Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIY TIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Abdulla Avloniy
Uyni bir tarafiga sanduq.
XX asr boshlaridagi adabiy tilda rus tilidan qabul qilingan so‘zlar ham talaygina. Bunday so‘zlar asosan jonli so‘zlashuv tili va matbuot orqali o‘zlashgan: interes, marsh, vagzal, kazarma, aksioner, firma, kredit, banka, rasxod, daxut, partiya, duma, deputat, byurokratizm, kadet, manifest, satsial-demokrat, avtonomiya kabilar. Ayrim qabul qilingan so‘zlar semantik jihatdan turli so‘zlar va so‘z birikmalari bilan beriladi: duma - dumaxona, davlat duma, gosudarstvennaya duma, podshohlik duma, millat majlisi. Ba’zida rus tilidan qabul qilingan so‘zlar bilan bir qatorda arabcha, forscha leksemalar ham qo‘llanadi: partiya - firqa, deputat – vakil, prezident - Raisi Jumhuri, pedagogika - usuli ta’lim internatsional – baynalmilal, ishchi - amala. XX asr boshlarida o‘zbek adabiy tili leksikasi hamda terminologiyasida ruscha, forscha va arabcha so‘z shakllaridan o‘zbekcha qo‘shimchalar yordamida yangi leksemalar yasalgan: gazetachi, zakonchi, oktyabrchi, pechatlamoq, uchitellik, norozilik, jadidachi. Boshqa tillarda qabul qilingan so‘zlar sinonimik qatorlarni yuzaga keltirgan: grajdan - ozod xalq, matros - suv soldat, kapital – boylik, kramolniki – buzuvchilar. Ruscha - o‘zbekcha so‘zlarning birikishidan yangi tushunchalar hosil qilingan: muka-un - a’lo sortli un, qiziq-interesniy – juda qiziq, farmoyish - prikaz – buyruq va qarorlar kabi. Ayrim o‘zlashmalarning o‘rnida o‘zbekcha muqobillari qo‘llanadi: sezonnik - ko‘chmanchi, listovka - qog‘oz, krepost - qo‘rg‘on. Ba’zi leksemalar kalka usuli bilan so‘zma-so‘z tarjima qilingan: chernorabochiy - qora ishchi, samosud – o‘zboishmcha, loshadinaya sila - ot kuchi, falshivaya moneta - 145 yolg‘on oqcha. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida o‘zbek tilining amaliy grammatikasini tuzish harakatlari ham ijtimoiy-siyosiy leksika va terminologiyaning rivojlanishiga, umuman, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan. 20-30- yillarda o‘zbek tilining ichki resurslari asosida yangi so‘zlar yaratiladi. Bunday so‘zlar strukturasiga ko‘ra sodda yoki qo‘shma bo‘lib, hayotning barcha sohalariga oid tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, faqat harbiy ish sohasidagina jangchi, kuzatuvchi, o‘qlovchi, mo‘ljalchi, quroldosh, xaloskor, hujumkor, simto‘siq kabi qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Bulardan tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -shunoslik, -kor kabi affikslar vositasida yasalgan. Alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni ifoda qiluvchi minglab so‘zlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. Masalan, matematikaga oid to‘rtburchak, qo‘shish, ayirish, bo‘lish; tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qo‘shimcha, yordamchi so‘z, bog‘lovchi, aniqlovchi, o‘zak; geografiyaga oid burun, qo‘ltiq va boshqalar shunday so‘zlar jumlasiga kiradi. Qayd etilgan yillarda rus tili ta’sirida familya yasovchi -ov, -ova, -yev, -yeva affikslari o‘zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki familiyaga asos bo‘lgan nomdan erlar uchun -ovich (yevich), ayollar uchun -ovna (yevna) affikslarini qo‘shishi bilan hosil qlinadi: Rustamov Yo‘ldosh Mahmudovich, Aliev Erkin Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, Shodieva Manzura Shodievna kabi. Rus tili va u orqali yevropa tillaridan o‘zlashmalarga o‘zbekcha -li, -la, -chi, -lash, -lashtir, -lashtirish kabi affikslarni qo‘shib yangi so‘zlar yasaldi: planli, talantli, sintezla, gvardiyachi, pulemyotchi, aktivlashmoq, reallashmoq, rejalashtirish, elektr- lashtirish kabi. Turk-o‘zbek tilining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilash 20 – 30-yillar uchun eng dolzarb vazifa edi. Qolaversa, bu davrdagi adabiy til jonli o‘zbek so‘zlashuv tilidan ancha uzilgan, shuning uchun ham keng xalq ommasi uchun tushunarsiz edi. Bu tilni tushunish uchun ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lish, maktablarda saboq olgan bo‘lish kerak 146 edi. Darhaqiqat, 20-yillarda o‘zbek adabiy tilini jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish harakati boshlandi. Ashurali Zohiriy bu haqda quyidagilarni yozadi: “...Tilimizni uchga bo‘lish mumkin: 1) jonli til; 2) adabiy til; 3) ilmiy til. Adabiy til bilan ilmiy til o‘rtasida uncha farq bo‘lmasa ham, jonli til bilan adabiy til orasida (o‘sish va taraqqiy jihatidan) ancha farq bor. Jonli tilning ham o‘ziga maxsus ko‘b qimmatli asarlari bordurkim, ularning barchasiga xalq adabiyoti deyilur. Bu (xalq adabiyoti) adabiy va ilmiy tilning asosidur. Asl tabiiy til so‘zlanaturg‘on til, xalq tilidur”. “Chig‘atoy gurungi” qatnashchilari o‘zbek adabiy tili va adabiyotini rivojlantirish, o‘zbek adabiy tilini me’yoridan ortib ketgan arab va fors so‘zlaridan tozalashni o‘z oldilariga bosh vazifa qilib qo‘ydilar. Bu yo‘nalishga Abdurauf Fitrat rahbarlik qildi. Gurungning maqsadi haqida Fitrat shunday yozadi: «So‘ngralari hayot meni panturkizimda qotib qolishga qo‘ymadi. Men o‘zbek millatchisiga aylandim». 1917 – 1918 yillari O‘rta Osiyoda panturkizm harakati kuchaymoqda edi. Ayniqsa, Toshkentda panturkizm fikri bilan sug‘orilgan turli to‘dalar tashkil bo‘ldi. Turk tillari, turk adabiyotini birlashtirish shiori ostida ish ko‘rildi. Maktablarda usmonli tili, usmonli adabiyoti ona tili darslari o‘rnida qabul qilindi. Mana shu harakatga qarshi o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti shiorlari ostida «Chig‘atoy gurungi» tashkil qilindi. «Chig‘atoy gurungi» o‘zbek millatchiligini, o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti shiorlari ostida panturkist to‘dalarga va shunga berilgan o‘ng jadidlarga qarshi kurashdi. 1918 yili tashkil etilgan «Chig‘atoy gurungi» o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: «Tilimizning tugal, yuksak, san’atkor bir adabiyoti bor. Tilimizning adabiyligi arabiylikda emas, o‘zidadir. Shuni tirgizmak kerak: – tilimizni yot so‘zlardan qo‘ldan kelgancha tozalamoq kerak; – adabiyotimizni yuksatmoq uchun burungi san’atkor shoirlarimizning o‘lmagan va o‘lmas narsalarindan foydalanmoq ham taraqqiy qilgan ulushlar tomonidan oraga solingan umumiy asoslarga ergashmak kerakdir; – tilimizning qoidalarini tatarcha yoxud usmoniycha qoida kitoblaridan emas, tilimizning o‘zidan olmoq kerak; – shuning uchun xalq og‘zida yurgan so‘zlarni, xalq adabiyoti bo‘lgan ertaklar, maqollar, laparlarni yig‘ib 147 tekshirmak lozim; – adabiyot yozg‘uchilik bo‘lgani uchun yozuv qoidalarini, imloni ham tuzatmak kerak». «Chig‘atoy gurungi» 30-yillargacha o‘z faoliyatini davom ettirdi. Fitrat gurungning rahbari sifatida to‘garak oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda yetakchilik qildi. Markaziy Osiyoning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida katta o‘rin egallagan buyuk zotlardan biri Mahmudxo‘ja Behbudiydir (1875 – 1919). U «Ikki emas, to‘rt til kerak», «Til masalasi», «Sart so‘zi majhuldur», «Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi» singari bir qator maqolalarida o‘zining turkiy til, o‘zbek tili doir qarashlarini bayon qiladi. Jumladan, «Til masalasi» maqolasida quyidagilarni yozadi: «Turklarning ba’zi toifasi forsiy va arabiyni u qadar ko‘p oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qo‘shulib, «usmonli tili» ataldi. Ushbu uch tilni adabiyot va qoidalaridan boxabar bo‘lmaguncha usmonli shevasinda yozmoq mumkin emasdur». Behbudiyning fikricha, madaniyat, adabiyot qanchalik rivoj topsa, adabiy til ham shunchalik takomillashadi. Aksincha, madaniyat, san’at inqirozga yuz tutgan mamlakatda, tarqoqlik hukm surgan joyda shevalar rivojiga sharoit yaratiladi. Shevalar arab, fors elementlarining oz-ko‘pligi jihatidan ham farqlanishini bayon qiladi. Chunonchi, Buxoro, Samarqand shevalariga arab, fors tillarining ta’siri kuchliroq bo‘lsa, Qo‘qon va uning atrofidagi shahar ziyolilarining tilida bu tillarning ta’siri bor ekani, Toshkent va Sirdaryo muzofotidan arab va fors tillarining hukmi ozayib borishi aytiladi. Turkistonning Movarounnahr va Hazor qismiga turkman tilining ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Adabiy til bilan xalq shevalari o‘rtasidagi munosabatni yaqinlashtirishda matbuotning roliga katta baho beradi. Jumladan, «Sadoyi Turkiston» gazetasida «mehmon» so‘zini chiqarib tashlab, uning o‘rniga «qo‘noq» so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Behbudiy zo‘rma- zo‘raki keltirilgan turkiy muqobillar haqida fikr yuritarkan, tilni arabizm va forsizmlardan birdaniga emas, asta-sekinlik bilan tozalash lozimligini uqtiradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy millat istiqboli uchun kurashchi sifatida milliy tilning ravnaqi, uning kelajagi uchun ham jon kuydirdi va o‘zi asos solgan «Oyna» jurnali orqali o‘zbek adabiy tilining muhim masalalarini yoritdi. 148 XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatida Abdulla Avloniy (1878 – 1934) alohida ajralib turadi. U boshqa jadidlar kabi yangi tipdagi maktablar ochish, gazetalar nashr qilish va matbuot orqali xalqni uyqudan uyg‘otish, yangi tipdagi maktablar uchun yangi darsliklar yozish, teatrni rivojlantirish, sahna asarlari orqali xalq o‘rtasida turmush illatlarini fosh etish harakatida bo‘ldi. Abdulla Avloniy 1904 yili Toshkentning Mirobod mahallasida yangi maktab ochdi. Bu maktabda savod o‘rganishning yangi texnologiyasi joriy qilindi. Eski usulda savod chiqarish uchun bir necha yillab vaqt ketsa, yangi maktabda bolalar olti-yetti oyda savodli bo‘la boshladi. Maktabda dunyoviy ta’lim berishga katta e’tibor berildi. Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktabda dars berish bilan bir vaqtda yangi darsliklar ham yozdi. Ular ichida «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kitoblari alohida o‘rin egallaydi. Muallif har qanday millatning muhim belgilaridan biri til birligi belgisi ekanini, shuning uchun ham tilga e’tibor – millatga bo‘lgan e’tibor, aksincha, tilni yo‘qotmoq millatni yo‘qotmoq ekanini ta’kidlaydi. O‘zbek tilining arabiy, forsiy unsurlar bilan to‘lib- toshib ketgani, shuning uchun bu tilni o‘z ichki imkoniyatlari asosida rivojlantirish, xalq tiliga yaqinlashtirish zarurligi ko‘rsatiladi. «Yaxshi qo‘shningdan olguncha yomon uyingni qidir demishlar, – deb yozadi bu haqda Abdulla Avloniy. – Bobolarimizga yetushg‘on va yarag‘on muqaddas til va adabiyot bizga ham kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak, yo‘qolganlarini ham toparmiz». Muallif kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan tilga qanchalik e’tibor lozim bo‘lsa, bu tildan foydalanayotgan shaxslar tiliga (nutqiga) ham shunchalik e’tibor kerakligini ta’kidlaydi. «Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm-fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar». Shuning uchun Abdulla Avloniy yoshlarni so‘zdan o‘rinli foydalanishga, so‘z qadriga yetishga da’vat etadi. Shunlay qilib, Abdulla Avloniy o‘zbek milliy pedagogikasi shakllanishida, maktab-maorif faoliyatini isloh etishda, yangi darsliklar yaratishda katta xizmat qilgan holda, millatning muhim bir belgisi bo‘lgan til rivojiga ham o‘z ulushini qo‘shdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling