Мирзо улуғбек номидаги


  3.20000  6.40000  1.2  0.190000  2


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis


3.20000 
6.40000 
1.2 
0.190000 

0.32000 
0.64000 
1.4 
0.022000 

0.03200 
0.06400 
0.9 
0.001430 

0.003200 
0.00640 
1.2 
0.000190 

0.00032 
0.00064 
1.5 
0.000024 
Hisoblangan eritmaning ion kuchi qiymatlari standart eritmalardagi sulfid 
ionlari konsentratsiyalariga muofiq keladi va parallel aniqlash natijalariga ko’ra 
normal taqsimot qonuni asosida hisoblangan tasodifiy xato qiymatlari 0.9 % 
dan 1.5% gacha bo’lgan qiymatlardan oshmaydi. 
SOYA MOYI YOG’ KISLOTALAR TARKIBINI 
GAZOXROMATOGRAFIK USULDA O’RGANISH 
Ergashev. I.M., Mamirzayev M.A. 
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. 
 
O‘simlik moylari ishlab chiqarish mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatining 
asosiy tarmoqlaridan biridir. Ularning turlari va miqdorini ko’paytirish kata 
talab qo’yilmoqda. O‘simlik moylari boshqa oziq mahsulotlari bilan birgalikda 
insonlar ratsional ovqatlanishining asosiy mahsuloti hisoblanadi. 
2017-2021-yillarda soya o’simligi ekiladigan maydonlar bosqichma-
bosqich ko’paytirilib borilishi mazkur vaqt davomida jami 92266 gektar 
maydonga asosiy 40557 gektar maydonga esa takroriy ekin sifatida ekilishi 
ko’zda tutilgan.
Yer sharida har yili o‘rtacha 300 mln tonna moyli xomashyolar 
yetishtirilmoqda, bu xomashyoning 150–160 mln tonnasini (50–53%) soya 
urug‘i, 35–40 mln tonna (12–13%) paxta chigiti, 25–30 mln tonna (8,3–10%) 
yeryong‘oq, 30 mln tonna (10%) indov, 25 mln tonna (8,35%) kungaboqar 
urug‘i tashkil etmoqda 
Tekshiriladigan o’simlik moylarini gazoxromatik usulda aniqlash uchun 
ularni metil efirlari holiga o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki yog’ 
kislotalarining metil efirlarini qaynash haroratlari tegishli kislotalarga nisbatan 
ancha past ekanligi xromatografiyalash jarayonini ancha yengillashtiradi. 
Ularning metil efirlari eterifikatsiya reaksiyasi yordamida ma’lum 
metodika asosida olindi. Tekshiriladigan o’simlik moylari yog’ kislotalari metil 
efirlarini gazoxromatografik ajratish va identifekatsiyalash uchun “LXM–8 
MD” markali gazoxromatografdan foydalanildi. 


286 
Jarayon alangada ionlanish detektorida amalga oshirildi. Ichiga 0.25 mm 
o’lchamli nositel xromaton N-AW ga shimdirilgan 5 % li lestosil harakatsiz 
fazaga to’ldirilgan o’lchami 3x0,04 m li shisha kolonkaga ma’lum metodika 
asosida to’ldrildi va haroratni davriy ravishda oshirilib 8 soat mobaynida ishga 
tayyorlandi. 
Soya o’simligi moyi yog’ kislotalari metil efirlarini ajratishni maqbul 
sharoitni aniqlash maqsadida haroratni va gaz oqimi tezligining turli 
qiymatlarida tajribalar o’tkazildi va quyidagi maqbul sharoitlar tanlandi. 
Harakatchan 
gaz–tashuvchi 
azot 
sarfi–25 
ml/min, 
kolonka 
harorati 
programmalangan rejimda 120–280 
0
C oralig’ida 5 grad/min, o’zgartirilib 
turildi. Bug’latgich harorati 230 
0
C yuboriluvchi na’muna hajmi 1 mkl. soya 
moyi yog’ kislotalari metil efirlarining sifatiy tahlili olingan ushlanish 
kattaliklari asosida “Guvohlar” uslubida, tahmin qilingan yakka holdagi 
kompanentlar to’plamidan foydalanib; ilmiy adabiyotlardagi, avvalgi ilmiy 
tadqiqot ishlari asosida olingan ma’lumotlaridan foydalanib bajarildi. 
Yog’ kislotalar metil efirlarining miqdoriy tarkibi ichki normallashtirish 
usulida amalga oshirildi. Ushbu maqbul sharoitlarda olingan soya moyining 
yog’ kislotalar tarkibi quyidagicha ekanligi foizlarda aniqlandi: miristin (C
14:0
)-
0,3; polmitin (C
16:0
)-10,8; pol’metolein (C
16:1
)-0,2; stearin (C
18:0
) -3,8; olein 
(C
18:1
)-28,4; linol (C
18:2
) (vitamin F)-52,2; linolin (C
18:3
)-8,2; araxin-(C
20:0
)-0,3; 
gondoin (C
20.1
) -0,2; ekozadiyen (C
20:2
) -0,1; begen (C
22:0
) -0,2; eruk (C
22:1
)-0,1.
Yuqorida keltirilgan natijalarning ko’rsatishicha soya o’simligi moyi 
tarkibiga e’tibor qiladigan bo’linsa undagi to’yinmagan kislotalardan linol 
kislotaning miqdori boshqa tekshirilgan o’simliklaridagi miqdorga nisbatan 
qariyb ikki marta ko’p, oleim kislota miqdori esa nisbatan qariyb ikki marta 
kamligi ko’rinadi. Zig’ir moyida olien va linol kislotalar miqdori o’zaro 
yaqinligi kuzatildi, kunjut moyi tarkibida linol kislotasi olien kislotaga 
qaraganda ancha ko’pligi aniqlandi. Paxta moyida polmitin kislota miqdori 
boshqa moylarga nisbatan 2,5-3 marta ko’p, pol’metolein va linolin kislotalar 
miqdori juda kam uchrar ekan. Bu ko’rsatgichlar asosida ularning xususiyatlari 
va qo’llanilish sohalaridagi farqlar kelib chiqadi. Umuman olganda tadqiq 
etilgan o’simlik moylari tarkibida to’yinmagan yog’ kislotalari miqdorining 
ancha yuqoriligi bu moylarning istimol maqsadlaridagi farmasevtikada, 
meditsinada, kosmetikada va boshqa sohalarda keng qo’llanilishiga sabab 
bo’luvchi asosiy xususiyat deb qaralishi mumkin. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling