Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
ADABIY TIL

“Shayboniynoma” asari o‘zbek klascik adabiyotida birinchi tarixiy doston. 
Doston 76 bobdan iborat bo‘lib, 4456 baytdan tashkil topgan. Dostonning 1-bobi
munojot, 15 bobi lirik chekinishlar va qolgan 60 bobi esa temuriylar bilan 
shayboniylar o‘rtasidagi tarixiy voqealarga bag‘ishlangan. Asar badiiy uslubi, 
tilining soddaligi, ravonligi bilan ajralib turadigan o‘zbek adabiy tili tarixi va 
klassik adabiyotiiing qimmatbaho yodgorligidir. 1510 yilda Qosim ismli kotib 
tomonidan ko‘chirilgan Vena nusxasidan foydalanib kelinmoqda. Shu nusxa 
asosida 1885 yilda Vamberi dostonni Venada nemischa tarjimasi bilan nashr 
qildirgan. Mazkur nashr asosida Melioranskiy 1904 yilda Peterburgda ikkinchi 
marta chop etgan. Melioranskiy nashri asosida ba’zi aniqliklar bilan asarning kirill 
alifbosidagi nashrini dastlab 1961 yilda Nasrullo Davron amalga oshirgan. Keyingi 
nashri Ergashali Shodiev tomonidan 1989 yilda e’lon qilingan.
Ma’lumki, Shaybonixon qo‘shini bilan Dashti Qipchoqdan ko‘pgina turkiy 
urug‘lar Turon va Xuroson hududlariga kirib kelgan edi. Binobarin, muallif adabiy 
tilni jonli tilga yaqinlashtirish, uni boyitishga, xalqqa tushunarli qilishga intilgan. 
Hayotda so‘z, til qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini Muhammad Solih juda 
ham teran talqin qiladi:
34
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.161.


110 
So‘z bila bo‘lup bu olam paydo, 
So‘z bila bo‘lup bu odam paydo. 
Muhammad Solih jonli til xazinasidan foydalanib, sodda, chiroyli 
o‘xshatishlar, sifatlashlar, jonlantirishlar topadi. Qo‘yidagi o‘xshatishda Buxoro 
hokimi Boqitarxon xarakteri ochilgan:
Bor edi so‘zi uning nodonlardek,
Qilig‘i yoshg‘ina o‘g‘lonlardek.
Xalq tiliga xos jonlantirish va mubolag‘a:
Bo‘ldi bisyor uzum birla qovun,
Har biri debki: “Maning birla ovun”.
Omonimlar vositasida so‘z o‘yinidan foydalangan:
Sohibi jilvada bo‘stan ichida,
Qon yutub sohibi qo‘rg‘an ichida. Ma’lum bo‘ldikim, Muhammad Solih o‘zbek 
tilining so‘z boyligi va grammatik xususiyatlaridan o‘rinli foydalangan. Bu 
dostonning eng xarakterli til xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat:
1. “Shayboniynoma” leksik jihatdan arabcha, forscha so‘zlarning kamligi, 
mumkin qadar jonli tilga xos so‘zlarning ko‘proq ishlatilganligi bilai ajralib 
turadi. Doston tilida adabiy tilda iste’moldan chiqa boshlagan, badiiy adabiyotda 
kam uchraydigan ayrim so‘zlar ham qo‘llanadi: abag‘a - amaki, cherik - qo‘shin, 
qabqa - darvoza, yog‘a – dushman, ev – uy, kent – qishloq; shahar, et – go‘sht, 
ko‘k - osmon kabilar. Shuningdek, Muhammad Solih asarda dushman so‘zining 
hasm, jov, a’do,yog‘a, muxolif; xalq so‘zining ulus, el, raiyat kabi sinonimlaridan 
foydalangan.
2. Asar orqali davr o‘zbek adabiy tiliga maishiy, harbiy texnika va boshqa 
sohalarga oid ko‘pgina atamalar, nomlar kirib keldi. Harbiy qurol atamalari:
sag‘ыt, dubulg‘a, manglaylыq; jangchilar qo‘nadigan joy nomlari: peshxona, 
bavarjixona, shomiyona; may idishlari - ko‘raki, mashraba; matolar - toja, 
yazdiy, alocha; palos nomlari - debo, g‘oli, mafrash, namozi shatranjiy; urug‘ va 
qabila nomlari - manqit, nayman, do‘rman, oshun, jaloyir, qarliq, nukuz va 
boshqalar.


111 
3. Dostonda arabcha, fors-tojikcha, mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar ham ko‘zga 
tashlanadi: adolat, islom, kufr, anqo, hilm, zulm; jom, jonon, zulf, nishon, shahboz, 
semurg‘, toj; navkar, do‘rman.
4. Tushum -ni, -n; jo‘nalish -ga, -g‘a, -a; chiqish -din affikslari bilan 
yasaladi: so‘zumni, qochishin, barchasin, holin; menga, qashig‘a, ko‘zuma, 
boshima, o‘g‘limdin, jarlaridin. Ko‘plikning arabcha, turkiy shakllari ham 
uchraydi: funun - fanlar, mirzolarqalmaqan - qalmoqlar kabi.
5. Ot yasovchi qo‘shimchalar faol qo‘llangan: o‘qchi, kengashchi, yillik, 
qo‘rqaq, qurumsag‘, o‘lat, yo‘rtovul, yasal, qabal. 
6. Sonlar hozirgi o‘zbek tilidagi shakllariga ega. Faqat tartib sonlar -inch 
bilan yasaladi: to‘rtinch, birinch. O‘n ming o‘rnida tuman, yuz ming o‘rnida lak, 
million o‘rnida yuz tuman ishlatiladi.
7. Kishilik olmoshlari ham hozirgi kishilik olmoshlariga to‘g‘ri keladi. 
Gumon olmoshlarining kimsa, nimarsa, falan, so‘roq olmoshlarining kim, ne, nelar 
kabi shakllari mavjud. 
8. Buyruq fe’lining II shaxs birligi -g‘il-gil affiksi bilan yasaladi: bergil, 
o‘tirg‘il, qo‘pg‘il, ko‘rgil. Istak maylinnng I shaxs birligi - ali, -ylik, -aling 
affikslari bilan hosil qilingan: kechali - o‘taylik, kelturali, ko‘raylik, qalaling va 
hokazo.
9. Ravishlar hozirgiga o‘xshaydi. Shuningdek, bugungi kunda tilimizda 
uchramaydigai anda, asru, g‘aliba, filhol kabi ravishlar ham uchraydi: Bor emish 
anda qamish asru qalin. Anda ravishi ba’zan ko‘plik qo‘shimchasini ham qabul 
qiladi: andalar.
10. “Shayboniynoma”da qatida, uzra, burna, bila, tegra, yanglig‘ singari 
ko‘makchilar ko‘zga tashlanadi. Hozirgi bog‘lovchilardan farqli vale, lek, gan, 
deb, yo‘q ersa, chun bog‘lovchilari uchraydi: Chun bu so‘zlarni eshitti sulton. Lek 
el andin emastur xushnud. O‘fkalarman yo‘q ersa... 
Uzun so‘zning qisqasi, Muhammad Solih Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy 
tili taraqqiyoti uchun kurash yo‘lini davom ettirgan shoirlardan biridir. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling