Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
(chigil, arg‘u, barsag‘on, uyg‘ur), o‘g‘uz va qipchoq qabilalari tillari.
Turklarning tillari doimo qiyosga asos rolini o‘ynaydi va qiyosga asos bo‘lgan lingvistik fakt o‘g‘uz va qipchoq qabilalari tillariga qiyoslanadi. Jumladan, fonetik jihatdan turklarda so‘z boshida kelgan «y» o‘g‘uzlarda va qipchoqlarda «nun» yoki «j» bilan almashadi: yelkin - yelkin «musofir», yinju - jinju «marvarid», yilig‘ - ilig‘ «iliq». Turklardagi so‘z boshida kelgan «m» o‘g‘uz, qipchoq, suvorinlarda «b» ga aylanadi: men – ben, mun - bun «sho‘rva». Shuningdek, t», «k» kabi jarangsiz tovushlar o‘g‘uzlarda jaranglilashadi: tevay – devay “tuya”, ot; o‘g‘uzlarda:, od. Aksincha, turk va boshqa qabila tillaridagi «d» o‘g‘uzlarda «t»ga aylantiriladi: bugda - bukta «hanjar», yigda - yikta «jiyda» va hokazo. Demak, u qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning poydevorini yaratgan yirik allomadir. Mutaxassislarga yaxshi ayonki, Yevropada XX asr boshlarida lingvogeografiya lingvistikaning tarmog‘i sifatida shakllandi. Aslida uning ildizlari 58 Mahmud Koshg‘ariyga borib taqaladi. Alloma qabilalar tilining dialektal xususiyatlarini yoritib, turkiy tillar dialektologiyasiga poydevor qo‘ygan bo‘lsa, turkiy qabilalarning joylashish o‘rni ko‘rsatilgan dialektolgoik xaritani yaratish orqali lingvistik geografiya faniga asos soldi. Olim fonemalarning yozuvda ifodalanish darajasi, fonema bilan harf munosabati, ularning o‘rtasida doimo mutanosiblik bo‘lavermasligi haqida fikr yuritadi. Jumladan, unlini ifodalash uchun qo‘llaniladigan U harflar birikmasi «qalin-ingichkalik» belgisi bilan farq qiluvchi va so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat etadigan bir necha fonemani ifodalashini ko‘rsatadi. Masalan, «o‘t» so‘zida qalinroq talaffuz qilinib, «devorda va taxtada bo‘lgan teshik» ma’nosini; yanada ingichkaroq talaffuz etilib, «achchiqlik», «o‘t qopchasi» ma’nosini ifodalashi, demak, ular har qaysi ma'noda alohida-alohida leksema ekanligini, leksemalarni farqlash uchun esa fonema xizmat etayotganini ta’kidlaydi (I, 48). Yozuvdagi ana shu kamchilikni mavjud harflarga nuqtalar qo‘yish orqali to‘ldirishga harakat qildi. U turkiy tildagi o‘n sakkizta harf haqida gapirib, shunday yozadi: bu asosiy harflardan boshqa talaffuzdagina (yozuvda emas) ifodalanuvchi yana yettita harf borki, bu tildagi so‘zlar ularsiz yozilmaydi. Bular qattiq talaffuz qilinadigan ب (p), arabcha ج (j) – “jim” (bu lug‘atda, ya’ni turkchada kam qo‘llaniladi), ز (z) bilan ش (sh) oralig‘ida talaffuz etiladigan ژ (j); arabcha ف (f); nuqtali غ (g‘); (7) ق (q) bilan ک (k) oralig‘ida talaffuz etiladigan yumshoq ک (g), kofi g‘unna bilan غ (g‘) oralig‘ida hamda ق bilan ن oralig‘ida talaffuz etiladigan ng‘ (ң) dir. Bu harflarni talaffuz qilishda turklardan boshqalar qiynaladilar. Bu harflar o‘sha [yuqoridagi] harflardek yoziladi, tepasiga nuqta qo‘yilib farqlanadi (I,22). Turkiy fonemalar bilan arab yozuvidagi grafemalar o‘rtasida katta nomutanosiblik mavjudligi, shuning uchun bu yozuv turkiy tillar fonetik (fonologik) tizimini to‘g‘ri ifodalay olmasligini ko‘rsatib beradi. Xususan, arab yozuvida shunday harflar borki, bu harflar faqat arab tiliga xos bo‘lgan fonemalarni ifodalaydi: hech bir turk qabilasi tilida ث harfi (ni ifodalagan tovush) yo‘qdir. Itboq harflaridan bo‘lmish ض ص ظ ط harflari (ni ifodalagan tovush) ham 59 turk tilida yo‘qdir. Shuningdek, bo‘g‘iz tovushlari ifodasi bo‘lmish ح ع ﻫ harflari ham turklarda yo‘qdir. ىكْکُا ŷkkі so‘zini ىﻫُا ŷhі deguvchilar juda kamdir. ىّكُا ŷkkі so‘zini “k” bilan talaffuz qilish qipchoqchadir. Tutantiriq yog‘ochini kanjaklar ا ٰهَج Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling