Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
boburiy” alifbosini ixtiro qilishidir. Kobul ta’rifi, u yerdagi voqea-hodisalarni
bayon qila turib bu haqda shunday yozadi: “Kobulning daromad va hosilini bilmay mundoq kulliy tahmil bo‘lg‘oni uchun viloyat xeyli xarob bo‘ldi. Ushbu mahallarda Boburiy xatni ixtiro qildim” 29 . Mazkur alifbo hazrat Navoiy shakllantirgan mumtoz o‘zbek adabiy tili rivojini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadidan kelib chiqadi. Shu o‘rinda aytish joizki, Bobur Mirzo turkiy tilning boy ohang va tovushlarini to‘liq ifoda etishga imkon beradigan yangi alifbo yaratish zarur degan fikrga keladi. Chunki turkiy tilda arab tiliga nisbatan unli tovushlar ko‘proq. Bizdagi e, o‘ kabi tovushlar arab tilida yo‘q. Shuning uchun et so‘zi it, qo‘sh esa qush tarzida yoziladi. Holbuki, ularning ma’nolari o‘rtasida katta tafovut mavjud. Arab alifbosi tilimizdagi mana shunga o‘xshash nozik jihatlarni aks ettira olmasligi asrlar davomida muammoli vazifa bo‘lib keldi. Qolaversa, bu masala dastlab Mahmud Koshg‘ariy, so‘ngra Alisher Navoiy tomonidan ham ta’kidlab o‘tilgan edi. Aytish kerakki, har bir alifbo qaysi tilda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha tilning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Arab alifbosi ham shu tilning imkoniyatlarini ifodalaydi. Bu alifbo forsiy tilning xususiyatlariga mos kelmagani bois bundan ming yil oldin unga qo‘shimcha tarzda to‘rtta harf kiritilgan (je, pe, gof,). Bobur yangi alifbo yaratishda mana shu tajribani ham hisobga olgan. Ayni 29 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.132. 108 vaqtda, u turkiy xalqlar yaratgan qadimiy alifbolarni ham o‘rgangani, shubhasiz 30 . Buni mashhur g‘azallaridan biridagi yakuniy baytda ko‘ramiz: Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong, Boburiy xatti emasdur, xatti sig‘noqidurur. Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoyib at-tabaqot” asarida o‘n to‘rtta alifbo keltirilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatti boburiydir. Uning boshlanishiga Xatti boburiy inast deb yozilgan. Shundan so‘ng xatti boburiyning 28 harfi keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan 31 . S.Azimjonovaning yozishicha, “Xatti boburiy” 28 ta arab harflariga asoslangan yangi alifbodir. Bobur o‘z alifbosini arab alifbosidagi zeru zabarlardan xoli qildi. Ayni paytda, bu alifboga keyinchalik kiritilgan to‘rt forsiy harflarni chiqarib tashlandi 32 . “Boburnoma”da “Xatti boburiy” qaysi maqsadda kashf etilgani yozilmagan bo‘lsa-da, taxmin qilish mumkinki, muallif arab yozuvining turkiy til talablariga javob bermaydigan o‘rinlari borligini anglagan. Uning o‘z xalqining madaniy taraqqiyotiga mos yangi alifboni yaratishga intilishi uning yuksak filologik ma’rifati va ilm sohasidagi jasoratidan dalolat beradi 33 . Bobur zamonida yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish oson emasdi. Chunki arab yozuvi — «Qur’on» yozuvi edi. Shuning uchun Boburiy xattini amaliyotga joriy qilish niyatida Bobur bu xatda, avvalo, Qur’oni karimdan ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga jo‘natadi. Ammo yozuvni davlat miqyosida joriy etishga Makkadan ruxsat kelmaydi. Shu bois mazkur xat faqat Boburning o‘g‘illari, yaqinlari orasidagi yozishmalarda amal qilgan, xolos. Boburiy xatining amaldagi arab yozuvidan farqi va afzalliklari imloda so‘z aniqligi, yozish hamda o‘qishning qulayligi bilan izohlanadi. Buni 30 Қодиров П. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б. 217-218. 31 Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент, 2006. – Б. 116-117. 32 Азимжонова С. Бобурнинг ҳинд девони. – Тошкент, 1960. -Б. 31. 33 Стеблева И.В Захириддин Мухаммад Бабур - поэт, прозаик, ученый. – Ташкент, 1983. – С. 26. 109 «Boburnoma»da keltirilgan quyidagi parcha mazmunidan ham bilib olish mumkin: «Murg‘obta mirzolar bila muloqot qilganda, Qozi Ixtiyor Muhammad Mir Yusuf bila kelib meni ko‘rdilar. Boburiy xattidin so‘z chiqdi, mufradot (harflari)ni tiladi, bitidim. O‘shal majlisda mufradotni o‘qub qavoidini bitib, nimalar bitidi» 34 . Jumlalardan ma’lum bo‘ladiki, Boburiy xatining o‘qish va yozishga qulayligi bois u bilan ilk bor tanishgan kishi uni o‘rganish jarayonidayoq birmuncha so‘zlarni yoza olgan. Muhammad Solih (1455 yilda Xorazmda tug‘ilgan) o‘z zamonasining eng ma’rifatli kishilaridan bo‘lishi bilan birga talantli shoiri ham bo‘lgan. Temuriylar dargohida ko‘ngli tilaganday yaxshi mavqega erisholmagan Muhammad Solih 1499 yilda Shaybonixon xizmatiga boradi. Uning 1506-1507 yillarda yozilgan Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling