Мирзо улуғбек номидаги
“ANIONLAR SIFATIY ANALIZI” MAVZUSINI O’QITISHDA
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
“ANIONLAR SIFATIY ANALIZI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Zokirjonova O.A., To’lakov N.Q., Xojiqulov A.S. Andijon davlat universiteti, Andijon sh. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash, ularni dars jarayoniga tadbiq qilish jahon ilmiy taraqqiyotining global tendensiyasiga aylanib ulgurdi. Pedagogik innovatsiyalar ko‘lamining tobora ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tiborni talab qiladi. Mamalakat ilmiy taraqqiyotida muhim o'rin tutgan kimyo fanlari tizimidagi ta'lim jarayonlarida intеrfaol ta'lim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalanish o’quvchilarning “Kimyo” fanlaridan bilim olishlarining izchilligini ta'minlash, ularda amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda talabalarning bilim ko’nikmalarini baholashda ko'plab qulayliklar yaratadi. O’qitishning ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarining ahamiyatli tomonlaridan biri darslarni faqatgina bir tomonlama ya'ni monolog shaklida emas balki, diolog tarzida olib borish va bunda dars mavzusi hamda mohiyatini ochishda o’quvchilarning yuqori darajadagi ishtirokini ta'minlashga erishish bilan baholanadi. Xususan, analitik kimyoda “Anionlar sifatiy analizi” mavzusini o’qitishda ham ana shunday interfaol metodlardan biri bo'lgan "Pinbord" metodidan foydalanish dars samaradorligini yuqori darajada oshirishga imkon beradi. Pinbord - o’qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afazalligi rivojlantiruvchi va tarbiyalovchiligidadir. Bu usulda o’quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat 206 og’zaki emas, balki yozma ravishda ham bayon etish mahorati, mantiqiy va izchil fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling