Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Muhabbatnoma»
āzād, tāj, taxt, xasta, xumār (maslik), dushvār, rustā (qishloq), magar kabi.
4. Arabcha so‘zlar. Arab tili unsurlari bevosita islom dini ta’siri hamda fors-tojik tili orqali o‘zlashgan: ajal, āxыr, ādam, asbāb, atrāf, imin (tinchlik), hukm, xazina, adl, falak, quvvat, qaysar, vasiyat. Asarda sinonimik qatorlar kuzatiladi: ukush-telim (ko‘p), uzaq-alыs-yыraq (uzoq), el-ulus (el), azmaq-yanshmaq (yanglishmok). Shuningdek, dostonda juft so‘zlar ham qo‘llangan: artы-arqasы, ash-su, altun-kүmүsh, ayaq-chanaq (idish), ichi-tashы, barыm-yoqыm (mol-dunyo), kөz-qulaq, malu tavar (boylik), artuq- өksүk (ortiq-kam). Doston morfologiyasida, bir tomondan, eski turkiy til an’analari saqlangan, ikkinchi tomondan, keyinchalik u eski o‘zbek adabiy tilida meyorga aylangan morfologik shakllar bilan boyigan. Qaratqich kelishigi -im, tushum kelishigi ba’zan -g /g‘ qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan: menim, yerig - yerni. Vosita kelishigidan unumli foydalanilgan: anin - u bilan, eligin – qo‘li bilan. 16 Наджип Э. Историко-сравнительный словарь тюркских языков XIV века: на материале «Хосрау и Ширин» Кутба. – М: Наука, 1979. –С. 48. 78 Asar tilida chiqish kelishigi -dan/-dәn, -din -dыn, -tin -tыn, jo‘nalish kelishigini -kә\-qa qo‘shimchalari bilan berilgan: bag‘dan, holimdin, ishkə, sahrāqa. Tartib son -nch, jamlovchi son -agu qo‘shimchasi orqali ifodalangan: ikagu, uchagu, ikinch. Fe’lning amaliy shakllarida hozirgi davrda mavjud bo‘lgan qo‘shimchalar bilan birga qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan -ыg‘lы /-igli, -gan, -mish sifatdosh, -u, -yu, -madin ravishdosh affikslari ham qo‘llangan: o‘qыg‘lыlar, ko‘rgan, aymish, aytu, o‘ynayu, so‘zlamadin. Buyruq-istak maylining I shaxsida (birligi va ko‘pligi) -ay (ayin), -aling, -alim (-g‘alim, -g‘aling), III shaxsida -su qo‘shimchalari qatnashgan: -bo‘layin, yopaling, baralim, alaling, kelsu. Kelasi zamon fe’li birinchi shaxs bo‘lishsiz shakli -man, shart mayli -sa tarzida keladi: kelman, barman, bilman, alsang, so‘zlasabiz, baqdisa. Shunday qilib, «Xusrav va Shirin» dostoni o‘zbek adabiy tilining o‘g‘uz – qipchoq lahjalarida yaratilgan yodgorlik sanaladi. Xorazmiy o‘zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san’atkordir. Ayni vaqtda she’riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so‘z ustasidir. U Jonibekning mahalliy beklaridan bo‘lgan Muhammad Xojabekning iltimosiga ko‘ra hijriy 754, milodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Asar bilan Navoiy ham tanish bo‘lgan. «Muhokamat ul lug‘atayn»da turkiy tilning boyligini isbotlamoq maqsadida «Muhabbatnoma»dan misol yeltiradi. «Muhabbatnoma»ning 2 ta qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Shulardan eskisi uyg‘ur yozuvidagi nusxa bo‘lib, Britaniya muzeyida saklanadi. Nusxa Shohruxning Hirotdagi sarkardasi Mir Jaloliddin topshirig‘i bilan Bakir Mansur (baxshi) tomonidan 1432 yilda Yazd shahrida ko‘chirilgan. O‘nta noma, ya’ni 364 bayt berilgan. Arab yozuvidagi ikkinchi nusxa ham Britaniya muzeyida saqlanadi 1508- 1509 yillarda ko‘chirilgan, 474 baytdan tarkib topgan. Asarning arab va uyg‘ur yozuvidagi qo‘lyozmalari mavjud bo‘lib, til jihatdan ma’lum darajada farqlanadi. Ma’lumki, asar kirish, «Muhammad Xojabek madhiyasi»dan iborat. Ulardan keyin esa nomalar yozilgan. Nomalarning tuzilishi ham an’anaviy tartibda: oldin 79 noma, so‘ngra g‘azal, undan keyin masnaviylar berilgan, 3 noma fors-tojik tilida, qolgan 8 tasi turkiy tilda yozilgan. Xorazmiy asarning xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun o‘sha davr o‘zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan. O‘zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalangan shoir omonim so‘zlar vositasida orginal so‘z o‘yinlari hosil qiladi: Ashar yeldin sening yelganda ating, Quyash yangliq jahonni tutti ating. Bo‘yung sarvu sanubartek beling qil, Vafo qilg‘an kishilarga vafo qil. Asar leksikasida o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Unda shunqar, ukush (ko‘p), asru (juda), uram (ko‘cha), dudaq (lab), qamuq (barcha), qapuq (eshik), ug‘an (tangri), uzra, telim (ko‘p), ashnu (avval) singari eski turkiy adabiy tilga tegishli leksik birliklar qo‘llanishda bo‘lgan. «Muhabbatnoma» XIV asr adabiy tilining yodgorligi bo‘lib, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ә//nә, -a//na, tushum kelishigi -i, -n -ni, jo‘nalish kelishigi -ga, -g‘a, chiqish kelishigi -din, -tin tarzida ifodalanadi: ellinə (qo‘liga), gavharina (gavhariga), nurina (nuriga), tənə (tanga); ko‘nglumi, өzimi, o‘larin, sachini, kishilarga, baqmag‘a, la’lingizdin, yiraqtin. Ravishdoshning -gәch//-g‘ach, istak mayli -әli//alы, shart mayli -sar/sәr affikslari bilan shakllanadi: eshitgach, baralы, ketəli, so‘lisar, bo‘lsar. Kelasi zamon fe’li - yүr//yur, uning bo‘lishsiz shakli -man affiksi bilan yasalgan: yavutman (yaqinlashmayman), unutman (unutmayman), unutman (ko‘tarmayman), sayrayur, taplayur (egiladi). Taqsim sonlar -ar, sifatdosh -g‘an-gan, ravishdosh - ban qo‘shimchalari bilan kelgan: birar, ikirar, uchar, qilg‘an, o‘quban. Ko‘rinib turibdiki, «Muhabbatnoma» asarida XIV asrning oxiri - XV asrning boshlarida Xorazm va Movaraunnahrda hukm surgan adabiy til an’anasi davom ettirilgan. Shuning uchun unda qipchoq-o‘g‘uz, shuningdek, qarluq lahjasi xususiyatlarini uchratamiz. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling