Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yenisey yodgorliklari
- Kultegin bitigi.
- Bilga xoqon bitigi
Arabcha o‘zlashmalar. Arablar O‘rta Osiyoga (VII asrning ikkinchi yarmi
- VIII asr) kelganlaridan keyin bu yerdagi mahalliy turk runiy, uyg‘ur, xorazmiy, so‘g‘d yozuvlarini siqib chiqardi va ularning o‘rniga arab yozuvi ishlatila boshladi. Natijada, O‘rta Osiyo xalqlari o‘z adabiyoti va madaniyatini arablar ta’sirida davom ettirishga majbur bo‘ldilar. Arab tili ilm-fan tiliga aylandi. Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi olimlar o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Arab so‘zlari o‘zbek tiliga kitob, madrasa, din hamda tojik tili orqali kirgan. O‘zbek tilida qo‘llaniladigan arabiy so‘zlar turli sohalarga oid bo‘lib, bular ham tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar kabi fonetik, morfologik va semantik jihatdan o‘zbek tiliga moslashgan holda qo‘llaniladi. 8 Навоий Алишер. Асарлар. 15 т. Т.14. –Т.: Ғафур Ғулом, 1967. –Б. 115. 44 Arab tilidan o‘zbek tiliga -iy, -viy, -ot, -iyat, -an singari grammatik qo‘shimchalar o‘sha til so‘zlar tarkibida o‘zlashtirilgan. Ammo ulardan ba’zilari ruscha-baynalmilal so‘zlarga qo‘shilib, sifat yasash uchun xizmat qiladi: texnikaviy, kimyoviy, partiyaviy. O‘z navbatida, arab tiliga turkiy so‘zlar ham o‘zlashgan. Masalan, XII asrda yaratilgan arab tili yodgorliklarida alp (bahodir), qutlug‘ (baxtli), chag‘ri (ov qushi), bilga (olim), XIV asr obidalarida xatun (xonim), ag‘a (katta), bek, haqan singari turkiy so‘zlarni uchratamiz. Bu hol arab tiliga turkiy tillarning ham ta’siri bo‘lganligini ko‘rsatadi. Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda run bitiglari eng qadimiy obidalardan hisoblanadi. O‘rxun-enasoy yozma yodgorliklari turkiy tillarning qadimiy xususiyatlarini mukammal aks ettira olmasa-da, turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot bosqichiga oid muhim manba sifatida ahamiyatlidir. O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, asosan, toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra u qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan ham yuritiladi. Sibirda surgunda bo‘lgan shved ofitseri F.Stralenberg 1730-yilda hali tarixda noma’lum bo‘lgan va hech kimsaga tushunarli bo‘lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi. Bu yozuv haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S.Remezov, keyinroq shved olimi F.Stralenberg hamda nemis olimi D.Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv(lar)ning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.Abel Remyuza (1820), so‘ngra rus olimi N.Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890-yilda N.Yadrinsev va 1891-yilda V.Radlov rahbarligida Urxun daryosi bo‘yiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yilda 2 ta atlas e’lon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan matnlarni birinchi bo‘lib daniyalik tilshunos V.Tomsen o‘qishga muvaffaq bo‘ldi (1893). U 1893-yil 15-dekabrda Daniya fanlar akademiyasi majlisida O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan yodgorliklarning sirini topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. V.Tomsendan so‘ng V.Radlov Kultegin xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi 45 matnning transliteratsiya va transkripsiyasin tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi. Shundan keyin ko‘p yillar davomida bu yozuvlarni tarjima qilish, ularning til xususiyatlarini o‘rganish va nashr etish sohasida salmoqli ishlar qilindi. O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z navbatida , uch tarmoqqa bo‘linadi. 1. Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Yenisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir. 2. O‘rxun yodgorliklari. Mo‘g‘uliston hududidagi O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan Kultegin, To‘nyuquq yodgorliklaridir. 3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Qozogʻistonning Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir. Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalari quyidagilardir: 1. Kultegin bitigi. Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Eltarish xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. 2. Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish hoqonning toʻngʻich o‘g‘li. U 734-yilda 50 yoshida vafot etgan. Yodgorlik toshi 735-yilda uning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigin tomonidan o‘rnatilgan. 3. To‘nyuquq bitigi. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk hoqonligi davrida yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U. Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734- yillar oralig‘ida yozilgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling