g‘li O‘gdulmish o‘rtasidagi suhbatdan iboratdir. Bu 53 asarning uch qo‘lyozma nusxasi fan ahliga ma’lum. Ulardan 1439 yilda uyg‘ur xatida ko‘chirilgan Hirot nusxasi hozir Venada va XIV asrda kitobat qilingan deb taxmin qilinayotgan nusxa Qohirada saqlanmokda. Arab yozuvidagi Namangan nusxasi XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu nusxa asosida Qayumjon Karimov asarni 1971 yilda kirill alifbosidagi nashrini tayyorlab, chop qilgan. «Qutadg‘u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham muhim asardir. Unda o‘sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo‘lgan til faktlari hisobga olingan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, «Qutadg‘u bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o‘sha davr tilini ma’lum bir tizimga soldi va adabiy tilni rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shdi. Asarga asos bo‘lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar mavjud. Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo‘lsa-da, qatiy bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkripsiyasini beradi. Chunki u asar tilini oltoy tillaridan sayhon tiliga yaqin, deb hisoblagan. Radlov «Oltoy nazariyasi»ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tilida so‘z boshi va oxirida kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo‘ladi. Ammo intervokal pozitsiyada undoshlar jarangli bo‘lishi mumkin. O‘zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg‘u bilig»ning transkripsiya qilib chikdi. Mazkur transkripsiya asosida 1891 yilda nemischa tarjimasi e’lon qilindi. Radlovning bu qarashlarifanda ko‘p e’tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar daniyalik olimi Tomsen tarafidan ko‘rsatilgan edi. Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadg‘u bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen «Qutadgu bilig» asarini tekshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi. Malov bu asarni bir o‘rinda chig‘atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa, boshqa bir o‘rinda uni uyg‘ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning arabcha ko‘chirilgan nusxalari XI asr uyg‘ur tilini ravshan aks ettiradi deb ta’kidlaydi. Sharqshunos olim Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) kitobida bu asar tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.Valitova mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e’tirof qildi. Q.Karimov asar tili 54 Bug‘roxon qo‘l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy qabilalar uchun tushunarli bo‘lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o‘sha davr turk qabilalari tillari asosini o‘zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat’iy fikrga kelish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o‘sha davr normalarini aks ettirgan. Davr fonetik xususiyatiga ko‘ra asarda 9 ta unli tovush (i, ә, e, ү, ө, ы, a, u, o), 28 ta undosh tovush qo‘llangan. Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Doston tilida “y” o‘rnida “d” qo‘llash hodisasi ustun darajada: kedin – keyin, beduk – buyuk, qadg‘u- qayg‘u, o‘dan – uyg‘on, adaq - oyoq singari. «Qutadg‘u bilig» asarida qo‘llangan 3370 ta leksemaning 2817 tasi turkiy (85 %), 416 tasi arabcha, 91 tasi fors-tojikcha, 7 tasi sanskritcha, 7 tasi so‘g‘dcha, 6 tasi xitoycha, 7 tasi arabcha+forscha, 2 tasi arabcha+yunoncha, 2 tasi sanskritcha + forscha, 1 tasi forscha+hindcha, 1 tasi arabcha+lotincha birlik sanaladi. Dostonda turli sohaga doir so‘zlarni uchratish mumkin. Jumladan, ijtimoiy- siyosiy terminlar: mansab va lavozimni ifodalovchi terminlar (aγïči, bitigči), diplomatik atamalar (elčï, yumuščï); harbiy terminlar (yatγaq, pusuγ); savdo-sotiq terminlari (satïγ, aγïčï); tibbiy terminlar (mitridus, čurnï); antroponimlar Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling