Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
der: ozarb. agačdar “daraxtlar”, qoz. sӧzder “so‘zlar”; -tar //-ter
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ča//če//-še
der: ozarb. agačdar “daraxtlar”, qoz. sӧzder “so‘zlar”; -tar //-ter: boshq. agastar
“daraxtlar”; -zar//zer: ozarb. gazzar “g‘ozlar”, üküzzer “ho‘kizlar”. Turkiy tillarda otlarga xos kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari quyidagilar: -ča//če//-še: tat. terkimše “guruhcha”, qoz. bıtaqša “butoqcha”, ozarb. bağča “bog‘cha”, q.qalp. jolša “yo‘lcha”; -čik//-čıq//-juq//-jek: turk. evčik “uycha”, turkm. kөprujuq “ko‘prikcha”, q.balq. qızčıq “qizcha”; -qa//-ka//-ke//-ğe: qirg‘. atake “otajon”, qoz. šešeke “onajon” singari. O‘zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs, zamon affikslari ham boshqa turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko‘ra turlicha fonetik variantlarda ishlatiladi. Xususan, hozirgi turkiy tillarda qaratqich kelishigi ko‘p variantli bo‘lib, ularning qo‘llanishi quyidagicha: 1) o‘zb., uyg‘.-nıŋ //-niŋ shakllari: ataniŋ, bizniŋ; 2) qirg‘. nın//-nun //- din//- dun//-tin //-tun shakllari: balanin, tonun, tondun, oqtun; 3) ozarb., gag., turk. -in//- un //-nün //-nun: arabanın , onların, benim, bizim. Yoqut tilida qaratqich kelishigi mavjud emas. Bu kelishik ifodalaydigan grammatik ma’no aniqlovchi-aniqlanmish munosabati orqali voqelanadi: at baha “ot boshi” 5 . O‘zbek tili lug‘at tarkibini ko‘zdan kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy tillarga tegishli va faqat o‘zbek tilining 5 Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. -T., 2015. -B. 55-56. 37 o‘ziga xos so‘zlarni uchratamiz. Umumiy turkiy tillarga tegishli so‘zlarning dastlabki qo‘llanishini runik yozma yodnomalarda uchratamiz. Qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan so‘zlar haqida gap borar ekan, bunda dastlab sug‘d, hind, xitoy tilidan o‘tgan leksik elementlar nazarda tutiladi. Hozirgi O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Sibir, hatto, Evropada yashagan qadimgi turkiylar sug‘d, hind, xitoy xalqlari bilan iqtisodiy, madaniy, diniy aloqada bo‘lgan. Oʻrnatilgan yaqin munosabatlar, oʻzga tillardan qilingan tarjimalar turkiy til leksik qatlamining boyishiga ta’sir etgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling