Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
Sakkokiy (XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrning birinchi yarmi)
Samarqandda Xalil Sulton (1405-1409) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy uning ijodiga yuksak baho bergan: «...turk alfozining 84 bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiy rahimahumollohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur». Shoir g‘azallari va qasidalari devon qilib to‘plangan bo‘lsa-da, to‘liq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Mazkur devon Britaniya muzeyi va O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Britaniya muzeyidagi nusxada 13 ta qasida, 57 ta g‘azal, Toshkentdagi qo‘lyozmasida 13 qasida, 52 g‘azal bor. Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, o‘xshatish, mubolag‘a, majoz va boshka turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan xalq, qo‘shiqlari uslubida g‘azallar yaratdi. Jumladan, shoirning ma’shuqaning turli sifatlariga doir ishq shohining elchisi, kaffor ko‘z, qon to‘kuvchi g‘amza, bulbul begi singari o‘ziga xos o‘xshatishlari mavjud. Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo‘lsa-da, yozgan g‘azallari- dan uning so‘z o‘yiniga usta shoirligi ko‘zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o‘z g‘azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo‘lgan qasida yozish sohasida ham qalam tebratdi. Ma’lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqealarga bag‘ishlab yoziladi. Ulug‘bekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulug‘bekni «Sulaymoni zamon», «No‘shiravon», «Shubon», «Atodin mehribon», «Xurshidi zamon» kabi sifatlar bilan ulug‘laydi. Qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirdilar. Sakkokiy asarlarida uza, ustida, uchun, birla, yanglig‘, aro kabi ko‘makchilar qayd etilgan. O‘ziga xos tomoni shundaki, shoir asarlarida qadimgi va eski turkiy manbalarda ishlatilgan leksik birliklar istifoda etilgan: tangri, ev, yerin, elchi, arslon, ilik, asig‘, yag‘mo, mengiz. Atoiy tilida arabcha, fors-tojikcha so‘z va iboralar talaygina. Masalan: ko‘hkan - tog‘ qo‘poruvchi, jonkan - jon oluvchi, zulf, buzurg, paykon, ravon, g‘orat, la’l, nazir, fath, ummat, mutlaq va hokazo. 85 Bundan tashqari, o‘tgan zamon sifatdoshi -mish affiksini qo‘shish orqali yasalgan: bilmamish, almish. Ma’lumki, bu qo‘shimcha O‘rxun-enasoy yozuvlarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng qo‘llanadi. Ravishdosh -ib, -guncha, kelasi zamon -gay, -g‘ay qo‘shimchalari bilan hosil qilingan: ko‘rsatib, solib, yuruguncha, tingay, qilg‘ay. Jo‘nalish kelishigi -ga, g‘a, -qa, -na, tushum kelishigi -ni, -n, chiqish kelishigi -din affikslari yordamida ifodalangan: manga, qayg‘ug‘a, chiqmoqqa, devonalarni, bag‘rin, lashkarin, ag‘zina, o‘qina, qayg‘udin. Umuman, Sakkokiy ham o‘zbek adabiy tilini taraqqiyotiga samarali ulush qo‘shgan shoirlardan biridir. Lutfiy o‘zbek adabiyotining‘ yirik siymolaridan biri, 1366 (yoki 1367 yilda) Hirotda tug‘ilgan. Shoir 99 yil umr ko‘rgan, shu davrda Xuroson va Mavoraunnahrda yuz bergan juda ko‘p tarixiy voqealarning guvohi bo‘lgan. Lutfiy eng yirik zullisonayn shoir sanaladi. Alisher Navoiyning ta’kidlashicha, “o‘z zamonining malik-ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi”. Lutfiyning butun faoliyati o‘zbek adabiyoti, o‘zbek adabiy tili rivojiga qaratilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” nomli tarixiy asarini fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Lutfiyning o‘zbek tilidagi she’rlari o‘z davrida devon holiga keltirilgai va juda mashhur bo‘lgan. Bizgacha shoirning XVI-XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy devonining 33 qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanbe, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. E.Ahmadxo‘jaevning aniqlashi, shoir qalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 2775 bayt yoki 5550 misradan iborat. Ularning katta qismi (2086 bayti) g‘azal janrida yozilgan. U xalq jonli tilidan foydalanib, yangi-yangi badiiy til vositalarini va original bayon etish uslubini yaratgan: Ey yuziga baqsalar, o‘larmen, Xurshidni, netay, yoshursa bo‘lmas. Hayot suyig‘a eltib, suvsiz kelturdi meni, 86 Dudag‘ingiz ne balo ol ko‘rguzdi. Mazkur she’riy parchalarda “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”, “Daryoga olib borib suvsiz keltirdi” maqollari misralarga singdirib yuborilgan. Bundan tashqari, Lutfiy she’rlarida xalq tiliga xos bo‘lgan yumor, qarg‘ish kabilar ham o‘rinli ishlatilgan: Lutfiyni kim qarg‘adi “yorab balog‘a uchra” deb, Kim, seningdek tosh bag‘irlik dilrabog‘a uchradi. Bu davrda sinonimik qatorlar hosil qilishda fors-tojik, arab tillaridan kirgan so‘zlar ham ishtirok etgan. Shoir bunday sinonimlardan ham ustalik bilan foydalangan: yov, yog‘i, xasm, dushman, lab, dudag‘, erin, yuz, oraz, vasl, jamol. Lutfiy o‘zbek mumtoz lirikasining original janri bo‘lgan tuyuqni mukammal egallagan edi. Bunda shoir omonim so‘zlarga murojaat qilgan: Ko‘ngluma har yonki, boqsam dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bari ishqing yor edi, Biz sari bo‘ldi firoqning dog‘i bor. Lutfiy asarlari leksikasining 55 foizdan ortig‘ini turkiy so‘zlar tashkil etadi. Shoir ijodi uchun leksik jihatdan qo‘yidagilar ham xarakterliki, qadimgi turkiy tilga doir so‘zlari uchraydi: ilik, ulus, qamug‘, irin, ujmog‘, ev, cherik, yazuq, yandi (qaytdi) singari. Morfologpk jihatdan qo‘yidagilar xarakterlidir. 1. Jo‘nalish kelishigining -a, -ka, -ga, -na, -qa, -g‘a affikslari mavjud: bo‘ynima, qashina, eshikka, yerga, g‘aripg‘a. Tushum kelishigi -ni -i, -in, chiqish kelshigi - din qo‘shimchalariga ega: g‘amzasini, ma’murimi, afsonasin, ilikingdin, zorimdin. Qaratqich kelishigi ning -ing shakli XI asrdayoq -ning shakliga o‘tgan bo‘lsa-da, Lutfiyda -ing shaklida uchraydi. Bu kelishik ko‘shimchasining taraqqiyoti haqida professor Bogorodiskiy tubandagicha fikr bildiradi: “-ning dastlab -ing shaklida bo‘lib, XI asrda kishilik olmoshlarining I-II shaxs birligidagi n tovushining -ing: affiksiga qo‘shilishi natijasida -ning hosil bo‘lgan. Bu “morfologik qayta analiz” sanaladi”. N tovushi qaratqich kelishigi qo‘shimchasi bo‘lgan -ing affiksiga 87 o‘tishi bilan birga, kishilik olmoshlarining o‘zida ham saqlangan. -Ing shakli hozirgi o‘zbek tilining Qorabuloq shevasida ham uchraydi. Ma’lumki, bu holat ko‘pgina darslik va kitoblarda boshqacha ta’riflanadi. Ya’ni agar kishilik olmoshlar I-II shaxs birligiga qaratqich kelishigi qo‘shilsa, -ing qo‘shimchasi tushib qoladi, deb noto‘g‘ri izoh berilgan, haqiqatda esa uniig qadimgi shakli namoyon bo‘ladi. 2. Otlarning egalik qo‘shimchalari -um-ung affikslari bilan beriladi: ko‘nglum, qulung. Ot yasovchi -lik affiksi ba’zan -lig‘, -luk; ayrim hollarda -lik shaklida uchraydi: shodlig‘, qoronguluk, nozuklik. 3. Buyruq maylining -sun, -guz, istak maylining -qay, -g‘ay, -gay shakllari kuzatiladi: ko‘rsun, ko‘rguz, topqay, bergay, borg‘ay. Ravishdosh -ub//ib, sifatdosh -g‘on ,-qan,-gan, -mish, -an affikslari bilan yasalgan: to‘kib, olib, buzulg‘on, yaratqan, bo‘lmish, qilmish, qilan, alan. O‘xshatish bildiruvchi dek//tek qo‘shimchalari parallel qo‘llangan: nortek, hurlardek kabi. 4. Olmosh kategoriyasiga mansub an, o‘shul, ul kabi kishilik va ko‘rsatish olmoshlari ishlatilgan. Shu bilan birga, barcha, men, sen kabi hozirgi ko‘rinishlari ham bor. 5. Lutfiy ijodida birla (bilan, ila, bila, la), kibi, ichra, uzra singari yordamchi so‘zlar; erdi, erur kabi to‘liqsiz fe’llar ham faol ishlatilgan. Xullas, Lutfiy ijodida adabiy til taraqqiyotining yangi davr boshlanganini ko‘ramiz. Shoir o‘z ijodi bilan Navoiy kabi o‘zbek adabiy tili asoschisining yetishuviga ma’lum darajada zamin tayyorladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling