Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING XIV ASRDAGI TARAQQIYОTI
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xusrav va Shirin
6-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING XIV ASRDAGI TARAQQIYОTI
Reja 1. “Qisasi Rabg‘uziy” asarining til xususiyatlari. 2. “Xusrav va Shirin” asari tili va uslubi 3. “Muhabbatnoma” asarining tili Qozi Nosiruddin Burhonuddin o‘g‘li Xorazm (hozirgi Qoraqalpog‘is- ton Respublikasi Nukus tumani)ning o‘g‘uzlar maskan tutgan Raboto‘g‘uz – To‘qqal’a (Raboto‘g‘uz hozirgi davr yodgorliklari ro‘yxatida To‘qqal’a nomi bilan qayd etilgan) degan joyidan bo‘lib, XIII asr oxiri – XIV asr birinchi yarmida yashagan. Shuningdek, uning Rabg‘uziy taxallusini olishi ham tug‘ilib o‘sgan joyi nomi bilan bog‘liq. Biroq allomaning hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Uning bizgacha 46 ta qissani o‘z ichiga olgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarigina yetib kelgan. Turkiy xalqlar o‘rtasida «Qisasul-anbiyo» nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur yodnomada qayd etilgan payg‘ambarlar haqidagi qissalar, hikoyatlar va rivoyatlarning aksariyati Qur’oni karim, Hadisi sharif va boshqa diniy manbalar asosida yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu asar chingiziylar hukmronligi davom etayotgan bo‘lsa ham Volga bo‘ylaridan to Xitoy chegaralarigacha cho‘zilgan ulkan hududda mo‘g‘ullar qanday turkiylashayot- ganini va islom ta’limotini turkiy tilda «o‘qimoqqa keraklik, o‘rganmakka yarog‘liq» kitoblar orqali qabul qilib musulmon bo‘layotganini ko‘rsatadigan ajoyib tarixiy dalildir. Asar Raboti o‘g‘uzning begi, islom dinini qabul qilgan, mo‘g‘ul beklaridan bo‘lgan Nosiruddin To‘qbug‘abekning iltimosiga binoan hijriy 709-710 (milodiy 72 1309-1310) yillarda bitilgan. E.Fozilovning ta’kidla- shicha: Nosiruddin Rabg‘uziy o‘z asarini yaratish jarayonida nihoyatda katta tayyorgarlik ishini olib borgan, ushbu mavzuga oid o‘nlab arab, fors tillaridagi anbiyolar qissalarini chuqur o‘rgangan. Qur’on karim, hadislarni mukammal bilgan, aruz she’riyati qonuniyatining bilimdoni bo‘lgan. Dastavval asarning ilk variantini hozirlagan, uning ustida tinimsiz mehnat kilgan, har bir jumla, har bir kalimaning ma’nodagi nozik farqlarini chuqur his qilgan. Eng so‘nggi variantini bir yilda nihoyasiga yetkazib, ko‘chirib chiqqan. Yodnomaning turli davrlarda ko‘chirilgan bir necha qo‘lyozma nusxalari mavjud bo‘lib, ular dunyoning qator kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda. Qo‘lyozmalarning dastlabkisi XV asrda kitobat qilingan bo‘lib, hozir Britaniya muzeyida saqlanadi. Jami 248 varaq, har bir betida 21 qator yozuvdan iborat bu nusxa adibning tirikligi chog‘ida 1340 (hijriy 740) yilda ko‘chirilgan degan fikr ham mavjud. Asar matnida XII XIII asrlarning til xususiyatlari yaxshi saqlangani, yozuvi dastxat XIV asr boshlarida ko‘chirilgan deyishga asos bo‘ladi. Eski qo‘lyozmalardan yana biri Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘limida S-245 raqami ostida saqlanayotgan nusxa bo‘lib, u XV XVI asrlarga mansub deya taxmin qilinadi. Asarning boshqa qo‘lyozmalari keyingi yuzyilliklarga oid, turli saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilgan, o‘z davri adabiy tiliga muvofiqlashtirilgan. Ya’ni qo‘lyozmalar kitobat qilingan paytdagi tilning ta’siri katta. Oxir-oqibatda matn tili va uslubi o‘zgarishlarga uchragan. Shvesiya, Parij, Boku, Toshkent nusxalari shular jumlasidandir. Akademik E.Fozilovning ta’kidicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida obidaning 13 ta, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy muzeyi fondida esa 2 ta qo‘lyozma nusxasi bor 13 . A.Xaliullina ilm olamida asarning 35 ta 13 Фазылов Э. И. Тurkologica. II. –Т.:Фан, 2008. –Б. 383-384. 73 qo‘lyozmasi mavjudligini, shundan 19 tasi (1859-1911 yillarda nashr qilingan) Qozon kitob fondida saqlanishini qayd etadi 14 . Daniyalik matnshunos K. Gronbek 1948 yili Kopengagenda yodnomaning eng qadimiy qo‘lyozmasi sanalgan London nusxasi faksimilini nashr ettirdi London nusxasi asosida 1990-1991 yillarda O‘zRFA Hamid Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar institutining bir guruh olimlari asarni kirill alifbosida kitobxonlar hukmiga havola etdi. Ikki kitobdan iborat ushbu nashrning so‘ngida Qur’oni Karim oyatlari, Hadisi Sharif va she’rlarning tarjimasi, lug‘at va izohlar, kishi ismlari bo‘limlari o‘rin olgan. Abdurauf Fitrat asar tili xususida quyidagilarni yozadi: chig‘atoy adabiyotining eng birinchi asari sanalg‘an Rabg‘uziy “Qisas ul-anbiyo” sining shevasi “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq” kabi xoqoniy turkchasida yozilg‘on kitoblarning shevasini eslatadir. Zotan, chig‘atoy turkchasi o‘zidan yuzlab yil burun hukum surgan bir adabiy shevani oz vaqtda yo‘qotib, uning joyini o‘zi ololmas edi 15 . Bir so‘z bilan aytganda, d-z-y adabiy tilining so‘nggi namunalaridan sanalgan qissa qadimgi turkiy til bilan eski o‘zbek tili o‘rtasidagi o‘tish davrini aks ettirish barobarida, bir tomondan, Sharqiy Turkiston tili xarakterini ko‘rsatib bersa, ikkinchidan, unda XIV asrdan so‘ng yaratilgan asarlarning til xususiyatlari o‘z ifodasini topgan. Obidaning o‘zi esa qarluq tillari zaminida yuzaga kelgan bo‘lib, unda o‘g‘uz tili unsurlari ham mavjud. Yodnoma tilida jami 5511 ta leksema ishlatilgan bo‘lib, shundan 2950 tasi turkiy, 2151 tasi arab, 329 tasi fors-tojik, 55 tasi arab tili orqali kirib o‘zlashgan qadimiy yahudiy, 14 tasi yunon, 3 tasi xitoy, 4 tasi sanskrit, 5 tasi sug‘d tillariga mansub so‘zlar hisoblanadi. Qissada xalq xo‘jaligining turli sohalariga oid so‘zlarni uchratish mumkin. Masalan: I. Antroponimlar: Šis, Nuh, Ibrāhim, Isā, Musā, Zulkifl. 14 Халиуллина А. Графо –фонетические и морфологические особеннности тюркоязычного письменного памятника XIV в. “Кысас ал-анбия” Насреддина Рабгузи . Автореф. дис. ... канд. филол. наук. –Казань, 2002. –С.6 15 Фитрат, Абдурауф. Тилимизнинг тарихий оқими / Танланган асарлар: Ж. IV. –Т.: Маънавият, 2006. –Б. 174. 74 II. Kishilarga nisbatan qo‘llanuvchi so‘zlar: ādam – «inson», kiši – «odam», dost – «do‘st», yār – «do‘st», dušman – g‘anim»,. III. Inson tana a’zolari nomlari: erin – «lab», aya – «kaft», eŋ – «yonoq», ernäk – «barmoq», eyägü – «qovurg‘a suyagi». IV. Qavm-qarindoshlik, yaqinlik ma’nolarini anglatuvchi so‘zlar: ābā – «ota», ağa – «aka», ammuzāda – «amakining o‘g‘li», jadd – «bobo». V. Yosh tushunchasi bilan aloqador leksemalar: yigit – «yigit», abušqa – «keksa, qari», qart – «keksa», qurtğa – «kampir». VI. Jinsiy tafovut tushunchalarini anglatuvchi so‘zlar: er – «erkak», ewlÿk – «xotin», qïz – «qiz», oğul – «o‘g‘il», iŋäk – “urg‘ochi tuya”. VII. Kishilarning qo‘li bilan yaratilgan narsa-predmetlar nomlari: bïčaq – «pichoq», orğaq – «o‘roq», köŋläk – «ko‘ylak», közgü – «oyna». VIII. Yegulik va ichimliklar: et – «go‘sht», etmäk – «non», čağïr – «sharob», kömäč – “cho‘g‘da pishirilgan non”, un – «un». IX. Kasb-hunar nomlari: aščï – «oshpaz», yïğaččï – «duradgor», etmäkči – «novvoy», bözči – «to‘quvchi», qoyčï – «cho‘pon va hokazo. Qissa so‘z boyligida qadimgi turkiy til va eski turkiy tilning dastlabki yodgorliklarida qayd etilgan leksik birliklar ko‘zga tashlanadi: aδaq – «oyoq», alïn – «peshona», meŋiz – «yuz», eš – «o‘rtoq», ağ – «to‘r». Asar tilida polisemantik so‘zlar ham o‘z o‘rniga egaligini quyidagi misollardan bilish mumkin. Xususan, tam, tüz leksemalari bir necha ma’nolarda qo‘llangan: tüz “tekislik”, “bir xil, aynan”, “to‘g‘ri” ma’nolarni anglatgan. Tam so‘zi quyidagi semalarni bildirgan: “devor”, “uy”, “binoning ustini berkitib turuvchi qismi”. Tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, mazkur so‘zning “devor” sememasi qolganlari uchun denotat, ikkinchi va uchinchi ma’nolar esa konnotativ sema hisoblanadi. Ayni paytda shuni ta’kidlash joizki, so‘zning “binoning ustini berkitib turuvchi qismi” ma’nosi qissa tiliga xos xususiyat. Chunki ushbu semema asardan oldin va u bilan bir davrda yaratilgan manbalarda uchramaydi. Rabg‘uziy asar ta’sirchanligini oshirish maqsadida shakldosh, ma’nodosh va zid ma’noli so‘lardan ham unumli foydalangan: baš “bosh”– baš “yara”; bašlïq 75 “rahbar” – bašlïq “bosh kiyimi, bo‘rk”; bulun “asir” – bulun “taraf, yon”; qïn “qiyinchilik” – qïn “qilich g‘ilofi”; ağ – tuzaq “to‘r, tuzoq”; anuq – tayyar “tayyor”; asïğ – yarar “foyda”; ašlïq – buğday “bug‘doy”; bek «bek» – qul «qul»; yağï «dushman» – eš «o‘rtoq»; bay «boy» – čïğay «kambag‘al»; kün «kunduz» – tün «qorong‘i»; ewlük – tiši «ayol» – er – erkäk «erkak». Qissa tilida sanskritcha, so‘g‘dcha, xitoycha, yunoncha, arabcha va fors- tojikcha o‘zlashmalar ham ko‘zga tashlanadi: sart, fil, kāfur - “kamfora, o‘tkir hidli, rangsiz kristal modda”; bag‘, rang, uchmah, ajun; yinju, chang; zumurrud, diram, marmar, daftar, iqlim; avval, vaqt, davlat, xat; xush, meva, ziyrak, taxta kabi. Morfologik jihatdan turkiy qo‘shimchalar vositasida so‘z yasash usuli muhim o‘rin tutib, bunda quyidagi qo‘shimchalar sermahsul sanaladi: -čï/-či: aščï – «oshpaz», atïmčï – «mergan», ayaqčï – «soqiy», bitigči – «kotib»; -lïğ/-lig//-lïq/-lik//-luğ/-lüg//-luq/-lük: ağrïğlïq – «xasta», ašlïq – «oziq- ovqat, yegulik don», ayaqlïğ – «qadahlik», otačïlïq – «tabiblik»; k//-uq/ük//-uğ/üg-//-aq/-ağ//-ïğ//-ig//-ïq/-ik: anuq – «tayyor» ( «bo‘yoq»( til xususiyatlari ko‘p asrli tarixga ega bo‘lgan qardosh turkiy tillar leksikasining, 76 ayniqsa, o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi borasidagi nazariy qarashlarga oydinlik kiritadi, o‘zbek tili tarixiy leksikologiyasi uchun boy material beradi. Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni Nizomiyning ayni nomdagi dostoniga o‘xshatma tarzida yozilgan. Asarning yagona qo‘lyozmasi 1383-1384 yillarda Misrda ko‘chirilgan bo‘lib, 1914 yilda Parijdagi Fransiya Milliy kutubxonasida topilgan. Oltin O‘rda xonlaridan biri Tinibekka bag‘ishlangan mazkur asar 90 bobdan iborat. Obida tili «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlari lisoniy xususiyatlari bilan ayrim umumiy tomonlarga ega. Shu bilan birga, Xorazm yodgorliklarining dialektal asoslari shundaki, o‘g‘uz, qipchoq, uyg‘ur unsurlari sinonimik tarzda qo‘llanadi. «Husrav va Shirin» asari ma’lum adabiy til an’anasi yuzaga kelgan paytda yaratilgan. Bu davrda adabiy tilda endigina me’yorlar tizimi paydo bo‘la boshlagan, ayni zamonda, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til an’anasining ta’siri kuchli edi, chunki o‘sha davrda o‘zini olim va fozil sanagan har bir kishi butun sharqqa mashhur bo‘lgan «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlarini o‘rganmasdan, undan bahra olmasdan qolmasdi. Ma’lumki, sanab o‘tilgan asarlar tilida ham qarluq, ham chigil dialektlarining xususiyatlari aks etgan, Shu jihatdan ham «Xusrav va Shirin» dostoni tilida qarluq lahjasi unsurlari bo‘lgan. Anglashiladiki, asar tili shevasi xususida gap borar ekan, «dialektlar rang-barangligi» haqida emas, balki o‘g‘uz-qipchoq shevasining qisman ta’siri haqida so‘z yuritish mumkin bo‘ladi. Shu munosabat bilan yana bir faktga oydinlik kiritish maqsadga muvofiq. O‘zbek adabiy tili tarixiga nazar tashlasak, XIV asrda endigina eski turkiy adabiy tildan ajralib chiqa boshlagan eski o‘zbek adabiy tilining «qarluq-xorazm adabiy tili”, «Chig‘atoy ulusi adabiy tili», «Oltin O‘rda adabiy tili» degan yorliqlar bilan yuritilganini ko‘ramiz. Adabiy tilning turlicha nomlanishida, ayniqsa, «Chig‘atoy», «Oltin O‘rda» nomlari bilan yuritilishida ilmiy asos yo‘q bo‘lib, u ko‘proq davr siyosati bilan bog‘langan. Doston tilida asosan 10 ta unli unli qo‘llangan: a, ā, ә, o, ө, u, ү, i, ы, e. Bunda alif a, ā, i, ы, u, ү, o, ө unlilarini, yoy i, ы, e (e), ā, unlilarini, vov esa 77 u, ү, o, ӛ unlilarini, hoyi havvaz e, a unlilarini ifodalagan. Asar tilida singarmonizm qonuniyati to‘la amal qilgan. Emdi, opkeleri, qoyg‘l, ancha, bila kabi so‘zlarida tanglay uyg‘unligi, olluruңuz, ko‘rүңүz, turub singari leksemalarda lab uyg‘unligi saqlangan. Asarda “z” va “y” hodisasi paralel qo‘llangan bo‘lsa-da, “z” holati ustunroq: qazg‘u, azaq, bo‘z (bo‘y). Amir Najib dostondagi 5004 ta leksemaning 2500 tasi turkiy so‘z ekanini qo‘rsatadi 16 . Doston leksikasida turkiy so‘zlar taxminan 65 foizni tashkil qilib, quyidagi qatlamlar ko‘zga tashlanadi: 1. Turkiy-o‘zbek tiliga xos leksik birliklar: qamug‘ - barcha, o‘kunch, ukush - ko‘p, tapug‘ - xizmat, asig‘ – foyda, ug‘an – tangri va hokazo. 2. Mo‘g‘ulcha so‘zlar: ulus, qarshi - saroy va boshqalar. 3. Forscha so‘zlar. Doston tilida mazkur so‘zlarning bo‘lishi ikki munosabat bilan izohlanadi, birinchidan, asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima qilingan; ikkinchidan, muallif yashagan vohada turkiy til fors-tojik tilini allaqachon siqib chiqargan bo‘lsa-da, bu til unsurlari hali iste’molda edi: ārām, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling