Мирзо улуғбек номидаги


YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR BO’LIMINI O’QITISHDA


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR BO’LIMINI O’QITISHDA 
O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI 
D.Sh. Abduazimova, Z.X. Maxmatkulova
Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent 
O’zbekiston 
Respublikasi 
ijtimoiy-siyosiy 
mustaqillikni 
qo’lga 
kiritgandan so’ng o’tgan vaqt davomida jamiyat ijtimoiy hayotida muhim 
o’zgarishlar ro’y berdi. Bu madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan tub 
islohotlarning samarasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu islohotlardan 
ko’zlangan yagona maqsad- O’zbekiston Respublikasida insonparvar, 
demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etishdan iboratdir. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni 
bilan “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Mazkur strategiyaning 
IV bobi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb 
nomlangan bo’lib, unda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish hamda yoshlarga 
oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi 
islohotlar jamiyat hayotini yangilashda muhim o’rin tutadi. Jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti ta’lim muassasalarida tahsil 


199 
olayotgan yoshlarning bilim darajasi hamda ular tomonidan egallangan kasbiy 
ko’nikmalariga bog’liq. Jamiyat hayotidagi barcha o’zgarishlar ta’lim tizimida 
ham o’z aksini topishi tabiiy. Kimyoni o’qitishda faqat axborot berish davri 
allaqachonlar o’tib ketgan. Endilikda, bilim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, 
didaktik yangiliklarni izlab topishga undash va ularni shunday faoliyatga 
yo’naltirish payti yetib keldi. 
Bugungi kun o’qituvchisi har bir mashg’ulotga kirar ekan, har doim uning 
oldida “Darsni qanday tashkil etish kerak?”, “Qaysi didaktik materialdan qay 
tarzda foydalanish kerak?”, “Ushbu mavzuni o’tishda qaysi metodlardan 
foydalanish samarali bo’ladi?” degan savol turadi. Darsda ko’zda tutilgan 
ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o’qituvchining o’z mutaxassisligi 
doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o’zi yetarli emas.
O’qituvchi o’zidagi bilimlarni o’quvchilarga to’liq singdira olishi hamda 
ularda egallangan bilimlarini amalda qo’llay olishga qaratilgan ko’nikma va 
malakalarni shakllantira olishi kerak. SHu bois har bir fan o’qituvchisi, xoh u 
maktab o’qituvchisi, xoh u oliy taolim o’qituvchisi bo’lsin, nafaqat o’z tajribasi, 
balki o’zgalar tajribasiga ham suyangan holda dars o’tish metodlari ustida jiddiy 
bosh qotirishi zarur. Yangi o’tilayotgan mavzuni hayotga bog’lab, yangi 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli bayon etish, 
o’quvchilarda mavzuga bo’lgan qiziqishni oshiruvchi va ularning darsdagi 
faolligini ta’minlovchi muhim vosita hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, yuqori molekulyar birikmalar bo’limi, organik kimyo 
kursining asosiy bo’limlaridan biridir. Shu jihatdan bu bo’limni o’quvchilar 
ongiga singdirish, fanni o’zlashtirishning muhim omili hisoblanadi. 
O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va ta’lim berish 
jarayonida kimyoviy bilimlarni rivojlantirish, darslarni uslubiy jihatdan to’g’ri 
tashkil etish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari asosida tashkil etilishi bilan 
baholanadi. Buni bajarishga erishish uchun kimyoni o’qitishning dastlabki 
bosqichlaridanoq “Yuqori molekulyar birikmalar” bo’limi mavzularining muhim 
tomonlarini anglash va o’quv-tarbiya jarayonida turli uslublar orqali o’qitish 
yuqori samara beradi. Kimyo darslarini pedagogik texnologiyalardan foydalanib 
o’qitish metodikasiga doir adabiyotlarni o’rganish, ularning mazmunini tahlil 
qilish shuni ko’rsatdiki, ushbu bo’lim mavzularini didaktik o’yinli 
texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, o’quvchilar ushbu 
mavzularni yaxshi o’zlashtirishlari uchun asos bo’ladi.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o’quvchilarning 
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. Tadqiqotchilar 
didaktik o’yinli texnologiyalar xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O’yinlarning 
muhim qirralari L.S. Vigodskiy tomonidan yoritilgan. U o’yinni o’quvchining 
ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Yuqori molekulyar birikmalar bo’limini o’qitishda o’quvchilarni 
faollashtirish va dars samaradorligini oshirish uchun “Bahsda g’olib kelish 
san’ati” deb nomlangan o’yindan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.


200 
O’yinning maqsadi-o’quvchilarning bahs-munozara olib borish malakalari 
va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda baholash.
O’yin ishtirokchilarining rollari va vazifalari. 
Boshlovchi-o’qituvchi o’yinning ma’nosi, asosiy bosqichlari va 
ishtirokchi vazifalarini aytib beradi. 
Ikki raqobatbardosh 7-10 kishidan iborat guruhlar mavzuga oid qiziqarli 
savollar bo’yicha munozaraga kirishadilar. Boshlovchi o’qituvchi o’yinni lozim 
topgan oqimiga yo’llab, uning a’zolari faolligini ta’minlab turadi.
Ekspert talabalar munozara ishtirokchilariga baho beradi, guruhga va uning 
a’zolariga quyidagi me’yorlarga asoslangan holda baho qo’yadi:
a) Ifodaning mantiqiyligi va asoslanganligi; 
b) Nutq madaniyati, notiqlik san’ati usullarini egallaganligi; 
c) Xulosalarning isbotliligi;
d) Bahs usullaridan rang-barang va samarali foydalana olishi va b.
O’yin bosqichlari: birinchi bosqich-tashkiliy bosqichdir. Unda raqobatga 
kirishuvchi jamoalar va ekspertlar guruhi shakllantiriladi. O’qituvchi o’yinning 
maqsadi va qoidalarini bayon qilib beradi. 
Ikkinchi bosqich-o’yin jarayonidir. O’yin davomida jamoalar tashabbusni 
qo’lga olishlari mumkin va unda munozarani kutilmagan darajada yangi o’ylash 
va topish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Uchinchi bosqich- o’yinga yakun yasashdir. Bu bosqichda ekspertlarning 
har biriga o’z mulohazalarini bildirish uchun imkoniyat beriladi, ular esa o’z 
baholarining me’yorlarini asoslab beradilar.
Ekspert vazifasi: 
1) Jamoaning g’alabasini asoslash;
2) a) eng xushmuomala; b) eng aqlli; c) eng obro’li; d) eng ijodkorlarini 
aniqlab beradi.
O’yin yakunida o’qituvchi o’yinni tahlil qilib beradi va yakun yasaydi.
Ayniqsa o’qituvchi o’yinni borishi, uning muvaffaqiyati va kamchiliklariga 
urg’u berishi lozim. Shuningdek, istiqbolda e’tibor berilishi kerak bo’lgan 
muvaffaqiyatli, munozarali, ijodiy vaziyatlarni farqlab berishi kerak. Bu o’yinni 
darsning ma’ruza qismi tugagandan so’ng, mavzuni mustahkamlash va 
o’quvchilarni baholash uchun darsning so’ngida qo’llash maqsadga muvofiq 
bo’ladi.
Kimyo fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar faolligini iloji boricha 
oshirishga, ularga ongli ravishda bilim olishga intilish xis –tuygularini 
uygotishga xarakat kilish lozim. O’kitishning turli metodlaridan foydalanish, 
darslarda o’kuvchilarni mustakil ishlashlarini to’gri tashkil etish, o’kituvchining 
muxim masalalarni gapirib berishi, hodisalarning sababini amaliyot bilan 
boglash, xozirgi zamon texnika vositalari (radio, televidenie, kino va boshkalar) 
ni tadbik etish, yukoridagilarning hammasi o’kuvchilarning kimyo asoslarini 
o’zlashtirib olishlarini ta’minlashning asosiy yo’li hisoblanadi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling