Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

(Afrasiyab, Faridun); oziq-ovqat va ichimlik nomlari (lewäš, etmäk) va hokazo. 
Dostonda qo‘llangan yeδgü «ezgu», inč «tinch», yalŋuz «yolg‘iz», yaqšï 
«yaxshi», yïδ «hid», yaγmur «yomg‘ir», ögrän= «o‘rgan» kabi turkiy so‘zlar 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonetik, adaš//aδaš «do‘st», ayït= «so‘ramoq», tiril= 
“yashamoq», ögtäm «kibrli» kabi leksemalar semantik o‘zgarishlar bilan 
qo‘llanadi. Ersig «mard, jasur», arïγ «toza», alčaq «saxovatli, yumshoq ko‘ngilli», 
umdučï «tamagir», saran «xasis», irig «dag‘al, qo‘pol», ersäl// irsäl «bevafo», 
qumaru «meros, esdalik» singari leksemalar esa bugungi kunda iste’moldan 
chiqqan. 


55 
Asar matnida ifodalangan qonuq «mehmon», iŋäk «sigir», (Qashqadaryo, 
Surxondaryo shevalari), börk «qalpoq» (Xorazm shevalari), šatu «narvon», ǯiča 
«ozgina» (Farg‘on, Andijon shevalari) kabi so‘zlar hozirgi o‘zbek shevalarida 
saqlanib qolgan
10

Asarda O‘rxun-Enisey yodgorligiga oid so‘zlar anchagana: bodun - xalq, 
qamuq - hamma, tөra - qonun, bayat - xudo, өd - vaqt, otachi – tabib, bitigchi – 
kotib, bilga – dono, ujuz – arzon, tangrialp – botir. 
Doston tilida qadimgi turkiy manbalar va undan keyin yaratilgan 
yodnomlarda uchramaydigan leksik birliklar mavjud.: qopdaq «baxil, qizg‘anchiq; 
ochko‘z», qoquz
«bo‘sh, xoli; oz, kam», köksä= «ko‘kka, osmonga ko‘tarilmoq»
uluγ kün– «qiyomat», qara yüz – «xizmatkor» va hokazo. 
Yusuf Xos Hojib omonim, sinonim va antonimlardan ham unumli 
foydalangan: at (zoonim) - at (ism) - at (otmoq); achыg‘ (achchiq) - achыg‘
(toza), qiz (inson) - qiz (qimmatbaho) kabi omonimlar, yaruq - qaraqu,
xosh//yaxshi - yaman, yumshaq - qatыg‘, achыg‘-tatg‘; beduk – qodu, uchshtah 
(do‘zax) - tamug‘ (do‘zax) kabi antonimlar, achыg‘ - suchug, sevinch – qosh 
yozmoq, ich so‘z – sir, tabassum qilmoq – ko‘z yozmoq kabi sinonimlarni uchratish
mumkin.
Dostonda sanskrit, so‘g‘d, arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan leksemalar 
ham ko‘zga tashlanadi: čurnï «surgi dori», sart «savdogar»; ačun «olam, dunyo», 
bag‘ «bog‘», uštmah «jannat»; mashriq, kitob, laqab, ayb, firoq; dushman, azad, 
fano, pandnoma singari. Umuman, «Qutadg‘u bilig» asari XI asr qabila tillarini 
birlash- tirish va rivojlantirishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy o‘z davrining atoqli olimi 
sifatida 1076\1077 yilda tilshunoslikka oid “Devonu lug‘atit turk” asarini yaratgan. 
Asarning yagona qo‘lyozmasi bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahridan 
topilgan. Qo‘lyozmani 1266-yilda ko‘chirgan kotib Muhammad binni Abu Bakr 
Damashqiyning yozishicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z dastxatidan foydalangan. 
Qo‘lyozma hozir Istambuldagi Millat kutubxonasining Ali Amiriy fondida 
10
Холмуродова М. “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. номз... дисс. автореф. –Т., 2011.–Б.14. 17. 
– Тошкент, 2019.


56 
saqlanadi. “Devonu lug‘atit turk” 1915-1917 yillarda uch tomdan iborat qilib 
Istambulda nashr etiladi. Shu nashr asosida Brokkelman bu asarni 1928-yilda nemis 
tiliga tarjima qilib e’lon qiladi. 1939-yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk 
tilida bosiladi. “Devon”ning tarjimalari haqida gapirganda, shuni aytish kerakki, 
asar bugungi kunga qadar 18 tilga tarjima qilinib, 22 marta nashr qilingan. Asardan 
ilk namunalar yurtimizda 1927-1928 yillarda Fitrat ijodida ko‘zga tashlansa, uning 
o‘zbek tilidagi to‘la nashri 1960-1963 yillarda filologiya fanlari doktori, professor 
S.Mutallibov tomonidan e’lon qilingan edi. Qayd etilgan nashrning 2006-yildagi 
turkcha, Anqarada nashr etilgan B.Atalay hamda 2010-yildagi ruscha, ya’ni 
Moskvada chop qilingan A.Rustamov tarjimalari bilan solishtirilib keng 
kitobxonlarga 2016-yilda ikkinchi bor taqdim etilishi katta ahamiyatga molikdir
11

Arab tili ilm-fan tiliga aylanib ulgurgan bir paytda barcha turkiy xalqlar 
uchun birdek qimmatli bo‘lgan ushbu nodir manbada 8,5 mingdan ortiq turkiy 
so‘zning arabcha izohlab berilishi, shuningdek, buxorolik olim tilidan “Turk tilini 
o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom etadi” degan hadisning 
keltirilishi o‘sha davrda turkiy qabilalar nufuzi ortib borayotganligidan dalolatdir. 
Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariyning “a” ni “ha” tarzda talaffuz qiluvchi qabilaga 
mansubligi uning qaysi qabiladan ekanligini aniq ifodalamasa-da, mazkur 
qabilaning turkiylar orasida katta mavqega egaligidan guvohlik beradi.
Muqaddima va 8 bo‘limdan iborat asarda turkiy tillar fonetikasi, nutq 
tovushlarining qo‘llanilishi, talaffuzi, fonema va harf tushunchalarining 
farqlanishi, boshqa tilga oid undosh tovushlar, tovush almashishi, yozuv 
islohotlari, so‘z ma’nolari, so‘z yasalishi, grammatika, dialektologiya bilan bog‘liq 
lingvistik tahlillar hamda adabiyot, tarix, falsafa, huquq, mantiq, axloqshunoslik, 
siyosat, etnografiya, harbiy san’at kabi sohalarga oid ma’lumot va misollar, shu 
bilan birga, xalq og‘zaki namunalari, sermazmun hikmatlar, maqol va matallarning 
berilishi olimning, haqiqatan, o‘z zamonasining yetuklaridan, eng katta 
mutaxassislaridan ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
11
Туркий сўзлар девони (Девону луғоти-т турк). – Тошкент: Mumtoz so`z, 2016.


57 
Adabiyotlarda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asrda paydo bo‘ldi deyiladi 
va uning asoschilari sifatida F. Bopp va R. Rask hamda Ya. Grimm e’trof etiladi. 
Vaholanki, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabila, qavm va urug‘lar yashagan shahar, 
qishloq hamda yaylovlarni 15 yil mobaynida birma-bir kezib, so‘zlarni to‘pladi, 50 
ga yaqin qavm va urug‘lar, jumladan, 20 ta qabila tilini qiyoslab, ularning kichik 
farqlari, nozik xususiyatlarini aniqladi, ayni paytda, turkiyshunoslikda birinchi 
bo‘lib turkiy tillar tasnifini amalga oshirdi. U turkiy tillarni fonetik va morfologik 
prinsipga asosan ikki guruhga ajratadi: 
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab yuqori Chingacha 
(Mochingacha) bo‘lgan qabilalar tili. 
2. 
O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, totor, yamaq, suvorin va rusdan Vizantiyagacha 
(Rumgacha) joylashgan qabilalar tillari. 
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy tillar 
deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turk qabila tillari orasida fonetik hamda 
morfologik farqlar mavjud. 
Turkiy tillarni farqli belgilariga ko‘ra dastlab ikki guruhga ajratdi: turklar 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling