Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/63
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1259166
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
ADABIY TIL

Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) arab, fors, rus, turk tillarini mukammal 
bilgani holda, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga, o‘zbek 
tilining turkiy tillar tizimidagi o‘rnini va bundan keyingi istiqbolini belgilab 
berishga intildi. U jonkuyar tilshunos sifatida 20-yillar til siyosati qozonida 
qaynadi va turkiy tillarni birlashtirish siyosatining oqibatlarini sezgani holda har 
qaysi turkiy tilning umumiy jihatlari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlari 
ko‘pligi, shuning uchun har qaysi turkiy til mustaqil ravishda rivojlanishi va o‘z 
xalqiga xizmat qilishi lozimligini angladi. Uning ta’kidlashicha, har bir tilning 
boyligi u tildagi so‘zlarning ko‘pligi (kasrati kalimot), yasalish kengligi (undirish 
kengligi), bog‘lanish imkoniyati (vus’ati ishtiqoq), qoidalarining mukammalligi 
(mukammaliyati qavoid) bilan o‘lchanadi. Turkcha (o‘zbek tili) bularning har 


152 
uchalasi bo‘yicha ham arab va fors tillaridan qolishmasligi, ayrim o‘rinlarda 
ulardan ustun kelishini ta’kidlaydi. O‘zbekcha ekvivalenti bo‘lmagan arab va fors 
so‘zlarini o‘zbekchalashtirish asosida, ya’ni o‘zbek tili fonetik va grammatik 
xususiyatiga moslashtirish asosida qabul qilishni tavsiya etadi. «Hozirgi 
so‘zlarimizdagi arabcha, forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir 
desangiz to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin 
o‘zimizniki qilurmiz. Turkchalashtiramiz. «Qoida»ning turkchasi yo‘qdir. 
«Sarf»ning-da turkchasini topolmadik. Ikkisin daxi olurmiz. Lekin siz kabi 
«qovoidi sarfiya» demasdan, «sarf qoidalari» dermiz».
Fitratning «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba» nomli kitobi alohida 
qimmatga ega va o‘zbek tilining fonetikasi, sarf va nahvini izchil ravishda 
tavsiflovchi birinchi grammatikadir. Ikki kitobdan iborat (sarf va nahv) bo‘lgan 
mazkur asar 25 – 30 yillar ichida olti marta nashr qilindi va bir necha yil davomida 
maktablarda darslik sifatida qo‘llandi. Ta’kidlash kerakki, o‘zbek tili ko‘p 
shevaliligidan yangi o‘zbek adabiy tili qanday bo‘lishi, qaysi shevalarga ko‘proq 
tayanmog‘i lozim degan muammo bu davrda muhim masalalardan edi. Fitrat 
mazkur muhim masala bo‘yicha fikr yuritib, shahar shevalariga arab, fors tillari 
ta’siri kuchli ekani, shuning uchun bu shevalarga emas, balki qishloq shevalariga 
tayanish lozimligini bayon qiladi. «...Bizning shaharlarimiz ko‘plab yillardan beri 
arab, forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili 
buzulg‘ondir. Tilimizning sof shaklini daladagi elaymoqlardan ko‘ra olamiz». 
Shuning uchun «el-aymoqlar orasida ularning jon ozig‘i bo‘lib turg‘on» dostonlar, 
ertaklar, matallar, laparlar, ashula-qo‘shiqlarni xalq og‘zidan qanday talaffuz 
qilinsa, shundayligicha yozib olish, ularni sinchiklab o‘rganish va shu asosda 
ma’lum ilmiy xulosaga kelish lozimligini ko‘rsatadi. Fitrat yuqoridagi fikrlari 
asosida singarmonizmli shevalar o‘zbek adabiy tilining tayanch shevalari bo‘lishi 
kerak, degan xulosaga keladi.
Fitrat o‘zbek adabiy tilida 23 ta unsiz fonema mavjudligini ko‘rsatadi. Ular 
quyidagilardan iborat: b, l, t, ch, j, x, d, r, z, s, sh, g, f, k, k, g, n, l, m, n, v, x, y. 
Ulardan x, h, f fonemalari asl turkcha so‘zlarda kam uchrashi, shuning uchun ham 


153 
ular asl turkcha emasligini ta’kidlaydi. Fitrat o‘zbek tili unlilar tizimi masalasida 
ikki xil fikr yuritadi. 20-yillar boshlaridagi til-imlo qurultoyida so‘zlagan nutqida 
o‘zbek tilida oltita unli fonema mavjudligi haqida fikr yuritsa, «Sarf» asarida 
to‘qqizta unli haqida bahs qiladi. Singarmonizm qonuniyati so‘z yasalishi va 
so‘zlarning morfologik shakliga ham ta’sir etishini, shu qonuniyat ta’sirida 
qo‘shimchalar ham yo‘g‘on va ingichka variantlarga ega bo‘lishi, yo‘g‘on variant 
yo‘g‘on o‘zaklarga, ingichka variant esa ingichka o‘zaklarga qo‘shilishi, shu 
asosda ohangdoshlikning amal qilishi haqida to‘xtaladi. Masalan, sin- o‘zagi 
yo‘g‘on bo‘lgani uchun unga qo‘shimchalarning ham yo‘g‘on varianti qo‘shiladi: 
sing‘an, sinmoq, siniq kabi; min- o‘zagi ingichka bo‘lgani uchun unga 
qo‘shimchalarning ingichka varianti qo‘shiladi: mingan, minmak. Fitrat quyidagi 
fonetik sharoitlarda tovush o‘zgarishlari ro‘y berishini ko‘rsatadi: 1) o‘g‘ul, o‘run, 
ko‘ngul, buyur singari ikki bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilib kelganda, 
ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining tushib qolishi bayon qilinadi. Masalan, o‘g‘lim, 
o‘rni, buyruq kabi; 2) asos qismi «p», «t», «ch», «x», «k», «s», «sh» kabi jarangsiz 
undosh bilan tugagan so‘zlarga «d», «g‘», «g» singari jarangli undosh bilan 
boshlanuvchi qo‘shimchalar qo‘shilsa, qo‘shimchadagi jarangli undoshlarning 
jarangsizlanishi aytiladi. Masalan, toshtim, ochtim, ekti; boqqa, ochkuchi, oskuchi; 
eshitkan, ichkan, teshkan kabi. Lekin yozuvda jarangli holda yozilishi ta’kidlanadi; 
3) «q», «g‘» undoshlari bilan tugagan so‘z asosiga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi 
qo‘shilganda «g‘» undoshining «q» ga aylanishi ko‘rsatiladi: tog‘-toqqa, bog‘-
boqqa kabi; 4) «q», «k» kabi jarangsiz undosh bilan tugagan ikki bo‘g‘inli 
so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki unli o‘rtasida qolgan «q», «k» 
undoshlarining jaranglilashishi ta’kidlanadi: tuproq-tuprog‘im, oyoqo -yog‘im, 
tilak-tilagim kabi; 5) nima so‘zining qisqaroq shakli ne so‘ziga uchun, etmak 
ko‘makchi so‘zlari qo‘shilganda ko‘makchi so‘zlar boshidagi unlining tushib 
qolishi aytiladi: neuchun-nechun, ne etay-netay kabi.
Fitrat o‘sha davr adabiy tilining morfologik xususiyatlari haqida gapirar 
ekan, -cha, -gina, -g‘ina, -kina, -qina, shuningdek, -chiq, -choq, -chak, -loq 
qo‘shimchalari otlarda kichraytirish, erkalash shakllarini hosil qilishini uqtirib 


154 
o‘tadi: og‘acha, kitobcha, kelincha, qizg‘ina, qushqina, qizaloq, kelinchak
qopchiq kabi.
Uning fikricha, yasama sifatlar quyidagicha hosil bo‘ladi: 1) -li 
qo‘shimchasi yordamida: bilimli, otli, oqchali, enli kabi; 2) -siz qo‘shimchasi 
yordamida: oqchasiz, bilimsiz, otsiz kabi; 3) -ki, -qi, -gi, -g‘i qo‘shimchalari 
yordamida: tashqi, ichki, kechagi, shahardagi, keyingi, burungi kabi; 4) sarg‘imtil, 
qizg‘imtil, ko‘kimtil kabi bo‘yoqning kuchsizligini bildiruvchi sifatlar sifatdan -
(i)mtil qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil qilinishi aytiladi. Shuningdek, -ish 
qo‘shimchasi yordamida ham yuqoridagi kabi ma’noli sifat hosil qilinishi 
ta’kidlanadi. Masalan, sarg‘ish, qizg‘ish, ko‘kish, oqish kabi; 5) -ma 
qo‘shimchasini qo‘shish bilan «bir narsaning bir turli ishlatilganini bildiradi»gan 
sifat hosil qilinadi: yozma kitob (yozilg‘on kitob), bosma kitob (bosilg‘on kitob), 
qo‘shma ot (qo‘shilg‘on ot) kabi. Bundan tashqari, shaxs oti yasovchi -chi, ismi 
foil yasovchi -vchi hamda zamon bildiruvchi -moqchi va -makchi qo‘shimchalari 
ham sifat yasovchilar qatorida beriladi: temirchi, ko‘mirchi, yozuchi, bosuchi; 
yozmoqchi, ketmakchi, o‘qimoqchi. Fitrat sifatlarning kuchaytiruv shakllarini ham 
yasama sifatlar qatorida beradi va ular «bir narsaning sifatiga kuch berib aytilgan 
so‘zlar» sifatida qaraladi: oppoq, yop-yolong‘och, qop-qora, qip-qizil kabi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda numerativ so‘zlar qatorida o‘rganilayotgan 
o‘lchov bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llaniluvchi sonlarni bir butun holda 
o‘lchov sonlari deb hisoblaydi. Masalan, bir yutum suv, o‘n qop arpa, bir chekim 
tamaki, ikki qadoq uzum kabi birikmalarda yutum, chekim, qadoq so‘zlari «o‘lchov 
otlari» sanaladi. Ulardan keyin kelgan suv, arpa, tamaki, uzum so‘zlari esa o‘lchov 
sonlarining sanalmishi hisoblanadi.
Shart fe’li -sa qo‘shimchasi, hozirgi zamon fe’llari -yotir, -moqda hamda -
(y)dir, -(a)dir qo‘shimchalari yordamida ifodalanishi bayon qilinadi va har qaysi 
shaklning shaxs-son bo‘yicha paradigmasi beriladi. Masalan, 1 – yozadir, 
yozayotir, yozmoqda (dir) 2 – yozaman, yozayotirman, yozmoqdaman 3 – yozasan, 
yozayotirsan, yozmoqdasan. -(i)l qo‘shimchasi ishtirok etgan fe’llar majhul fe’l, -


155 
(i)n qo‘shimchasini olgan fe’l o‘zlik fe’l deyilishi ta’kidlanadi. Masalan, yuvildi-
yuvindi.
Fitrat ijodida hozirgi tilshunoslikda yuklama, bog‘lovchi, ko‘makchilar 
hamda modal, undov so‘zlar tarkibida o‘rganilayotgan lisniy birliklarning hammasi 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling