Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

adug‘.
Yodgorlikda leksik jihatdan tapuq - xizmat, telim - ko‘p, tug‘ - bayroq, 
baluq - shahar, qapug‘ - eshik, cherig - qo‘shin, muran - daryo, achqich -kalit, 
to‘qush – urish kabi eski turkiy so‘zlar uchraydi. Bu faktlar asarda qarluq-
uyg‘ur tili xususiyatlarining ustun ekanligini ko‘rsatadi.
Morfologik jihatdan qaratqich kelishigining -ning, -nung turlari ko‘proq 
uchraydi: begning, qag‘anning, qag‘annung kabi. Asarda tushum kelishigining 
qadimgi -ig‘, -ig affiksli shakli, -ы/-n,-/-i/-n vosita kelishigi shakli qo‘llanmaydi. 
Asarda -duk, -dүk, -g‘u, -gү affiksli sifatdoshlar uchrab turadi: ko‘rduk, barg‘u, 


68 
urushg‘u. Tartib sonlarning -nchi\unchi qo‘shimchasi bilan berilgan: ikkinchi,
үchүnchү, үchүnchi. Shart mayli asosan -sa affiksi bilan keladi: kulsa, yig‘lasa 
kabi. Xullas, «O‘g‘uznoma» asarining til materiallari orqali eski o‘zbek adabiy 
tilining qarluq-chigil-uyg‘ur til birligi bilan yaqin munosabatda, uzviy aloqador 
ekanligi aniqlanadi.
Eski o‘zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri Qarshi shahrida 
topilgan «Tafsir» asari hisoblanadi. Bu asar «O‘rta Osiyo tafsiri» deb ham 
yuritiladi. «Tafsir» - Qur’oni karimning so‘zma-so‘z tarjimasi, izohlar, sharhlar
va tushuntirishlardan iboratdir. «Tafsir»da 18-suradan boshlab Qur’oni karimning 
tarjimasi, sharhlar va izohlar beriladi. Asarning birinchi qismida har bir suradan 
keyin uning mazmuni bilan bog‘liq hikoyalar berilgan. Ikkinchi qismida esa 
suralardan izohlar va sheriy parchalar berilgan. Kitobda «Tafsir»ni tartib bergan 
va ko‘chirgan kishilarning nomi ko‘rsatilmagan. Asarning yozilgan vaqtini
belgilash juda qiyin, uning matnida bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q. 
Shuningdek, asarning birinchi asl qo‘lyozmasi ham aniqlangan emas.
«Tafsir»ning til xususiyatlariga asoslanib, Bartold uning XI asrda yaratilgan 
«Qutadg‘u bilig» dostonidan ham ilgariroq yozilgan bo‘lishi kerak, degan fikrni 
ilgari suradi. Turk olimi A.Erdogan «Tafsir»ning lug‘at tarkibi jihatidan «Devonu 
lug‘otit turk» leksikasiga yaqin ekanligiga, unda diniy tushunchalarni ifodalovchi 
so‘z va iboralarning turkiy tilga tarjima qilib berilganligiga asoslanib, uning asl 
nusxasi X-XI asrlarda yozilgan degan fikrni bayon qiladi. «Tafsir» tiliga xos bir 
qator leksik va morfologik xususiyatlarning «Hibatul haqoyiq» asarning tiliga 
ancha yaqinligini hisobga olib, Malov bu asarni XII asr yodgorligi deb hisoblaydi. 
Bu asarning tili to‘g‘risida katta ish olib borgan A.Borovkovning mulohazasiga 
ko‘ra «Tafsir»ning yozilgan davri X asr oxiri bo‘lib, asarda mo‘g‘ullar va keyinroq 
temuriylar davriga xos so‘z hamda atamalarning qo‘llanishi, uning fonetikasi va 
morfologiyasida uchraydigan yangiliklar Qarshi ko‘lyozmasi XV asrda qayta 
ko‘chirilgan ko‘rsatadi. Shunga bois u «Tafsir»ni XII-XIII asrlarning yodgorligi 
deb qaraydi. Qayd etish kerakki, til xususiyatlari jihatidan «Tafsir, asosan, 
adabiy d/z/ tiliga xos bo‘lgan XI-XIII asr yodgorliklariga yaqin turadi. Shu bilan 


69 
birga, bu asarda juda ko‘p hollarda d/z/ning y ga o‘tishi hodisasi ham
uchraydi: adg‘ыr - ayg‘ыr, adir - ayir, adril - ayril kabi. Bundan tashqari, 
asarning bir qator leksik va morfologik xususiyatlari ham uning tili shu davrlarda 
yaratilgan «Devonu lug‘otit turk», «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» kabi
yodgorliklarning tiliga yaqin ekanligidan guvohlik beradi. Masalan, «Tafsir»da 
tabaru - tomon, bodun - xalq, arыg‘ - toza, asыg‘ - foyda, tumlug‘ – savuq, su – 
qo‘shin, tapug‘ – xizmat, yelik – qo‘l, telim - ko‘p singari ko‘plab o‘sha davr 
yodgorliklari tili uchun xos bo‘lgan so‘z va iboralar qo‘llangan.
Tushum kelishigining -ыg‘, -ig affiksi uchramaydi. Kishilik olmoshining 
jo‘nalish kelishigidagi angar shakli ishlatiladi. O‘tgan zamon fe’lining birinchi
shaxs ko‘pligi bardыmыz, kəldimiz tarzida ham kelgan. Sifatdoshning -ig‘li/igli, -
dachi/duq, -tachi qo‘shimchalari ifodalangan: turutachi - yaratachi - yaratgan
qilduchi – qilgan. 
Asar tilida ham sharqiy turkiy (qarluq, ham g‘arbiy turkiy (o‘g‘uz) fonetik, 
morfologik va leksik unsurlarning paralel holda qo‘llanishi kuzatiladi: inkor
bildiruvchi ermas//ermaz, tegul//degul, ilgərү//ilərү, tarыg‘//darыg‘ tegra//degra 
– tevarak, qarag‘u - ko‘zsuz – ko‘zi ojiz, o‘rtaq - esh – do‘st, ko‘nilik - to‘g‘rilik 
kabilar. Sharqiy va g‘arbiy turkiy til unsurlarining bunday aralash holda 
ishlatilishi faqat «Tafsir» tili uchungina xarakterli emas. Shu davrlarda maydonga 
kelgan Alining «Qissai Yusuf», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Qutbning 
«Xisrav va Shirin» kabi qator adabiy yodgorliklarda shunday hodisani ko‘rish
mumkin. Bu hol XIV-XV asrlarda sharqiy qarluq-chigil-uyg‘ur tili va g‘arbiy
o‘g‘uz-qipchoq tillarining qo‘shilib ketishi asosida eski o‘zbek adabiy tili tashkil 
topganligini tasdiqlaydi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling