Мирзо улуғбек номидаги
“ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARIDAN MASALALAR”
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
“ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARIDAN MASALALAR”
NING ANALITIK KIMYODAN TA’LIM BERISHDAGI O’RNI Mamadiyeva M.I. Ruziyev E.A. Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimi ham tub islohotlarga yuz tutmoqda. Bu mamlakatimiz hukumati tomonidan barkamol avlodni tarbiyalash, yurtimiz istiqboli, xalq faravonligini ta’minlashga nechog’lik e’tibor qaratilayotganligini ko’rsatadi. Har qanday mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning balki birinchi navbatda zamonaviy muntazam yangilanib turgan texnologiyalarni o’zlashtirishga qodir bilimli va intizomli kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir. Hozirgi paytda nafaqat yuksak bilimli zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarga ega yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkin. Bu bevosita mamlakatda ta’limning sifat va samaradorligi, uning nechog’lik darajada rivojlanganligi bilan bog’liqdir. Shu ma’noda ta’limning sifat va samaradorligini oshirish, jahon ta’lim tizimi andozalariga mos ravishda rivojlantirish hozirgi davrimizning dolzarb masalasi hisoblanadi. Barcha analitik masalalar aniqlanadigan moddani miqdoriy analiz qilishga qaratilgan bo’lib, kimyoviy jarayonlarni amalga oshiruvchi innovatsion mini-texnologiyalarni ifodalaydi. Ushbu “Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami analitik kimyoning shu yo’nalishida masala va mashqlar yechishga bag’ishlangan bo’lib, 293 yangi davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida yaratilgan o’quv rejasi, o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlariga mos keladigan, o’zbek tilida yozilgan yangi qo’llanmadir. “Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami nomli ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmaga elektrokimyoviy analizning potensiometrik, ionometrik, kulonometrik, konduktometrik, polyarografik va amperometrik titrlash usullari bo’yicha masalalar kiritilgan. Bundan tashqari qo’llanmaga analitik kimyodan masalalar yechish uchun uslubiy tavsiyalar, elektrokimyoning boshlang’ich tushunchalari, galvanik elementlar va elektrogravimetrik analiz uslullari bo’yicha masalalar ham o’rin olgan. Har bir mavzu o’z-o’zini tekshirish uchun savollar (20 tadan), elektrokimyoviy analiz usullari bo’yicha qisqacha nazariy tushunchalar, mustaqil yechish uchun masalalardan namunalar va mavzuga oid masalalar yechish kabi alohida-alohida bo’limlardan iborat. Barcha masalalarning yechimlaridan namunalar va mustaqil yechish uchun masalalarga javoblar ham berilgan. Chop etilgan ushbu qo’llanmadan kimyo mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistranlar va akademik litsey hamda kas-hunar kollejlarining kimyo chuqurlashtirilib o’qitilayotgan guruhlaridan respublika va xalqaro olimpiyadalarga tayyorlanayotgan talabalari hamda analiz jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarning mutaxassislari, laborant va texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. “Elektrokimyoviy analiz usullaridan masalalar” to’plami nomli ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmaga tavsiya etilgan masalalar va mashqlarni tanlashda chet mamlakatlarda shu yo’nalishda chop ettirilgan va yurtimiz kimyogar analitiklari tomonidan yozilgan masala va mashqlar to’plamlaridan hamda analitik kimyo bo’yicha nazariy manbalardan keng foydalanildi. Konferensiyada ma’ruza qilinishi rejalashtirilgan ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma sifatini yaxshilashga qaratilgan hamkasblarimizning fikr, mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling