Мирзо улуғбек номидаги


ANALITIK KIMYODAN TALABALAR BILIMINI


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

 
ANALITIK KIMYODAN TALABALAR BILIMINI
BAHOLASHNING INNOVATSION USULLARI 
Mamirzayev M.A., Ruziyev J.E.
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. 
Mamlakatimiz ta’lim tizimi sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli 
islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan 
hukumatimizning yangi qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lanishi, o’qitish va 
o’zlashtirish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat 
uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni 
ta’lab qiladi. 
Respublikamizda oliy ta’lim tizimini va kadrlar tayyorlashni tubdan isloh 
qilish, barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalo zarur shart-sharoit hamda 
imkoniyat yaratish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ta’lim tizimining 
hozirgi ahvolini chuqur tahlil qilish, yuqori malakali pedagoglar, ilmiy 
salohiyati yuqori olimlar bilan ta’minlanganligini, zamon talablariga mos o’quv-
uslubiy adabiyotlar, ilmiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar mavjudligini, 
moddiy-texnika ta’minot darajasini, ilmiy laboratoriyalar, zaruriy reaktivlar, 
asbob-uskunalarning yetarli darajada ekanligini aniqlash muhimdir.
Endilikda o‘qitish jarayonida talabalarni zeriktirib qo‘ymaydigan, 
fikrlashga, mustaqil ishlashga yo‘naltiradigan har xil usullar va o‘qitish 
vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Olingan 
bilimlarni baholashda axborot komminukasion texnologiyalardan foydalanib 
xolisona baholashi mumkin. 
Umuman olganda baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni 
aytish mumkin: 
- O’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun. 
- Keyingi bosqichga o’tishdan oldin avval o’zlashtirilganlik darajasini 
aniqlash lozim. 
- Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun. 
- Ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun. 
- Yutuq va kamchilikliarni aniqlash uchun. 
- Ta’lim beruvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun. 


289 
- Yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun. 
- Ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun. 
- Ta’lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun. 
- Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga,yuqori tashkilotlarga va ota – 
onalarga ma’lumot berish uchun. 
Ta’lim jarayonini takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan bir 
vaqtda masofaviy o’qitish jarayoniga ham juda katta e’tibor berilmoqda, 
jumladan hozir masofaviy ta’lim tizimlari asosida ta’lim vazirliklari, oliy o’quv 
yurtlari o’zlarining virtual ta’lim tizimlarini yaratib, shu asosda o’quvchi va 
talabalarga masofadan o’qitish jarayonlarini tashkillashtirmoqda.
Kompyuterda testlash bu qisqa vaqt davomida o’qituvchi tomonidan ko’p 
sonli talabalarni xolis tekshirishga ruxsat beradigan vositadir. Testni 
o’tkazishning yaxshi rejalashtirilgan grafigi talabani semestr davomida tizimli 
ishlashga undaydigan yaxshi omil hisoblanadi. Kompyuyerli testlar talabalar 
tomonidan yaxshi kutib olinadi. Kompyuyerli testning afzalligi natijalarni 
avtomatik tekshirish va o’tkazilayotgan testga inson tomonidan ta’sir yo’qligi 
hisoblanadi.
Test nazoratining ijobiy tomonlariga quyidagilar kiradi: 
1. Yaxshi tuzulgan pedagogik test obyektiv pedagogik o’lchashning 
instrumenti bo’lib , uning natijasi nazorat o’tkazuvchi odamga bog’liq 
bo’lmaydi. 
2. Pedagogik test o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab olishi mumkin, 
ta’lim natijasini test usulida o’lchashda- hamma talabalarga nisbatan bir xil , 
oldimdan belgilangan shkalaga belgilangan aniq va to’g’ri baho qo’yiladi. 
3. Test nazoratida texnikani ishlatish qulay, bu ma’lum o’quv materialini 
yoki butun bir fanni , nisbatan oz vaqt kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga 
imkon beradi.  
4. Test nazoratini kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish oson. Bu uning 
muhim ustunliklaridan biridir. 
Lekin test usuli ham nuqsonlardan holi emas, masalan, test nazoratining 
ko’p shakllari talabaning og’zaki va yozma javoblarini mustaqil ifodalash 
imkoniyatidan mahrum etadi. Talabaning ruhiy kechinmalari ham o’qutuvchi 
oldida erkin javob berayotganidagidek namoyon bo’lmaydi; 
Bilimdonligi, shaxsning o’zigagina xos ruhiy xususiyatlarini ko’rsatish 
imkoni yo’q. Imtihon topshiruvchi to’g’ri javobni tanlashigina mumkin, xolos. 
Shunga qaramay pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari katta, ulardan 
o’rinli, to’g’ri foydalanish ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida o’qish va 
o’qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.Har bir pedagog , ta’lim boshqaruvi 
idoralarining xodimlari test madaniyatini test nazariyasi va amaliyotini chuqur 
o’rganishlari lozim.
Pedagogik testlarni qo’llash o’qitish jarayoni va natijalariga katta ta’sir 
o’tkazishi mumkin: sifatli tuzulgan testlar talabaning bilish faolligini oshiradi va 


290 
aksincha, yomon tuzulgan testlar o’qish jarayoniga salbiy ta’sir etishi ham 
mumkin. 
Analitik kimyo kafedrasida bu yo’nalishda talabalar bilimini baholashda bir 
qator ishlar olib borilmoqda. 
Talabalar bilimini baholashda maxsus test Test_S tizimi joriy etildi va bu 
tizim orqali talabalarning bilimini baholashda JN ga 10 ball va ON ballari 9 ball 
ajratildi. Bu dasturda har bir mavzu bo’yicha mavzulashtirilgan testlar banki 
tuzilgan bo’lib, talabaga login va parol berilgan. Talaba bundan foydalangan 
holda har bir mavzu bo’yicha o’z bilimini sinashi munkin. Talaba tamonidan 
ishlangan testlar haqida to’liq ma’lumot dastur xotirasida saqlanadi. 
Yaratilgan dasturiy taminotdan ba’zi sabablarga ko’ra talaba ma’ruza, 
amaliy yoki seminar darslariga qatnasha olmasa, qoldirilgan darslarni 
o’zlashtirish uchun u dekanat ruxsati bilan qayta topshirish blankasi bilan 
kafedraga keladi. Talabaga o’zlashtirishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha test 
topshiradi va uning o’zlashtirish ko’rsatkichi aniqlanadi.
Bundan tashqari talabalar laboratoriya darslarida kollokvium savollariga 
javob topshirishda shu mavzu yuzasidan test topshirishlari olishlari mumkin. 
Test savollari har bir mavzu bo’yicha tuzilgan bo’lib, bunda talaba mavzular 
bo’yicha ketma-ket test topshiradi. 
Bundan tashqari talabalar bo’sh vaqtlarida mustaqil bilimini baholashda 
fakultetda mavjud bo’lgan kompyuter sinflarida mavzular bo’yicha test 
topshirishlari mumkin. Topshirilgan test natijalari kampyuter xotirasida 
saqlanadi. Topshirilgan test natijalari asosida talabaning mustaqil ta’limini 
baholashda foydalanish mumkin. 
Analitik 
kimyodan 
talabalar 
bilimini 
elektron 
nazorat 
qilishni 
ta’minlaydigan dasduriy ta’minot yaratilgan.. Bundan tashqari analitik kimyo 
talabalar bilimini baholashda har bir mavzu boyicha test savollari tuzilgan. Turli 
sabablarga ko’ra dars qoldirgan talabalar o’zlashtirish ko’rsatkichini baholashda, 
laboratoriya darslarida, darsdan tashqari tadabalar bilimini nazorat qilishda juda 
qo’l keladi. Yaratilgan dasturiy ta’minotdan faqat analitik kimyodan emas, balki 
barcha fanlardan talabalar bilimini baholashda foydalanish mumkin 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling