Мирзо улуғбек номидаги
Использованная литература
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
Использованная литература:
1. Абасов 3. Инновационность в образовании и подготовка учителей // Alma mater ВВШ- 2001. -№4.-С.7-9. 197 2. Аванесов B.C. Основы научной организации педагогического контроля в высшей школе: Учебное пособие для слушателей Учебного центра. - М.:МИМиС, 1989.-107 с. ANALITIK KIMYONI O’QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARINING O’RNI Mamirzayev M.A., Ruziyev E.A, Madatov O’.A Samarqand davlat universiteti O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni uzluksiz chuqurlashtirish bilan birga ta’lim berishning sifatiga e’tibor berishlik alohida ta’kidlangan. Darslarning sifati o’qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga o’qituvchining nechog’li mas’uliyat bilan yondoshishligi, uning mazmunini o’quvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati va samarali faoliyati bilan belgilanadi. O’qituvchi mavzuni yoritish uchun o’ta muhim bo’lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog’langanligini his qilib tushuntira olsa, ma’lum maqsadga erishgan bo’ladi. Buning uchun hozirgi mavjud o’qitish vosita va qurollardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir Kompyuterlarda kimyoni o'qitishda qo'llashning bir qancha o'ziga xos yo'nalishlari mavjud. Bularga darslik va qo'llanmalarning elektron variantlarini, elektron darsliklar va o'quv uslubiy majmualar yaratish, kimyodan masalalar yechish, laboratoriya ishlarini modellashtirish, talabalar bilimini nazorat qilish va tajriba natijalarini qayta ishlash kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Bular orasida kimyodan virtual laboratoriyalar yaratish alohida ahamiyatga ega. Chunki, kimyodan o'tkaziladigan barcha laboratoriya ishlarini ham amalda bajarish texnikasini talabalarda ko’nikmalar hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu yerda kompyuterdan foydalanish foydadan holi bo'lmaydi. Agar bu virtual laboratoriya ishlariga animatsiyalar qo'shilsa, ularning ahamiyati yanada ortadi, chunki bu laboratoriya ishlari bo’yicha animatsiyalarni istalgan marta va istalgan tezlikda bajarish, kuzatish, natijalar olish va xulosalar chiqarish mumkin. Analitik kimyoning titrametrik analiz usullarini o’qitishda “corel chemlab ver 1.0” virtual laboratoriyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu virtual laboratoriyada Physical Properties experiments (Moddalarning fizikaviy xossalarini aniqlash bo’yicha tajribalar), Acid/Base experiments (kislota/asos reaksiyalariga asoslangan tajribalar), Kinetics experiments (Reaksiyalarning kinetikasini o’rganishga tegishli tajribalar), 4. Gas Lab experiments (gazlar bilan bo’ladigan tajribalar), Additional experiments (Qo’shimcha tajribalar) bo’limlaridan tashkil topgan. Demak, tegishli mavzudagi laboratoriya ishini bajarish uchun oldin Category: dan soha, keyin shu sohadagi tajribalarning tegishlisi tanlanadi. Masalan, kislota/asos reaksiyasiga asoslangan, kuchli ishqorni kuchli kislota yordamida titrlash tajribasini tanlash uchun Category: 198 dan Acid/Base experiments ni tanlanadi. Bu holda shu sohaga tegishli 12 ta tajribaning mavzulari chiqadi. Bularning orasida aynan biz axtarayotgan mavzu bor. Expt 5: Strong Base titration curve (Kuchli asosni titrlash egrisi), uni belgilab oynaning pastidagi “OK” tugmasi bosiladi. Bundan tashqari virtual laboratoriya namoishida quyidagi laboratoriyaga tegishli jihozlar ko’rinib turadi va ularga ham etibor qaratish lozim bo’ladi: Laboratoriyada, ostida 4 ta shkaf, ustida distillangan suv keladigan kran, pH metr, byuretka mahkamlangan shtativ bo’lgan laboratoriya stoli va 4 taxmonlik ochiq shkaf bor. Laboratoriyaning to’ridagi devoriga soat osilgan, elementlar davriy sistemasi va termometr ham devorga ilingan. Laboratoriyaning polida stolning chap tomonida o’t o’chirgich, o’ng tomonida esa ishlatilgan moddalarni to’kish uchun voronkali idish va muz vannasi bor. Ochiq shkafning yuqori qavatda elektr toki bilan ishlaydigan isitkich, elektron tarozi, pastida 3 ta uslubiy ishlanma, ko’zni asrash uchun taqiladigan ko’zoynak, 5 ta indikator eritmalari, pipetka va Geyger hisoblagichi turibdi. Laboratoriya to’rining burchagida gaz laboratoriyasiga kiradigan eshik qo’yilgan. Rispublikamizning barcha oily o’quv yurtlarida o’tiladigan analitik kimyo darslarida maskur virtual laboratoriyalardan foydalanib laboratoriya darslarini o’tisa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling