Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
- MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Avaz O‘tar she’riyatining tili 5. Publitsistik uslubning shakllanishi
- Muqimiyiing
12- MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK ADABIY TILI Reja 1. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida til vaziyati 2. Muqimiy va o‘zbek adabiy tili 3. Furqat asarlarining lisoniy xususiyatlari 4. Avaz O‘tar she’riyatining tili 5. Publitsistik uslubning shakllanishi XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshiga kelib o‘zbek xalqi hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo chorizm tomonidan bosib olindi. Natijada agar XVII - XIX boshlarida o‘zbek adabiy tiliga Navoiy tili ta’siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish kuchli bo‘lsa (Gulxaniy, Maxmur, Abulg‘oziy, Munis, Ogahiy), XIX asrning 60-yillarida, ya’ni Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlar ijodida mazkur an’ana davom etdi, ayni paytda, rus tiliga xos so‘z va shakllar ko‘paya boshladi. Shuningdek, rus tili orqali boshqa yevropa tillaridan turli sohaga doir terminlar, grammatik shakllar kirib keldi. Bu davrda so‘z tanlash va ijod qilishda quyidagi manbalarga asoslanilgan: 130 1. Adabiy til o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan so‘zlar hisobiga boyidi. 2. Ruscha leksemalarning o‘zbekcha muqobili yoki uning o‘rniga oldindan mavjud bo‘lgan so‘zlar tavsiya etildi: geografiya – jahonnoma. stansiya – manzil, tipografiya - bosmaxona, vrach - tabib, orden - nishon. 3. Rus tilidagi terminlar kalka qilish orqali o‘zbek tiliga to‘g‘ridan- to‘g‘ri tarjima qilingan: poxvalnaya gromata - ta’rifnoma, ambulatornaya - tabibxona, upravitel - boshqaruvchi, jeleznaya doroga - temir yo‘l, belыy sar - oq poshsho, povestka - chaqiruv qog‘ozi, shtraf - jarima puli. 4. Xalq jonli tilidan unumli foydalanilgan. Bu davr so‘z ijodkorlari XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy an’analarini davom ettirib, xalq tili yordamida adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar. Masalan, bo‘zchi, kosov, bezgak, paxsa, loy, arava va boshqalar. 5. Adabiy tilga rus tili va u orqali boshqa yevropa tillaridan so‘zlar kirib keldi. “Turkiston viloyati gazeti” da mahalliy ziyolilar ayrim asar va maqolalarni rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladi. Bunda ko‘pgina ruscha so‘zlar o‘z holicha qabul qilindi. Bundan tashqari, ijtimoiy - siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar rus tilidagi so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishiga olib keldi. Jumladan: a) ijtimoiy-siyosiy, harbiy soha bilan bog‘liq atamalar: uezd, volost, duma, pristav, konsul, soldat, shtraf, geniral, gubernator; b) transportga oid so‘zlar: poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stansiya; v) aloqa hizmatiga tegishli leksemalar: pochta, telegraf, adres, marka, konvert; g) sanoat va moliya ishlari bilan bog‘liq so‘zlar: zavod, fabrika, magazin, bank, veksel; d) fan va madaniyat atamalari: gimnaziya, teatr, muzika, muzey, gazeta; ye) tibbiyot doir birliklar: gospital, doktor, lazaret, feldsher; yo) hujjat va mukofotlarga oid leksemalar: bilet, pasport, orden, medal; j) uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlari: samovar, stol, stul, patnis, talinka, lampa, fonuz, pech; 131 z) oziq-ovqat va ichimlik nomlari: pivo, kvas, limonad, konfet, kartoshka, suxari; i) rus tili orqali lotin tilidan doktor, komitet, mashina, stansiya, fabrika so‘zlari; grekcha gimnaziya, muzika, teatr, telegraf; italyancha bank, gazeta, kassa, soldat; nemischa yarmarka, shtraf, marka, kontora; fransuzcha adres, jandarm; inglizcha kerosin, vagon kabi so‘zlar qabul qilindi; y) XIX asrning ikkinchi yarmida rus tilidan o‘zlashgai so‘zlarning bir qismi aslida turkiy so‘zlardir. Ular yangicha ma’no va ba’zi fonetik o‘zgarishlar bilan qabul qilingan: tyurma, tovar, stakan, karandash, boyar, bek, bashmak, kolpak, kabluk, karaul, yarlik va h.o. Bundan tashqari, rus tilidan kirib kelgan admiral, azimut, algebra, algoritm, alkogol, arsenal, magazin, tarif, shuba so‘zlari aslida arabcha; divan, chamadon so‘zlari esa fors-tojikchadir. Mazkur bandda qayd etilgan leksemalarning barchasi qadimda turkiy, xususan, o‘zbek tilidan o‘zlashgan. XIX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan shoirlar obrazining tili, o‘ziga xos xususiyatlari, kasbi-korlariga alohida ahamiyat bergan. Masalan, Muqimiyiing Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling