Мирзо улуғбек номидаги


tarbiyalay olish va ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

tarbiyalay olish va ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish
qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirishni talab etadi. 
Shuningdek, o`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol 


202 
usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan 
mohirona foydalanish muhim o`rin tutadi. 
Innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalar 
o`quvchilarning 
ongini 
o`stirishda, mustaqil fikrlay olishga, o`z fikrlarini bildirishga, o`ziga 
ishonch ruhida tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Innovatsion pedagogik 
texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash jahon amaliyotida keng 
qo`llanilmoqda. 
O`qituvchining 
faol, 
samarali 
faoliyat 
ko`rsatishiga 
yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda 
ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchi (talaba)larga yo`naltirilgan 
bo`lib, ularning o`qituvchi bilan birgalikda faoliyatini hisobga olgan holda
o`quv materiallarini o`zlashtirishga qaratiladi. Pedagogik texnologiya turlarini 
tanlash shakllanayotgan bilim, ko`nikma va malakalar, tashkil etilayotgan 
darslar shakli va qo`llanilayotgan metodlar hamda metodik usullarning 
xususiyatiga bog`liq. Analitik kimyo fanini innovatsion pedagogik 
texnologiyalardan foydalanib o`qitish dars jarayonida yuqori samaradorlikka 
erishishga yordam beradi.
Analitik kimyo fani analiz usullariga ko`ra sifat analizi va miqdor analizi 
qismlariga bo`linadi. Miqdoriy analiz fanda va ishlab chiqarishda katta 
ahamiyatga ega. Miqdoriy analiz usullariga quyidagilar kiradi: tortma 
(gravimetrik) analiz, hajmiy (titrimetrik ) analiz, gaz analizi. Bu analiz metodlari 
orasida tortma analiz metodi eng aniq metoddir. Lekin bu metod ayrim 
kamchiliklarga ega. Tortma analizida modda va idishlarni tortishga ko`p vaqt 
sarflanadi. Analizni bajarish uchun esa bir necha soat, ba`zi hollarda bir necha 
kun talab etiladi. Hajmiy analiz bajarish tezligi jihatdan tortma analizga nisbatan 
katta afzalliklarga ega. Hajmiy analizda reaksiya mahsulotlarini torozida tortish 
o`rniga, reaksiyaga sarflangan va konsentratsiyasi yoki boshqacha aytganda, titri 
aniq ma`lum bo`lgan reaktiv eritmasining hajmi o`lchanadi va shuning uchun 
aniqlash tez bo`ladi. Hajmiy analizda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki 
reaksiya tenglamasiga aniq muvofiq keladigan, aniqlanayotgan moddaga 
kimyoviy jihatdan ekvivalent bo`lgan miqdorda olinadi. Analiz natijalarini 
hisoblash 
ham 
ekvivalentlik 
qoidasiga 
asoslanadi. 
Hajmiy 
analizda 
qo`llaniladigan asosiy reaksiyaga binoan bu analiz bir necha usullarga bo`linadi.
Bu reaksiyalar: kislota-asosli birikish, oksidlanish-qaytarilish, cho`ktirish, 
kompleks hosil bo`lishi reaksiyalaridir. Ayrim hajmiy analiz metodlari asosiy 
reaksiya turining yoki titrantning nomi bilan ataladi. Argentometriya usulida 
AgNO
3
titrant, permanganatometriyada KMnO
4
titrant bo`ladi va h.k.
Hajmiy analiz metodlari mavzusini o`qitishda innovatsion pedagogik 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling