Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
(1850-1903) “To‘yi Iqonbachcha” satirasida toshkentlik boy tilida keskinlik,
dag‘allik, buyruq, iqonlik gumashta nutqida esa ezmalik, lanjlik xususiyatlari ko‘rinib turadi. Muqimiy tili Navoiy an’anasi - eski o‘zbek adabiy tilining davomi, mumtoz adabiyotga xos badiiy uslub va grammatik shakllar aks etgan bo‘lsa-da, undan ko‘p jihatdai farq qiladi. Birinchidai, so‘zlashuv uslubiga xos jihatlar ko‘p. Ikkinchidai, rus tiliga doir leksik unsurlar mavjud. Darhaqiqat, shoir asarlarining tili, shubhasiz, xalq tili, folklor tili hisobiga boyidi. Muqimiy asarlarida xalq maqollari, hikmatli so‘zlari ko‘p qo‘llanilgan. Ba’zi xalq maqollari leksik va grammatik jihatdan hech o‘zgarishsiz ishlatilgan, ayrimlari qofiya talablariga ko‘ra she’r misralariga singdirib yuborilgan: Arzon emas beillat, qimmat emas behimmat, gar qilich boshimga ham kelsa, degayman rostin, borki masal, birniki mingga degan. Ayni paytda, xalq so‘zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar kuzatiladi: ko‘rpa, shilta, chashkalig‘, mo‘ysafid, kalla, o‘sol, ezma, mag‘zaba, shilqim, kekirmoq, injiq, 132 paqir, qolg‘ich, boyaqush, pirsiyon, uvada kabi. Bundan tashqari, shoir ijodida yayov, boyaqush, ezma, piching, pirsiyon, uvada, kalla so‘zlarining sinonimlari ham qo‘llanilgan: piyoda, bechora, sergap, kinoya, eronli, yirtilgan, bosh. Muqimiy she’riyatida so‘z o‘rtasi va oxirida tovushlarning tushib qolishi hodisasi, shevaga xos xususiyatlar uchraydi: bo‘g‘an, qimas, g‘ish, kemasun, quflagan, istezo. Shuningdek, tovush almashish holatlari ko‘zga tashlanadi: maxtagan, taraxlab, besh qarish, shilqin. Bularni xalq tiliga xos xususiyat sifatida ham baholash mumkin. Muqimiy asarlaridagi xalqchillikni kichraytish, erkalash kabi ma’nolarni ifoda qiluvchi so‘zlarni qo‘llashda ham ko‘rish mumkin: kokilchalari, yuzginasiga, oyginani, holagina. Shoir satiralarida ba’zi so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanib, adabiy tildagi ma’no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilik kasb etgan. Xususan, tuxum so‘zi “qarindosh-urug‘”, jo‘ja “bola-chaqa”, ichkari “xotin-qiz, ayol” ma’nosida qo‘llangan. Muqimiy ijodida o‘pkangni bas, ko‘zga bizi ilmagay, ashi misoli tabaqda ko‘z yashi, changi chiqdi kabi frazemalar ham kuzatiladi. Shoir she’riyatida rus tili va u orqali boshqa tillardan kirib kelgan leksemalar ham talaygina. Bu davrda chet so‘zlari uchun ma’lum orfografik qoida yo‘qligidan o‘zlashmalar qanday talaffuz qilinsa, shunday yozilgan: o‘rus, kantura, zavut, cho‘t, kalaska, ishtirop, uez, do‘xtur, vog‘un va boshqalar. Ruscha so‘zlarning qo‘llanish ma’nolari ham xilma-xil, jumladan, vagon so‘zi “poezd”, samovar esa “asbob”, “choyxona” kabi ma’nolarda qo‘llanilgan. Bundan tashqari, Muqimiy ba’zi ruscha so‘zlarga o‘zbekcha affikslarni qo‘shib yangi so‘z sifatida ishlatgan: moshinachi, zavodchi, moskovchi, tiligrafchi, purjinali. Shoir ayrim so‘z va so‘z birikmalaridan esa obraz yaratish kabi ma’lum uslubiy maqsadlarda foydalangan: seychas, pojalista, durak, pashol, piyonista, zakun kabilar; Topib mardikorini - Seychas yuring, Pajalista, - der erdi, - emdi turing. 133 Eski o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lgan -dur, -g‘on, -g‘an, - ar, -ibon, -mish kabi shakllari ishlatilgan: sharmandadur, bo‘g‘ubon, ochig‘an, quyibon, qo‘ydiradurg‘on, sotar, tugar, o‘lmish, olmish. Tushum kelishigi -i, -n, - ni, jo‘nalish -a, -ga, -g‘a, chiqish kelishigi –din, qaratqiya kelishigi -ning, -ing affikslariga ega: holimi, ko‘zimi, zizmatimi, nonin, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling